Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi adabiyotshunoslik tarixi fanidan
Download 83.64 Kb.
|
2 5389062759562355867
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuyuq va tajnis T U Y U Q
Umrini ablah kechurib gʻaflat ila,
Nukta oʻrnigʻakim tortar xarros. Bir eshakdurki, tagʻofil yuzidin Qilgʻay izhor payopay arros . Bu qit’ada odamlar xarakterida uchraydigan badlafzlik, qoʻrslik keskin qoralanmoqda. Ifodalanayotgan ma’noning ta’sir darajasini oshirish, fikrni loʻnda va obrazli bayon etish uchun shoir hayotiy bir detalni she’rga olib kirgan. Ya’ni, gʻofil kimsani arros eshakka qiyoslagan. Bu tashbeh yordamida fikr yanada teranlashgan. Masalan, she’rni oʻqigan kishida soʻzlar sharqona nazm jilosidan (qasida, gʻazal va boshqa janrlardagiga oʻxshab) mahrumdek taassurot tugʻdirishi mumkin. Goʻyo unda tashbih she’rga soya solgandek, goʻyo shoir goʻzallik tuygʻusiga toʻla rioya etmagandek. Aslida, bu aldamchi bir taassurotdir. Chunki shoir uchun eng muhimi fikr butunligi va aniqligidir. Xullas, qit’a gʻazal, ruboiy kabi mustaqil bir lirik janr hisoblanadi. Uning oʻziga xos poetik tabiati bor. Qit’a oʻzining kompozitsion koʻrinishlari, obrazlar tizimi, til xususiyati va ifoda usullariga ega janr. U gʻazalning bir parchasi yoki ba’zi olimlar aytganidek, gʻazaldan yulib olingan “ma’lum bir boʻlak” sifatida yuzaga kelmagan. Bunday boʻlishi mumkin ham emas. Qit’a Sharq adabiyotida gʻazaldan ancha oldin paydo boʻlgan janr. Ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ma’rifiy va boshqa mavzularda yozilgan, oʻziga xos qofiya tarziga ega, ikki baytdan kam boʻlmagan, oʻzida ma’lum bir poetik xususiyatlarni mujassamlashtirgan she’riy parchalar qit’a deyiladi. Qit’ada shoirlar, asosan, turmush va real voqelik bilan aloqalangan taassurotlar, ijtimoiy hayot, axloq masalalariga doir gʻoyalarni loʻnda, sodda yoʻllarda ifoda etganlar. Shu ma’noda qit’a – ma’no va mohiyat oynasi, shoir ehtiroslari quyulib, fikrda teranlik kuchaygan holati. Yoki shu holatlar hosilasi erur. Tuyuq va tajnis T U Y U Q – lirik janr. U arabiy va forsiy adabiyotda oʻq. Bu janr namunalarini faqat turkiy she’riyatdagina uchratamiz. Tuyuqlar aslan turkiy xalqlar ogʻzaki adabiyoti ta’sirida shakllangan, takomil topgan. Keyinchalik yozma adabiyotga oʻtib, muayyan qoidalarga boʻysungan, talablari qat’iylashgan. Bir necha adabiy-badiiy talab tuyuq janrining asosiy qoidasiga aylangan: Tuyuq, albatta, toʻrt misradan iborat boʻlishi kerak. Tuyuq misralari, xuddi ruboiydagi kabi, a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanishi zarur. Tuyuq, albatta, ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida, ya’ni «foilotun–foilotun–foilun (yoki foilon)» tarzida boʻlishi shart. Taqte’si: – V – – / – V – – / – V – (yoki V – ~). Tuyuqda qofiyaga olingan soʻzlar, albatta, tajnisli boʻlishi, ya’ni omonim soʻzlardan yoki shakldosh soʻzlar turkumidan tashkil topishi darkor. Ilgari tuyuqlar janrning ana shu talablaridan dastlabki uchtasiga javob bergan, xolos. Lekin keyinchalik janrning toʻrtinchi sharti yuzaga kelgan. Shu tariqa tuyuqlarni tajnissiz tasavvur qilib boʻlmay qolgan. Download 83.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling