Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili
Download 455.48 Kb. Pdf ko'rish
|
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida
ISHTIQOQ
Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni, Ayog‘ing qanda bo‘lsa, boshim anda. Bu baytda barcha gap bo‘laklari o‘z joyida. Faqat “uzmasmen” bilan “ko‘ngulni” so‘zlarining o‘rni almashgan xolos. Gap nima uchun baytning birinchi misrasida yorga: “Uzun sochingdan ko‘ngulni uzmayman”, — degan oshiq ikkinchi misrada: “Ayog‘ing qayerda bo‘lsa, boshim o‘sha yerda”, — deyotgani sababini aniqlashda. Bu gaplarning bir-biriga qanday bog‘liqligi bor? Ma’lumki, mumtoz she’riyatda ma’shuqa sochlari uzunligidan uning oyog‘igacha tushib turishi tasvirlanadi. Xalq orasida uzun sochli ayollarga nisbatan “...sochi tovoniga tushadi”, — degan ibora qo‘llanishini ham eshitgandirsiz, hoynahoy. Buning ustiga, qadimda qushlar qildan yasalgan tuzoq bilan ovlangan. Oshiqning ko‘ngil qushi ham ma’shuqaning sochidan qilingan to‘rga ilingan, albatta. Demak, ko‘ngilni bog‘lab olgan soch oyoqqacha tushar ekan, shu sochga shaydo bo‘lib, uning domiga tushgan oshiqning boshi yana qayerda bo‘lsin!? Shuningdek, ikkinchi misraning “Sen qayerda bo‘lsang, men ham o‘sha yerdaman” degan ma’nosi ham bor. Oshiq ko‘ngli yorning uzun sochlariga bog‘langan va bu bog‘liqlik uzilmas ekan, u ma’shuqaning izidan qolmaydi. “Uzun” va “uzmasman” so‘zlari o‘zakdoshlarga o‘xshab ketadigan (aynan o‘zakdosh demayapti, o’xshasa ham, bas, deyapti) “uz” so‘zi bilan boshlanib, baytga ajib ohangdorlik bag‘ishlaydi. Ayni paytda, bu ohangdorlik shu so‘zlar ifodalayotgan ma’noni kuchaytiradi ham. She’rda o‘zakdosh so‘zlarning qo‘llanishi ishtiqoq (arabcha “so‘zdan so‘zni ajratish” ma’nosida) tasvir vositasi hisoblanadi. Shu g‘azalning uchinchi baytidagi “Chu jonimdan aziz jonona sensen” misrasida qo‘llangan “jon” va “jonona” so‘zlari o‘zakdosh bo‘lib(aynan o‘zakdosh emasdir, lekin o‘xshasa ham, bas, degan xulosani chiqardik), ishtiqoqni hosil qilgan. TAZOD “Ayog‘ing qanda bo‘lsa, boshim anda” misrasidagi “ayoq” va “bosh” o‘zaro qarama-qarshi ma’noli (antonim) so‘zlardir. She’rda bu xildagi qarshilantirish asosiga qurilgan badiiy tasvir vositasi tazod (arabcha “zid qo‘yish” ma’nosida) deyiladi. TAJNIS “Ko‘ngul olding, begim, yoshurmog‘ing ne?” misrasi bilan boshlanuvchi g‘azalda boshqa bir she’riy san’atni uchratish mumkin: Raqiblarg‘a qilur la’ling tabassum, Qonimni g‘ussadin toshurmog‘ing ne? Ko‘ngul shishasida mehring mayidir, Jafo birla anga tosh urmog‘ing ne? Xalq orasida “qoni qaynadi” degan ibora bor. U iztirob tufayli tuyg‘ulari junbishga kelgan kishi holatiga mos keladi. Avvalgi baytda oshiq yorga qarata “La’ling (labing) raqiblarga tabassum qilyapti, g‘ussadan (mening) qonimni toshirmog‘ing (qaynatganing) nimasi?” demoqda. Keyingi baytda oshiqning ko‘ngli shishaga, yorga muhabbati esa mayga mengzatilgan. Ma’shuqaning jafo qilishini ana shu ishq mayi quyilgan ko‘ngil shishasiga tosh urishga o‘xshatilmoqda. “Toshurmoq” hamda “tosh urmoq” so‘zlari omonim (shakldosh) so‘z ekanligini payqagan bo‘lsangiz kerak. She’rda shakldosh so‘zlarni qo‘llash orqali san’at yaratish tajnis (“jinsdosh” ma’nosida) deyiladi. Download 455.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling