Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida

Eslab qoling: mumtoz she’riyatda ko‘p qo‘llanadigan “shisha”, “ko‘za”, “ayog‘” (idish), kosa kabi timsollar 
zamirida, aksariyat hollarda, ko‘ngul (qalb, yurak) tushunchasi, “may”, “sharob”, “boda” so‘zlari ostida 
ishq, muhabbat, mehr ma’nolari yashiringan bo‘ladi. Demak, ular ramziy ma’noga ega. 
TAJNIS/TAKRIR 
Kunduz avqotim (vaqtlarim) sening hajringda nolon kechadur(tundur/o‘tadur),
Kecha ham zulfung kabi holim parishon kechadur(tundur/o‘tadur).
Anbarin zulfung xayolidin ko'zumga, ey pari,


FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili

Yil-u oy-u soat-u kun bori yakson kechadur(tundur/o‘tadur).
Ulki, jondin kechadur(tundur/voz kechmoq), sham'i visolingni ko'rub.
Vah na xush vaqt-u na xush soat na oson kechadur(tundur/gunohini kechmoq).
Ravshan o'lg'ay davlati vaslida hijron oqshomi,
Gar gunohimdin bilib, ul mohi tobon kechadur.
Xoja yanglig' nola qil, zulfi g'amidin kechalar  
Kim, mahali nola-yu faryod-u afg'on kechadur
Darhaqiqat, she'r yuksak san'atkorlik bilan yozilgan. Shoir so'zlarning ma'no va ohang tovlanishlaridan juda 
ustalik bilan foydalangan. Masalan, g'azalda radif bo'lib kelayotgan "kechadur" ko'p o'rinlarda ikki ma'noda 
kelyapti. Uchinchi-to'rtinchi baytlarda bular yoniga "voz kechmoq", "gunohini kechmoq" ma'nolari ham 
qo'shilyapti. Bir so'z bilan aytganda, butun she'rni birgina so'z — "kechadur" har maqomga solib 
o'ynatmoqda. Bu juda nozik, yuksak mahorat talab qiladigan ishdir. Dastlabki baytlariga ko'z tashlaylik. 
She'rning har bir misrasi bir necha xil ma'no ifodalaydi. Jumladan, matladagi ilk misraning birinchi ma'nosi: 
kunduzi vaqtim sening hajringda nola bilan o'ta (kecha)di. Ikkinchi ma'nosi: kunduz kunim sening hajring 
tufayli nolalarga to'la qora tun (kecha)dir. Birinchi misrada oshiqning kunduzgi holati ifodalangan bo'lsa, 
keyingi misrada tun (kecha)dagi to'lg'onishlari aks etgan. Misraning birinchi ma'nosi: Bu kecha zulfing kabi 
holimni parishon qilgan kecha (tun)dir. Ot so'z turkumiga mansub "kecha" so'zi misraning boshi va oxirida 
ega va ot kesim munosabatida takror qo'llanyapti. Shu misraning ikkinchi ma'nosi: kechasi mening holim 
zulfing kabi parishonlikda o'ta (kecha)di. Misra boshidagi "kecha" - ot so'z turkumi, misra oxiridagi so'z esa 
- fe'l, ega va fe'l kesim munosabatida. Misrani boshqacharoq, ya'ni kechasi holim zulfing kabi parishonlikda 
o'tadi ma'nosida talqin qilsak, bu so'zlar orqali hol va fe'l kesim munosabati yuzaga keladi. Bu yerda zulf 
so'zi o'ziga salmoqli badiiy yukni olmoqda: qora zulf kabi kecha qorong'u, yoyilgan zulf kabi oshiq holi 
parishon. Radif bo'lib kelayotgan "kechadur" so'zlari orqali yuzaga keltirilyotgan badiiy san'atlarga e'tibor 
bering: bu so'z ifodalayotgan ikkala misradagi birinchi ma'nolar ham, ikkinchi ma'nolar ham o'zaro 
shakldosh bo'lib, tajnis san'atini yuzaga keltirmoqda. Aynan bir so'zni ifodalagan birinchi va ikkinchi 
ma'nolarda esa (kecha(tun) (kecha)tundur-ega-ot kesim holida) takrir san'ati hosil qilingan. 
ISTIORA 
Shabistonida tug'di bir yangi oy
Yangi oy yo'qki, mehri olamoroy. 
Tushunilishi qiyin, izohtalab so'z va birikmalar ma'nosini aniqlab olamiz: shabiston so'zini ikki 
ma'noda tushunish mumkin: kechasi va yotoqxona, tug'di - tug'ildi, yangi oy - Farhod nazarda tutilmoqda, 
mehri olamoroy - olamni yorituvchi quyosh. Ularga tayangan holda quyidagi mazmunni uqish mumkin: 

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling