Filologik tadqiqot asoslari page 3 4-курс I. Ma’ruza mashg’ulotlari


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/72
Sana02.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1320983
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72
Bog'liq
Филологик тадқиқот 2019-2020

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


FILOLOGIK 
TADQIQOT ASOSLARI 
Page 19 
4-курс 
4-MA`RUZA
 
5-mavzu. Malakaviy ish mavzusiga bag’ishlangan masalaning o’rganilish 
tarixini bayon qilishning ahamiyati. Tirli ko’chirma va kartochkalar. 
Kartochka ustida ishlash.
Darsning o'quv maqsadi: materialni bayon etish uslubi, til vosi- talari 
tizimi - leksika, grammatika, sintaksis; ilmiy matnlarning janr va turlari kabi 
masalalar borasida bahs yuritish. 
Tayanch so'z va iboralar: materialni bayon etish uslubi, formal- mantiqiy, 
umumilmiy leksika, atama leksikasi, ilmiy nazariy, ilmiy metodik, shartli til, janr 
va turlar. 
Ilmiy ishning uslubini aniqlashda avvalambor, materialni bayon etish 
uslubiga asoslanish lozim. Bunga til vositalarni tanlash va ular- ni nutqda 
faoliyatda qo'llanishiga bog'liqdir. Mazkur nuqtai nazardan ilmiy matn tilining bir 
qator xususiyatlari ajratiladi. 
Ilmiy matnda bayon etish uslubi formal-mantiqiy, jamoaviy bo'lib, asosan 
mulohazalardan iboratdir. Bu mulohazalarning maqsadi borliq, voqelik dalillarini 
o'rganish r.atijalarida aniqlangan haqiqatlarni isbot- lashdir. Bunda bitta holat 
dastlabkidan kelib chiqib, keyingi holatni an- glashga tayyorlashi lozim. Ilmiy 
bayon emotsional hissiy idrokka emas, mantiqiy idrokka qaratiladi, shuning uchun 
bu yerda hissiy ekspressiv vositalar bosh rolni o'ynamaydi, ular yordamchi vazifani 
bajaradi. 
Ilmiy matnningasosida umumiste’moldagi leksikayotadi, bundan tashqari 
atamalar, mavhum ma’noga ega so'zlar, yordamchi so'zlar va gap, uning qismlari 
o'rtasidagi mantiqiy aloqalarni ta’minlab be- ruvchi so'zlar ishlatiladi. 
Sinonimlarning keskin qisqarishi kuzati- ladi. Ilmiy matnda quyidagilarni farqlash 
lozim: a) atama leksikasi (umumilmiy va maxsus); b) umumilmiy leksika; v) ilmiy 
fikrni shak- llantiruvchi so'zlar. Umumilmiy atamalar umumiy tilda ko'p ma'noli 
bo'lishi mumkin, ammo ilmiy tilda ular bir ma’nolidir. Maxsus so'zlar esa ham 
umumiy ham ilmiy tilda bir ma’noga ega. Ilmiy fikrni shakl- lantiruvchi so'zlar - 
bog'lovchilar, bog'lovchi so'zlar, ravish, kelishik - ot konstruksiyalar, kirish so'z, 
so'z birikma va gaplari, shaxssiz va shaxsi noaniq gaplardir. Ular quyidagilarga 
bo'linadi: 
1) mantiqiy kontekstni kirituvchi; 
2) axborotni obyektivlik darajasiga tavsif beruvchi.
Bundan tashqari aniqlashtiruvchi so'zlar ham ajratiladi - cheklovchi
kuchaytiruvchi, ajratuvchi yuklama va ravishlar, asosiy ma'no yuklamasiga ega 
dominant so'zlar yoki tayanch so'zlar. Tilning leksik tasviriy ifodalash vosi- 
talaridan ilmiy matn uchun qiyoslash eng ko'p qo'llaniladigan vositadir. 
Ilmiy tilda ot funksional imkoniyatlarining kengayishi va aksincha fe’l 
imkoniyatlarining torayishi kuzatilmoqda. Nisbatan uzun gaplar ustuvordir. 



Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling