Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi adabiyotshunoslik tarixi fanidan


Download 83.64 Kb.
bet11/14
Sana07.02.2023
Hajmi83.64 Kb.
#1175700
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 5389062759562355867

Navoiy tuyuqlari tahlili
Turkiy xalqlar adabiyotining eng ajoyib she'riy shakllaridan biri tuyuq boʻlib, oʻzbek adabiyoti tarixida uning yuzlab namunalari yaratilgan. Alisher Navoiy tuyuq yozishning qonun - qoidalarini nazariy jihatdan asoslab bergan hamda amaliyotchi shoir sifatida uning mumtoz namunalarini yaratib qoldirgan.
Navoiy lirik merosidan oʻn uchta tuyuq oʻrin olgan. Ulugʻ shoir boshqa janrlarga nisbatan kam tuyuq yozganligining sababi tuyuq yaratishning murakkabligida emas, balki mutafakkir shoir jiddiy va yirik turlarda koʻproq qalam tebratganidadir. Navoiy oz tuyuq yaratganiga qaramay, uning tuyuqlari yuksak badiiy mahorat mahsuii sifatida turkiy tuyuqnavislikning eng sara namunalari hisoblanadi.
Alisher Navoiy adabiyotimiz tarixida tuyuqning birinchi nazariyotchisi sifatida ushbu she'riy shaklning asosiy xususiyatlarini “Mezon ul-avzon”da quyidagicha koʻrsatadi: “Yana turk ulusi, bataxsis chigʻatoy xalqi aro shoye' avzondurkim, alar sunidlarin ul vazn bilan yasab, majolisda ayturlar. Birisi tuyugʻdirkim, ikki baytqa tnuqarrardur va sa'y qilurlarkim, tajnis aytilgʻay va ul vazn ramali musaddasi maqsurdur, mundoqkim:


Yorab, ul shahdu shakar yo labmudur,
Yo magar shahdu shakar yolabmudur.
Foilotun foilotun foilun
Jonima payvasta novak otqali,
Gʻamza oʻqin qoshigʻa yolabmudur”.
Navoiyning bu soʻzlaridan tuyuqning asosiy xususiyatini bilib olamiz. Birinchisi shuki, tuyuq turkiy qavmlar qoʻshiq qilib bazmlarda, toʻylarda, yigʻinlarda aytadigan vaznlardan birida yaratilarkan. Bu tuyuqning ashulabop va ommafahm she'r turi ekanligini anglatadi.
Ikkinchi xususiyati shuki, tuyuq ikki bayt, ya'ni toʻrt misradan tashkil toparkan. Uchinchi xususiyat shuki, shoir mahorati yetganicha tajnis usulidan foydalanib tuyuq ay- tishga intiladi. Lekin tuyuq tajnissiz ham yaratiladi. Toʻrtinchi xususiyat shuki, tuyuq, albatta, ramali musaddasi maqsur vaznida bitiladi. Tuyuqning yana bir asosiy xususiyati borki, u oʻz davrida ma'lum va mashhur boʻlgani uchun Navoiy uni aytishni lozim topmagan. Bu tuyuqning nomi va janr xosiyati tuygʻu bilan bogʻliqligidir. Chinakam tuyuq shoir tuygʻularining tugʻyonga kelishi samarasidir. «Tuyuq» — «tuymoq» fe'lidan olingandir. Tuyuq uni oʻqigan yoki eshitgan kishilarning tuygʻulariga ta'sir etadi. Tuyuqning badiiy mazmunini tuygan kishilarning tuygʻulari tugʻyonga keladi. Tuyuq adabiyot ixlosmandlarida she'rning badiiy nozikliklarini tuya olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Tuyuq ishqiy falsafiy, axloqiy va boshqa mavzularda ham yaratilishi mumkin.
Tuyuqlar tahlilini Navoiy keltirgan namunadan boshlaymiz. Mazkur tuyuq seviklini vasf etishga bagʻishlangan. Tuyuq “yolabmudur» tajnisi asosiga qurilgan. «Tajnis» — bir jins, ya’ni shakldagi soʻzning turlicha ma'nolar ifodalashi san'atidir. “Yolabmudur” tuyuqning uch misrasida takrorlanib, uch xil ma'no ifodalashga xizmat qilgan. Dastlabki ikki misrada e'tibor yorning lablarini madh etishga qaratilgan. Tuyuqning xos belgilaridan yana biri shuki, unda yengilgina hazil-mutoyiba ruhi sezilib turadi. Lirik qahramon yorning yoqutday lablari haqida oʻy surarkan, «tajohuli orifona» - bilib bilmaslikka olish yoxud donishmandlarcha nodonlik izhor etish usuli asosida ish tutib, “Yo rab” deya hayratlanadi: «U - labmikin, shakarmikin, asalmikin?! Yo magarkim, yorim asal bilan shakar yalaganmikin-a?!» Uchinchi, toʻrtinchi misralarda e'tibor qosh tasviri va ta'rifiga qaratilgan. Bunda ham mutoyiba tarzidagi taajjublanish bor: «Bu — yorimning qoshlarimikin yoki u turning jonimga uzluksiz oʻqlar otish maqsadida noz-karashma oqlarini qoshlariga tizib yoylabdimi?!» Demak, tuyuqda oshiqona bir mazmun mutoyiba tarzida, tajnis usuli asosida ifodalangan. Tajnisga nishon boʻlgan soʻz birinchi misrada “yalabdimikan», ikkinchi misrada «yalabdimikin», toʻrtinchi misrada «yo (y) labdimikin» ma'nolarida mahorat bilan qoʻllangan.

Download 83.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling