Fazliddin O‘taganov (Muallif) milliy test telefon: (91) 9655599


Fazliddin O‘taganov (Muallif)


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana27.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1298964
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Milliy sertifikat testi (F. O\'taganov) (2)

Fazliddin O‘taganov (Muallif)
-MILLIY TEST
Telefon: (91) 9655599 
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili 
7
Abdumo‘min. Qani? 
Rahimbiy. Kelarlar. Siz taxtg‘a chiqib o‘tiringiz. (Abdumo‘minxon taxtga chiqib o‘tirar.) Eron sardorlari kelganda: 
«Nechun ketasiz, bizning Buxoroda qolsangiz bo‘lmasmi!» – deb qarang. Ular: «Yo‘q, ketamiz», – deylar. So‘ngra 
bularga yigirma ming tangadan pul berilsin, deb menga buyuringiz. 
Abdumo‘min. Xo‘b. 
Rahimbiy (sharbat shishasiga yondoshib, shundan bir piyola ichkan bo‘lib). Bay, ba...y, yaxshi sharbat ekan-da. 
Siz tomoq yedingizmi? 
Abdumo‘min. Ha, yedim. 
Rahimbiy. Bir piyola ichasizmi? 
Abdumo‘min. Hay, ichaman. (Rahimbiy piyolani to‘ldirib berar. Abdumo‘minxon birdan ichar.) Biroz
chchig‘mi? 
Rahimbiy. Biroz... (Piyolani olib joyig‘a qo‘yar.) Albatta, foydali dorilar soling‘andur. Erta Qozi Nizomga 
mirasadlik o‘rini bersangiz bo‘lurmi? 
Abdumo‘min. Bo‘lur. (Yuragini tutib.) Yuragimni yondirib yubordi, bu nima edi? 
Rahimbiy. Menga bir narsa bo‘lmadi-ku! 
Abdumo‘min (ikki qo‘li bilan ko‘kragini tutib, buruladir). Voy, yondim. (Yalinar.) Bek bobojon, bu nima edi? 
Yondim. 
RahimbiyJim turingiz, hech narsa qilmaydir
1
.
Abdumo‘min (chiday olmay). Voy yondim... biroz suv beringiz! (Abdumo‘minxonning ko‘zlari olayib, yuzi buzila 
boshlar.) Yondim. Biroz suv beringiz! (Qusmoq istaganda, taxtdan yumalanib, tubanga tushar. Rahimbiyning 
singirlari buzilar, kuchli bir vijdon azobiga uchragan kabi devorg‘a tayanib, ko‘zlarini Abdumo‘ming‘a tikib, qotib 
qolar. Qusib, talpinib, qiynalib yotg‘on Abdumo‘minxon birdan boshini ko‘tarar.) Jallod! (Rahimbiy seskanar.
Meni ham o‘ldirdingmi?! (Yana yiqilib, talpina-talpina jon berar.
Ko‘k gumburlar, qattiq bir yel esib, shamlarni o‘chirar. Shu tobda taxtning bir chetidan, yigirma yashar eronli aft 
bir Xayol chiqar. Sochi orqag‘a qaytarilib, bo‘yni to‘g‘risidan kesilgan, boshi yalang, egnida kafan, og‘ir yurib,
Rahimbiyning qarshisig‘a borib turar. Rahimbiy juda qo‘rqib, qattiq titrar. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling