Fazliddin O‘taganov (Muallif)
-MILLIY TEST
-
Telefon: (91) 9655599
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili
6
Matnni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring.
“Abulfayzxon” dramasi. So‘nggi parda.
Mir Vafo kelar.
Mir Vafo. Eron sardorlari keldilar.
Rahimbiy (
Doniyolbiyga). Otaliqni siz qo‘noq qilingiz. Bu
kishiga yaxshi qarashib, hurmat ko‘rsatingiz.
(
Mir Vafoga.) Siz sardorlarni keltiringiz.
(
Donyolbiy, Ibrohimbiy, Mir Vafo chiqarlar. Rahimbiy mullolarg‘a so‘ylar.) Men Eron sardorlarini chaqirdim.
Eron qo‘shini Buxoroda
qola bersa, yaxshi bo‘lmaydi. Buxorodan chiqib ketishlarini taklif qilaman.
Oxund. Ko‘b yaxshi qilasiz, bek. Kelgan qo‘noqning ketishi yo‘qmi? Buxoroda nima ishlari bor?
Rahimbiy. Bu kecha menim so‘zimni tinglamay, yana Buxoroda qolmoqchi bo‘lsalar, bu to‘g‘rida erta sizlar bilan
boshqacha kengasharmiz. Albatta, erta shul rivoyatlarni olib kelarsiz.
Oxund, Qozi Nizom. Xo‘b bo‘libdir (
Turarlar.)
Rahimbiy. Ketasizmi emdi?
Oxund. Ketaylik, bek.
Rahimbiy. Xo‘b.
Oxund bilan Qozi Nizom chiqadi. Mir Vafo bilan Eron
sardorlari Husaynxon, Ahmadxon kelarlar. Salomdan so‘ng
o‘tirmasdan so‘ylasharlar.
Husaynxon. Chaqirg‘an ekansiz, keldik, bek!
Rahimbiy. Xush keldingiz. Sizni chorlatganimning sababi shul: aziz qo‘noqlarimiz bo‘lg‘an Eron qo‘shini biz
uchun ko‘b musofirchilik chekdilar. Shukur, mana o‘lkamiz tinchlanib qoldi. Eshitishimizga ko‘ra, podshohimiz
Nodirshoh shahid bo‘lg‘anlar. Endi bu aziz qo‘noqlarg‘a xizmatlarig‘a
yarasha jaldular berib, yurtlarig‘a qaytarsak,
bizdan rozi bo‘lurlarmi?
Husaynxon. Bek, qarorimiz boshqacha edi. Bizga Abulfayzxonni omon-eson Erong‘a
erishdirmak xizmati
topshirilg‘an. Siz Abulfayzxonni bizga qachon topshirsangiz, biz shul daqiqada chiqib keta berarmiz.
Xonni
topshirmay ekansiz, Eron qo‘shini ham yota beradir.
Rahimbiy. Nodirshoh o‘lmaganda, men Abulfayzxonni, albatta, siz bilan yuborar edim. Bu kun Nodirshoh o‘lgan.
Eronda Abulfayzxonning hech kimga kerakligi yo‘q. Shuning uchun xonni sizga topshirmoqning ma’nosi
qolmag‘an.
Husaynxon. Nodirshoh o‘lgan bo‘lsa, Eron tirikdir. Eron podshohi «Abulfayzxonning jonini qutqaringiz» deb, o‘z
qo‘shinig‘a buyurg‘an. Biz uning shul buyrug‘ini yeriga kelturarmiz.
Rahimbiy. Mayli. Bizning xon
sizga shuncha lozim ekan, chiqarib berar edim, biroq
u kishi shu kun ertalab
o‘zlarini o‘ldirganlar. O‘liklarini sizga chiqarib bermak unumsizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: