Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»
Дастурнинг информацион-методик таъминоти
Download 0.84 Mb.
|
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchi
- O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i
Дастурнинг информацион-методик таъминоти
“Туркий тилларнингқиёсий-тарихий грамматикаси”га оид дарсликлар, ўқув қўлланмалари, диссертация ва монографиялар, интернет маълумотлари дастурнинг информацион-методик таъминотини ташкил этади. Дастурдаги мавзуларни ўқитишда таълимнинг замонавий методларидан кенг фойдаланиш, ўқув жараёнини янги педагогик технологиялар асосида ташкил этиш самарали натижа беради. Бу борада замонавий педагогик технологияларнинг “Кластер”, “Матбуот конференцияси”, “Бумеранг”, “Елпиғич” ҳамда «Муаммоли таълим» технологиясининг «Мунозарали дарс» методи, шунингдек, туркий тиллар қиёсий-тарихий грамматикасига доир слайдлардан фойдаланиш, дидактик ва ролли ўйин усулларини қўллаш назарда тутилади. Fanning ishchi o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv dastur asosida ishlab chiqildi. Tuzuvchi: f.f.d. Z. Xolmanova Taqrizchi: f.f.d., prof. H. Dadaboyev Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbek tilshunosligi kafedrasining 2016-yil 29 -avgustdagi 1- sonli majlisida muhokama etilgan va ma’qullangan. Kafedra mudiri B. Abdushukurov Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbek filologiyasi fakulteti Kengashining 2016 -yil 30-avgustdagi 1- sonli yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqqa tavsiya etilgan. Dekan B.Mengliyev Mazkur ishchi o‘quv dasturi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 2016 -yil 30-avgustdagi majlisida tasdiqlangan. O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i A.Sayfullayev 2016-2017-o‘quv yili uchun “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fanidan tuzilgan ishchi o‘quv dasturiga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi: Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar qayta ko‘rib chiqildi. Mavzularni yoritishda turkiy tillar grammatikasining tarixiy taraqqiyoti e’tiborga olindi, masalaga adabiy til nuqtai nazaridan yondashildi. Pedagogik texnologiya ko‘rinishlarining mavzuga muvofiqlik darajasi qayta ko‘rib chiqildi. O‘zgartirish va qo‘shimchalar kirituvchi: prof. Z.Xolmanova Kirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan, shuningdek, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asaridan kelib chiqqan holda turkiy tillarning fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarini yoritish, turkiy tillarning morfologik, tipologik o‘ziga xosliklarini umumlashtirish, elementar va kompleks morfologik birliklarni ajratish; turkiy tillarning umumtaraqqiyot va xususiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish, turkiy tillar tasnifi, tasniflashdagi asosiy mezonlarni aniqlash; turkiy tillarning shakllanishi, oltoy tillari orasidagi o‘rnini, turkiy tillarning mo‘g‘ul, tungus-manchjur, ugor-fin tillari bilan munosabatini yoritish; turkiy tillarni tasniflashda fonetik, geografik, etnik tarkib mezonlarining mohiyatini belgilash til qonuniyatlarini yoritishda dolzarbligini saqlab qolmoqda. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling