Filologik tadqiqot asoslari page 3 4-курс I. Ma’ruza mashg’ulotlari
Download 1,58 Mb. Pdf ko'rish
|
Филологик тадқиқот 2019-2020
FILOLOGIK
TADQIQOT ASOSLARI Page 21 4-курс bo'lish, matn mo'ljallan- gan boig'usi auditoriyani ko'ra bilish, murakkab muammolar haqida ilmiy haqiqatni yo'qotmagan holda sodda, ishonchli va qiziqarli hikoya qilish mahoratini talab qiladi. Nihoyat, ommaviy matnning muallifi keng bilimga ega bo'lib, yozma nutqi yuqori darajada va hikoya qiluvchining alohida san’atiga ega bo'lishi lozim. Chunki u yoki bu fanning ichki chuqur mantig'i mutaxassis bo'lmagan kishiga noma’lumdir. Mazkur fanni ommalashtiruvchi fanning uslublari va obyektni tasvirlash metodlaridan foydalangan holda fanning joziba- dor, qiziqarli obrazini yaratmog'i lozim. Sof ilmiy tadqiqotlar tadqiq predmetlariga bog'liq ravishda ilmiy nazariy va ilmiy uslubiylarga bo'linadi. Tilshunoslikda ilmiy nazariy matnlarni tasvirlash predmeti sifatida tilni oladilar. Bu tilda uning xilma-xilligi - alohida til dalili yoki hodisasidan tortib, butun bashari- yat tillariga xos bo'lgan global qonunlarigacha ko'rsatiladi. Ilmiy-uslubiy ishlar tasvirlash predmeti sifatida tilni o'qitish jarayonini o'rganadi: o'qitishning uslub va metodlari, o'qitilayot- ganlarning idrok etish xususiyatlari, o'quvchi xulqining o'ziga xosligi, o'quv maqsadlarida til materialini talqin qilish uslublari, ilmiy-uslubiy ishlarning asosiy o'quvchilari, o'qitish muammolari bo'yicha mu- taxassislar va amaliyotdagi o'qituvchilardir. Bu borada o'qituvchining qo'lida mutolaa qilishning keng doirasi mavjud: uslubiy adabiyotni muntazam o'qishdan tashqari u o'zi olib borayotgan kurslarning mua- tnmolari bilan bog'liq bo'lgan nazariy adabiyot biian ham muntazam tanishishi lozim. O'z- o'zidan ma'lumki, ilmiy nazariy adabiyot nazariy- otchi tilshunos uchun mutolaa qilishning doimiy predmetidir. Ilmiy-ommabop, ilmiy-nazariy va ilmiy-uslubiy matnlar turli hajm- larda bo'lishi mumkin: kichik maqola yoki eslatmadan katta kitobgacha. Maqolalar yoxud maxsus to'plamlarda yoxud jurnallarda nashr eti- ladi. Maqola ilmiy ma’ruzaga yaqin, u konferensiya, simpozium, semi- narlarga taqdim etiladigan ilmiy asardir. Odatda, u o'qiladigan og'zaki variant va olimlarning mazkur uchrashuvi materiallarini o‘z ichiga ol- gan maxsus to'plamda nashr etiladigan yozma variantga ega. Maqola kichik shakllardan biri hisoblansada, uning hajmi va mazmuni borasi- dagi miqyosi juda ham yirik bo'lishi mumkin. Kattalik nuqtai nazaridan u 20, 30, 40 bet (ba’zida undan ko'p)dan iborat bo'lishi mumkin. Maz- mun jihatidan esa zamonaviy tilshunoslikning ko'plab yirik muammolari aynan maqolalarda, tilshunoslikning butun bir tarmoqlari aynan maqolalarda ifodalanib boshlanganlarini hisobga olsak, uning miqyosi- ni anglab olamiz. Ilmiy ommabop matnlar aksariyat hollarda broshyura ko'rinishida rasmiylashtiriladi, hajmi bo'yicha u kichik kitob va yirik maqola o'rtasidagi asardir, biroq u alohida nashr ko'rinishida chop etiladi. Hajmi bo'yicha eng yirik hisoblanadigan ilmiy-nazariy yoki ilmiy-uslubiy ish monografiyadir. Monografiya bir muallif yoki tad- qiqotchilar guruhi tomonidan biron-bir muammoni fundamental tarzda tadqiq etilishining jarayoni natijasidir.U alohida kitob tarzida nashr etiladi. Monografik turdagi tadqiqotlar qatoriga o'rganilayotgan muammo xarakteri va batafsilligi bo'yicha fan nomzodi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling