Fin ta’limi amaliyotda Nima? Nima uchun? Qanday?
“Barcha uchun teng va yuqori sifatli
Download 357.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Fin ta\'limi amaliyotda
“Barcha uchun teng va yuqori sifatli
ta ’lim olish huquqi ta’minlanishi kerakligi Finlyandiya ta ’limining asosiy poydevorlaridan biridir ”. Ijtimoiy tenglik Finlar uchun ijtimoiy va moliyaviy ahvoliga qaramay, barcha bolalar ta ’limda muvaffaqiyat qozonish uchun teng imkoniyatlarga ega b o‘lishini ta’minlash muhim maqsaddir. Sahlberg (2017, XIV-XV) ushbu tamoyilni Finlyandiya sinflarida ham k o‘rish mumkinligini quyidagicha ta ’kidlaydi: “Fin o‘quvchilarining aksariyati o‘zlarining qobiliyatlari yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatiga k o‘ra farqlanmasdan yoki ajratilmasdan ijtimoiy jihatdan turfa xil b o‘lgan sinflarda o‘qiydilar”. Ushbu ijtimoiy tenglikni ta ’minlashning asosiy vositalaridan biri maktabgacha ta ’limdan to oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda bepul bo‘lgan umumiy ta’limdir 2 . 1 Yangi Zelandiya va Avstraliya ayollari Fin ayollaridan oldin ovoz berish huquqini qo‘lga kiritgan. Biroq, finlyandiyalik ayollar Yevropada birinchi bo‘lib ovoz berish huquqiga ega bo‘lish bilan birga dunyoda birinchi bo‘lib saylovlarda nomzod sifatida ishtirok etish g‘alaba qozonishdi. 2 Finlyandiyada xususiy maktablar deyarli yo‘q (Bir nechta diniy ta’lim yoki muayyan muqobil pedagogikaga asoslangan xususiy maktablar mavjud ), lekin ular ham milliy o‘quv dasturiga amal qiladi, hukumat Maktabgacha va asosiy o‘rta ta’limda darsliklar va boshqa o‘quv materiallari bepul tarqatiladi, maktabdan uzoqda yashovchi o‘quvchilar uchun kundalik ovqatlanish va transport xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi. O‘rta va oliy o‘quv yurtlarida darsliklarni o‘quvchilarning o‘zlari yoki ularning ota-onalari sotib oladilar, biroq bu bosqichlarda ham ta’lim bepulligicha qoladi. Bundan tashqari, Finlyandiyada barcha uchun to‘liq ta’lim olish imkoniyatini ta ’minlash maqsadida ta’lim grantlari va kreditlar tizimi yaratilgan. Finlyandiya hukumati yuqori o‘rta maktab, kasb-hunar ta’limi yoki oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi o‘qish uchun moliyaviy yordam dasturlarini taklif etishi mumkin. (Finnish Education in a Nutshell 2017, 6.) Gender tenglik Finlyandiyada o‘g‘il bolalar ham, qizlar ham ta’lim olishda teng huquqlarga ega ekanligi va ular bir maktabda birga o‘qitilishi hammaga ma’lum. Ko‘p hollarda Finlyandiyada qizlar ta’lim sohasida o‘g‘il bolalarni ortda qoldiradi. IHTT (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) a’zolari orasida o‘tkazilgan 2016-yildagi PISA (Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturi) testi natijalari Finlyandiya ilm-fan sohasida yuqori o‘rinlardagi ishtirokchilar orasida qizlar soni o‘g‘il bolalarga qaraganda sezilarli darajada k o‘p bo‘lgan yagona mamlakat ekanligini ko‘rsatdi (OECD 2016, 80). 2015-yilgi Xalqaro matematika va tabiiy fanlarni oʻrganish tendensiyalari (TIMSS) natijalariga koʻra, finlyandiyalik 4- sinf oʻquvchi qizlari ham matematika, ham tabiiy fanlar boʻyicha oʻgʻil bolalarga qaraganda yuqori ballarni t o‘pladi (Mullis & al. 2015). Shunga qaramay, finlar bu vaziyatni gender tengligi muammosi sifatida k o‘rishadi. Finlyandiyada maktablar o‘g‘il bolalarni yetarli darajada q o‘llab-quvvatlayaptimi yoki yo‘qmi degan savol bugungi kunda milliy darajada muhokama qilinmoqda. Maxsus ehtiyojga ega o‘quvchilar Tenglik tamoyili ijtimoiy va moliyaviy kelib chiqishi turli darajada b o‘lgan o‘quvchilar va talabalar yoki gender muammolari bilan cheklanmaydi. Darhaqiqat, tenglik g‘oyasi Finlyandiyaning turli xil ta ’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan o‘quvchilar va talabalarni qo‘llab- quvvatlashga k o‘p sarmoya kiritishining asosiy sababidir. Finlyandiyada har bir o‘quvchi va talaba bir xil ta ’lim olish huquqiga ega. Fin ta’limidagi hozirgi eng asosiy maqsad shuki, har bir o‘quvchining salohiyatini maksimal darajada oshirish kerak. Bu puxta maslahatlashuv va t o‘g‘ri yo‘naltirishni talab qiladi. Maslahatlashuv va t o‘g‘ri yo‘naltirishning maqsadi - o‘quvchilar va talabalarni q o‘llab-quvvatlash, yordam berish va ularning barchasi ta’lim jarayonida iloji boricha yaxshi natijalarga erishishlari hamda o‘zlarining keying akademik va professional faoliyati b o‘yicha tegishlicha maqbul qarorlar qabul qilishlari uchun yordam berishdir. (Finnish Education in a Nutshell 2017, 7-8.) Finlyandiyada barcha o‘qituvchilar, shuningdek muassasalardagi boshqa ta’lim xodimlari o‘quvchilarni to‘g‘ri yo‘naltirish va maslahat berish uchun mas’uldirlar. O‘qituvchilar o‘quvchilar va talabalarga individual shaxs sifatida munosabatda bo‘lishlari lozim. Shuningdek, ularning o‘z imkoniyatlariga muvofiq harakat qilishlariga yordam berishlari kerak. Barcha o‘quvchilar va talabalar ta’lim olish jarayonida yordam olish va tomonidan moliyalashtiriladi va bu maktablarda o‘qish uchun to‘lov olishga ruxsat etilmaydi (Finnish Education in a Nutshell 2017 yil, 10-11). q o‘llab-quvvatlanish huquqiga ega. Bu yordam alohida ko‘rsatma olish yoki o‘quvchining maxsus ehtiyojlarini q o‘llab-quvvatlash ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Maqsad shundaki, har bir o‘quvchi muvaffaqiyatga erishishi va o‘rganish zavqini his qilishini ta’minlash bu harakatlarning bosh maqsadidir. (Finnish Education in a Nutshell 2017, 7-8.) Milliy ozchilik va muhojirlar Mamlakat aholisining katta qismi finlardan tashkil topgan b o‘lsa-da, Finlyandiya tenglikni ta’minlash nuqtai nazaridan til yoki etnik jihatdan milliy ozchilik va muhojirlar huquqlarini ham hisobga oladi. Finlyandiyada til yoki etnik jihatdan milliy ozchilik va muhojirlarni q o‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Mamlakatda ikkita rasmiy til bor: fin va shved. Taʼlim ikkala tilda ham olib boriladi. Asosiy va t o‘liq o‘rta ta’lim o‘quvchilarining taxminan besh foizi ta’lim shved tilida olib boriladigan maktablarda o‘qiydi. Oliy taʼlimda ham mashg‘ulotlar har ikkala tilda birdek olib boriladi. (Finnish Education in a Nutshell 2017, 8.) O‘z ona tilini o‘rganish huquqi kichikroq milliy til guruhlarida ham hisobga olinadi. Mahalliy hokimiyat organlari Laplandiyaning sami tilida s o‘zlashadigan hududlarida ta’limni sami tilida tashkil etishlari shart. Ta’lim beruvchilar o‘qitishni roman va sami kabi tillarda tashkil qilish, shuningdek, migrantlar farzandlarining o‘z ona tilisida ta’lim olishlarini tashkil qilish uchun hukumatdan q o‘shimcha mablag‘ olishlari mumkin. Barcha migrantlar uchun asosiy yoki t o‘liq o‘rta ta’limga tahsil olishlari uchun tayyorlov kurslari tashkil etiladi. (Finnish Education in a Nutshell 2017, 8-9.) Shuni ta ’kidlash kerakki, Finlyandiya ta’limidagi tenglik shunchaki qog‘ozdagi gap emas. Tenglik turli siyosiy qarorlarda o‘z ifodasini topishi bilan bir qatorda Fin ta’limining amaldagi kundalik jarayonlarida ham t o‘liq namoyon bo‘ladi. Download 357.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling