Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida

8-sinf 
 
TALMEH 
«Talmeh san’ati» deganda badiiy asarda biror voqea- hodisa, tarixiy fakt, adabiy yoxud afsonaviy 
qahramon nomini tilga olish yoki unga ishora qilib o‘tish tushuniladi. 
0‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini o‘qiy boshlasak, ularda, albatta, ko‘pdan ko‘p payg‘ambar 
alayhissalomlar nomlari, ular hayotida kechgan voqea-hodisalar tilga olinganining guvohi bo‘lamiz. 
Shoirlarimiz ko‘pincha o‘z fikr-mulohaza yoki his-tuyg‘ularini Farhod, Majnun, Vomiq yoki Shirin, Layli, 
Uzro kabi adabiy qahramonlar nomlari yoki ulaming ishqiy sarguzashtlariga bog‘lab ifodalaydi. Bularning 
hammasi — talmeh
Dinimiz tarixidan yaxshi bilamizki, Yusuf payg‘ambar alayhissalomni aka-ukalari uzoqlardagi quduqqa 
tashlab keladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, Yoqub payg‘ambar alayhissalomning eng suyukli o‘g‘lidan 
ayrilgani, behad aziyat chekib, yig‘layverganidan uning ko‘zlari butkul ko‘r bo‘lib qolganidan xabaringiz 
bor. Lutfiyning ko‘rib o‘tilgan «Xoh inon, xoh inonma» radifli g‘azalidagi: 
Yoqub bikin ko‘p yig‘idin qolmadi sensiz Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma, — 
baytida xuddi shunday yo‘l tutilgan. Lirik qahramonning yori ishqida yig‘layverishini xuddi Yoqub 
payg‘ambar alayhissalomning o‘g‘li Yusuf alayhissalom dardida ko‘z yoshi to‘kkaniga o‘xshatadi. 
Talmeh san’ati asar ta’sirchanligini oshirishda alohida o‘rin tutadi. Muallif kitobxon tasavvurida 
avvaldan shakllanib ulgurgan tayyor timsollar orqali o‘z fikr-mulohazasi yoki his-tuyg‘usini ifodalash bilan 
kuchli ta’sir o‘tkazishga erishadi. 
Talmeh san’ati hozirgi o‘zbek she’riyatida ham ko‘p qo‘llanadi. 
IRSOLI MASAL 
Nasriy asardagi jumlada yoki she’rda xalq og‘zaki ijodida mashhur boʹlib ketgan biror maqol, matal 
yoxud hikmatli so‘z keltirib, nutq ta’sirchanligini oshirish usuliga «irsoli masal san’ati» deyiladi. 
Bu yerdagi irsol -«keltirish», masal - «misol», «tam- sil», «maqol», «matal» ma’nolarini anglatadi. Eski 
o‘zbek tilida tamsil, maqol va matallar «masal» yoki «zarb ul- masal» deyilgan. 
Hozirgi tilshunosligimizda maqol, matal va hikmatli so‘zlar «barqaror birikmalar» deb yuritiladi. 
Irsoli masal san’ati o‘zbek yozma adabiyotining eng qadimgi namunalarida ham uchraydi. XI asr shoiri 
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», XII asrda yashab, ijod qilgan Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling