Fazliddin O‘taganov (Muallif) milliy test telefon: (91) 9655599


Fazliddin O‘taganov (Muallif)


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana27.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1298964
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Milliy sertifikat testi (F. O\'taganov) (2)

Fazliddin O‘taganov (Muallif)
-MILLIY TEST
Telefon: (91) 9655599 
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili 
8
topindirib, ham qurbon qilarsan?! Ey boyqushlar qafasi, bunday dev ishtiholiq hayvonlarning qo‘li bilan 
qachong‘acha dunyolarni bir-biriga urib turasan?! Tinchlik saqlamoq bahonasi bilan millionlarcha inson ko‘masini 
chuqurdan chuqurg‘a yumalatmog‘ingning zamoni hanuzg‘acha bitmadimi?! 
Rahimbiy (o‘ylar). Afrosiyob, deydir. Otamdan qochdim deydir
2
. (Bir-ikki odim ilgari bosib, qo‘rqa-qo‘rqa.) 
Sen kimsan?! 
Xayol. Men... Sening kabi bir zolim qo‘lida mana shuning kabi (Abdumo‘minning o‘ligini ko‘rsatar) hech bir 
narsani bilmayin, onglamayin, bo‘g‘izlang‘an bir mazlum – Siyovush!... Ey qora yurakli boyqush, bundan senga 
qolg‘an vayronani qutlamoq uchun keldim. Insonlik dunyosi, esini bir joyga to‘plab, o‘z ishiga o‘zi ega 
bo‘lg‘ancha, sen ham, sening kabilarning ham ixtiyoringizdadir. Istaganingizcha hukm sura olarsiz. (Sekin-sekin 
uzoqlanib, yo‘qolar.) 
Rahimbiy. Siyovush... Siyovush. (Xayol tomonidan tortilg‘an kabi, uning ketidan yurib, sahnadan chiqar). 
Parda tushar. 
 
 
23.
(1,1 ball) 
Qaysi fikr “Abulfayzxon” dramasining mazmuniga 
asosli asos EMAS? 
A) Sulolaning ko‘p yillik taxtga egalik qilgan so‘nggi 
vakili haqida fojia mavjud. 
B) Davlat tanazzuli aynan kaltabin figura bilan 
bog‘liqligi, shunchaki avlodlarga uning nafs quli 
bo‘lib qolganligi ortidan butun davlat yemirilib 
ketganini ko‘rsatish bosh g‘oyalardan biri bo‘lgan. 
C) Hech kim dunyoga ega bo‘lolmasligini, mol-
dunyo, toj-u taxt bir kishida qo‘lida abadiy 
qolmasligini uqtirish tushunchasi yoritilgan. 
D) Laganbardorlik hech qaysi davrada o‘rin 
topmasligi, unga jazo muqarrarligi obrazlar hayotidan 
oydinlashgan. 
24.
(1,1 ball) 
Rahimbiy obraziga mos ta’rif qaysi iborada aks 
etadi? 
A) qilni qirq yoruvchi 
B) ignaning ustida o‘tiruvchi 
C) yuzidan o‘tolmaydigan 
D) yuragi yorilgan 
25.
(1,1 ball) 
Xayol obraziga mos ta’rifni berilgan maqolli 
javoblardan aniqlang. 
A) O‘zingdan chiqqan baloga, qayga borasan 
da’voga maqolini uning taqdiri misolida ishlatsa 
bo‘ladi. 
B) Yeb to‘ymagan yalab ham to‘ymaydi maqolini 
uning o‘limiga sabab bo‘lgan xarakteri uchun 
qo‘llasa bo‘ladi. 
C) Ko‘za kunda emas, kunida sinadi maqoli taxtga 
qarata aytgan norizo gaplari o‘rnida aytilsa bo‘ladi. 
D) It hurar, karvon o‘tar maqolini uning 
Abdumo‘minga achingan holati uchun qo‘llasa 
bo‘ladi. 
26.
(1,1 ball) 
“1” raqami bilan ajratib ko‘rsatilgan qismda 
tasvirlangan qahramon holati qaysi javobda to‘g‘ri 
izohlangan? 
A) Zahar ta’sir qilmay qolishidan qo‘rqayotgan inson 
hayajoni 
B) Taskin berish, sabrli bo‘lishga da’vat etayotgan 
orif inson figurasi 
C) Loqayd, nima qilib qo‘yganidan
afsuslanmayotgan, ishning tezroq yakun topishini 
istayotgan odam qiyofasi 
D) Atrofdagilarni ovora qilishni istamay ishni imi-
jimida hal qilishga urinayotgan mo‘ysafid 
xayrixohligi 
27.
(1,1 ball) 
(2) raqami bilan ajratib ko‘rsatilgan gapda qanday 
uslubiy ma’no ifoda etilgan? 
A) anglay olmaslik 
B) hasad qilish 
C) bilmaganga olish 
D) kibrlanish 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling