Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili
Download 455.48 Kb. Pdf ko'rish
|
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida
9-sinf
JONLANTIRISH G‘azalda badiiy tasvir vositasining o‘rni adabiyot san’at turlaridan biri ekanligidan xabardorsiz. Bu san’at turi haqidagi ilm adabiyotshunoslikdir. Quyi sinflardan o‘tmish adiblarning eng sara, tanlangan vakillari ijodini aks ettiruvchi mumtoz adabiyot namunalari bilan tanishib kelmoqdasiz. Asosiy ijod shakli she’riyat bo‘lgan mumtoz adabiyotni ilmiy o‘rganadigan soha mumtoz adabiyotshunoslik deyiladi. Mumtoz FAZLIDDIN O‘TAGANOV Davlat_tili_uzbek_tili 5 adabiyotshunoslik uch qismdan iborat — aruz ilmi, qofiya ilmi, badiiyat ilmi. Aruz she’rning vazni (o‘lchovi) haqida, ikkinchisi qofiya tuzilishi, ahamiyati, unsurlariga ko‘ra turlari to‘g‘risidagi bo‘lsa, oxirgisi ilmi badi’ deb ham ataladi. Ilmi badi’ arabcha birikma bo‘lib, chiroyli so‘zlash, nodir, ajoyib ifoda ilmi degani. Badiiy tasvir vositalarining she’r badiiyatini ta’minlashdagi o‘rnini tushunish uchun Atoyi g‘azallariga murojaat qilamiz: Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizordi gul uyottin anjumanda. Baytni tushunishni osonlashtirish uchun undagi gap bo‘laklarini odatdagi tartibga keltirib olamiz hamda misralarda ochiq ishtirok etmay, yashirin kelayotgan bo‘laklarni qavs ichida beramiz: (Men) chamanda jamoling vasfini — ta’rifini qildim, (shunda) anjuman, ya’ni chamanzordagi gul uyatdan qizarib ketdi. Endi o‘ylab ko‘ring, oddiy til bilan aytganda, shoir nima demoqchi o‘zi? Bilib turganingizdek, u: “Mening yorim juda ham chiroyli”, — deyapti, xolos. Ana shu oddiy fikrni shoirona badiiy ifodalamoqda. Tahlilda Siz xayolga, fikrlaringizga erk bering, tasvirlangan lavhani, matnni kengaytirib oling. Yuqoridagi baytni quyidagicha sharhlash mumkin: gullar yig‘ini — anjumanida bir gul: “Dunyoda eng go‘zal menman”, — deya maqtanardi. Buning ustiga kelib qolgan oshiq o‘z ma’shuqasini ta’rif qilgan edi, o‘zidan bir necha marta go‘zalroq jamol egasi borligini eshitgan gul maqtanchoqligidan sharmanda bo‘lib, qizarib ketdi va shundan keyin dunyoda qizil gul paydo bo‘ldi. Ko‘rib turganingizdek, shoir gulni insonlardek jonli qilib tasvirlayapti. Demak, baytda jonlantirish san’ati qo‘llangan. Bu tasvir vositasi mumtoz adabiyot ilmida tashxis (shaxslantirish) san’ati deb ataladi. Download 455.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling