Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi adabiyotshunoslik tarixi fanidan


Download 83.64 Kb.
bet13/14
Sana07.02.2023
Hajmi83.64 Kb.
#1175700
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 5389062759562355867

A.Navoiy

T A J N I S – badiiy san’atlardan biri. Lugʻaviy jihatdan jinsdosh, ya’ni shakldosh degan ma’noni anglatadi. Bu nutqda shakli bir xil, ammo ma’nosi har xil soʻzlar yoki soʻzlar turkumini qoʻllash, degani. Ammo bu san’atni oddiygina qilib, omonimlar ishlatish ekan-da, deb hisoblamaslik kerak. Chunki omonimlar – tilde qat’iylashgan shakldosh soʻzlar. Tajnisni yuzaga keltirish uchun esa muallif bir necha soʻzlar ishtirokida ohoriy (original, ya’ni birmartalik) shakldoshliklar yaratishi mumkin. Masalan, ul Oy, u loy, uloy (ulay) soʻz birikmalari tilda oʻzaro omonim emas.
Shoir she’rda bularni shunday qoʻllaydiki, natijada bir gal ul Oy (u Oy), boshqa safar u loy, uchinchi koʻrinishda esa uloy (ulay) ma’nolarini anglatadi. Shundan ifoda goʻzalligi kelib chiqadi. Oʻquvchi yo tinglovchi shuurida ajib bir badiiy zavq paydo boʻladi.
Turkiy tillar, jumladan, oʻzbek tili – tajnis yaratish uchun juda katta imkoniyatlarga ega. Hatto, tilimizdagi shu qulaylik adabiyotimizda tajnis ishlatish shart qilib qoʻyilgan alohida, maxsus bir janrning paydo boʻlishiga olib kelgan.
Tuyuq – shunday janr. Unda yaga olingan soʻz yoki soʻzlar turkumi oʻzaro shakldoshlik paydo qilishi shart. Lutfiyning mana bu tuyugʻi qofiyasida tajnis boʻlib kelgan.
III. XULOSA
“Kishini mashgʻul etgan, toʻlqinlatgan, shodlatgan, qaygʻuga solgan, zavqlantirgan, hayajonlantirgan nima boʻlsa, qisqasi, subyektning ichiga nima kirsa, unda nima paydo boʻlsa, shularning barchasini lirika oʻzining qonuniy boyligi kabi qabul qiladi” (V.Belinskiy, 184-b). Demak, lirik asar shoirning sezgi mevasi, bir oniy ilhomining natijasi, bir zumda “pishib” yetilgan poetik fikr va tuygʻusining ifodasidirki, ularning koʻpi sarlavha (nom)siz boʻladi, birinchi misra yoki radif nomi bilan nomlanadi:
“Bu narsa - ta’riflash uchun mazmuni tutqich bermaydigan, muzika sezgisi kabi, lirik asarning xossasidir” (V.Belinskiy, 189-bet). “Uni na aytib berish va na izoh qilish mumkin; lekin uni shoir qalamidan qanday chiqqan boʻlsa, xuddi shunday oʻqib berish bilan ikkinchi odamda ta’sir qoldirish mumkin; agarda uni soʻz bilan aytib berilsa yoki prozaga aylantirilsa, u qanotlari chiroyli rang-barang kapalak hozirgina ichidan uchib ketgan xunuk, oʻlik bir chagʻanoqqa aylanadi... bu narsa shuning uchun ham qiyinki, sof lirik asar goʻyo bir kartinaga oʻxshaydi, lekin unda muhim narsa kartinaning oʻzi emas, u bizda uygʻotgan sezgidir” (V.Belinskiy, 141-142 betlar); bu sezgilarning turli-tumanligini oʻzida jamgʻargan va ularni voqye qiluvchi lirik tafakkurning janrlari ham xilma-xildir; R.Orzibekovning hisoblashicha, birgina mumtoz oʻzbek she’riyatida 30 ga yaqin lirik janr va shakllar (R.Orzibekov. Oʻzbek she’riyati janrlari. SamDU nashri 1998, 10-bet)bor... Bular: Debocha, nazira, faxriya, marsiya, soqiynoma, qasida, ta’rix, bagʻishlov, hasbi hol; madhiya, qoʻshiq, ashula, alla, lapar, yor-yor; mushoira, shiru-shakar, muvashshah, gʻazal, tuyuq, ruboiy, fard, masnaviy, mustazod, sonet, tarjeband, tarkiband; toʻrtlik, musallas, murabba, muxammas, musaddas, musabba, musamman, mutassa, muashshar va h.
Bularning hammasi ham oʻzining muayyan janriy xususiyatlariga ega; katta – kichikligidan qat’i nazar boʻlishi mumkin boʻlgan hayotning barkamol va betimsol obrazini – san’atning buyuk asarlarini voqye qilgandirlar; ularning ba’zilarini oʻrganishning oʻziyoq, mulohazalarimizni isbot etadi.



Download 83.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling