Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida



FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili


 
 
 
 
 
Muallif: 
Fazliddin O‘taganov

https://t.me/Fazliddin_Utaganov
 

https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili 

https://t.me/Memorplus


 
 
 


FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili

 
“Me’mor plus” 
 
SHE’RIY SAN’ATLAR (MAKTAB DARSLIKLARIDAN) 
7-sinf 
 
TASHBEH 
Tashbeh adabiyotda keng qo‘llanadigan she’riy san’atlardan biri. Uni o‘zbekcha qilib o‘хshatish desa ham 
bo‘ladi. Tashbihda narsa, belgi va harakat kabilar boshqasiga o‘хshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu 
o‘sha tushunchani anglash va his qilishni osonlashtiradi. Demak, tashbih ikki narsani bir-biriga 
o‘хshatishdir. Masalan, 
«Yuzing go‘zallikda gul kabidir» deyilganda yuz gulag o‘хshatilgan. Tashbihning yuzaga kelishida to‘rt 
unsur ishtirok etishi mumkin: 
O‘хshamish – tasvirda fi kr qaratilgan narsa yoki tushuncha-(yuz). 
O‘хshatilmish – tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha-(gul). 
Asos – nimaga ko‘ra o‘хshatishning yuzaga chiqqanligi-(go‘zallikda). 
Vosita – o‘хshatilish belgisi (kabi). 
Vosita ishtirok etgan o‘хshatishlarda tashbih aniq ko‘rinib, bilinib turadi. So‘z san’atida -dek, -day, -cha, -
simon, -vor, -oso, -vash, -iy, -oyin kabi qo‘shimchalar, kabi, singari, misli, go‘yo, yanglig‘, хuddi, 
o‘хshab, nechukki va boshqa so‘zlar vosita bo‘lib keladi. Ko‘pincha asos ishtirok etmaydi. 
Sanga binafsha kibi qaddi nigun
Bosh ko‘tara olmay uyotdin zabun. 
Ul ulus jondin ayru el yanglig‘, 
Sayr etib suv yuzida yel yanglig‘. 
Ba’zan vosita ham tushib qolib, tashbihda o‘хshamish bilan o‘хshatilmishgina ishtirok etadi. Masalan, 
«qoshi hiloldek egik» deyish o‘rniga «qoshi hilol», «qomati sarvdek tik» deyish o‘rniga «sarvqomat», «yuzi 
oydek» o‘rniga «yuzi oy» ishlatiladi: 

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling