FILOLOGIK
TADQIQOT ASOSLARI
Page
24
4-курс
SEMINAR MASHG`ULOTLARI UCHUN
MATERIALLAR
1- seminar mashg’uloti.
1-mavzu. Filologik tadqiqot asoslari maxsus kursining asosiy maqsad va
vazifalari. Bitiruv malakaviy ishiga qo’yilajak asosiy talablar. Ilmiy ishlar
tasnif va tavsifi.
Seminar savollari:
1. "Ilm -fan” tushunchasini qanday izohlaysiz?
2. Filologiya, lingvistika haqida qanday tushunchaga egasiz?
3.Ilmiy tadqiqot ishi va filolog faoliyatining asosiy yo'nalishlari nimalardan iborat?
Seminar uchun savol va vazifalar:
1. "Kirish” mavzusi tavsifning qanday turi -
funktsional yoki tuzilmaviy
turini o'z ichiga kiritgan? Bu savolga javob berish uchun V.l.Dalning lug'atidagi
"Kirish” tushunchasining tavsifini Katta aka- demik lug'atdagi tavsif bilan
taqqoslangan. Lug'atlarda keltirilgan izohlarni o'ganib chqing.
Taqdim etilgan definisiyalarda qanday tomonlari
tayanch ekan- ligini
aniqlang, bu belgilarni tuzilmaviy yoki funksional deb tavsi- flang. Definisiyalar
qanday
munosabatda ekanligini, ya'ni ular bir xil yoki turli axborotga ega
ekanligini aniqlang. Agarda bir xil axborot bo'lsa, tavsifdagi farqning sababi nima,
agarda har xil bo'lsa, bu har xillik nimada namoyon bo'ladi?
2. Mazkur ikki definisiyalardan "kirish" va "kirish bobi”
tushunchalarining
yagona tavsifini shunday shakllantiringki, bu iborada takror- lash bo'lmasin.
Ulardadi turli belgilarni mantiqiy tarzda bog'lang.
Mazkur kirish mazmuni,
xarakteri olingan tavsifga muvofiqligini aniqlang. Mazkur savolga javob berish
uchun quyidagilar zarur:
- mazkur
matnning rejasini tuzish, bunda mazkur bo'limning eng muhim
tushunchalarini belgilab beruvchi otlardan har bir qismning nomini tuzish lozim;
- bo'limning asosiy mazmunini
qisqa tavsiflab bering, bunda ajratib
ko'rsatilgan tushunchalarga e'tibor berib, quyidagi iboralarni qo'llang: "kirish
bo'limining asosiy mazmuni... tasviri tavsifidan ibo- ratdir" (keltirilgan
vazifaga
o'xshash yana ikkita ibora toping);
- shu tarzda kirish bo'limi mazmunini aniqlaganingizdan so'ng kirish deb
nomlanishga
muvofiqmi, degan savolga javob bering.
3. Ilmshunoslikning tadqiq etish obyekti nima bo'lishi mumkin? Mazkur
savolga javob berish uchun ilmshunoslikni muvofiq fanlarning (masalan,
tilshunoslik, adabiyotshunoslik va h.k.) nomi bilan taqqoslang.