Fin ta’limi amaliyotda Nima? Nima uchun? Qanday?
Download 357.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Fin ta\'limi amaliyotda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqillik
Finlyandiyada o‘qituvchilar va maktablar o‘z vazifalari uchun mas’ul hisoblanadi, biroq ular o‘z harakatlari uchun hech kimga hisob bermaydilar. Uolker (2017, 122) yuqoridagi ikkita atamani quyidagicha farqlaydi: “hisobdorlik” asosan q o‘rquvga, “mas’uliyat” esa ishonchga asoslangan. Mas’uliyat ishni bajaradiganlarga kuch beradi: u o‘qituvchilarda kuchli professional tashabbuskorlik tuy g‘usini shakllantiradi (Sahlberg 2007, 155). O‘z vazifangiz uchun mas’uliyatli bo‘lish - bu ta ’lim jamoatchiligi va insonning o‘zi tomonidan qo‘yilgan ichki talab. Bu sizning faoliyatingiz muayyan natijaga olib kelishini va boshqalar bundan umidvor ekanligini bilish demakdir. Mas ’uliyat – bu sizning o‘z vazifangizni iloji boricha yaxshi bajarish uchun ichki chaqiriq. Javobgarlik esa odatda sizga boshqa birov tomonidan yuklanadigan vazifa natijasida yuzaga keladi. Harakatlaringiz uchun sizni javobgarlikka tortadigan bu shaxs sizdan ustundir. Siz vazifani bajarish uchun javobgar b o‘lsangiz, u sizning vazifani qanday bajarishingiz va yakuniy natija uchun mas’ul bo‘ladi. Mustaqillik O‘zaro ishonchning yana bir muhim belgilaridan biri Finlyandiyada o‘qituvchilarga yuqori darajada akademik mustaqillik berilganidir. Fin o‘qituvchilari oliy ma’lumotga ega va shuning uchun o‘z ishining mutaxassisi hisoblanadi. Boshqa har qanday mutaxassis o‘z kasbining ustasi bo‘lgani kabi, o‘qituvchilarning ham o‘z ishlarini qanday tashkil etishni bilishlariga qattiq ishoniladi. Shuning uchun, ularning faoliyati hech qanday tarzda monitoring yoki nazorat qilinmaydi. O‘qituvchilar o‘z o‘quvchilari va talabalari uchun nima foydali ekanligini eng yaxshi bilish i e’tirof etiladi. O‘qituvchilikka yuqori malakali kasb sifatida qarash akademik mustaqillikning asosidir. Odatda mutaxassislarga nima qilish kerakligi aytilmaydi va nazorat qilinmaydi; ularning o‘z ishlariga mas’uliyat bilan yondashishlariga va uni yaxshi bajarishlariga ishoniladi. Finlyandiyada o‘qituvchilar maktablarining asosiy bo‘g‘inidir. Shuning uchun ular maktab faoliyatidagi o‘zgarishlarni rejalashtirish va amalga oshirishda faol ishtirok etadilar. O‘qituvchilar faoliyati tashqaridan tekshirilmaganligi sababli, ular o‘quvchilar o‘zlashtirishini yaxshilash, ularda o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida ochiq, o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni rivojlantirishga k o‘proq e’tibor qaratishlari mumkin. (Sahlberg 2006, 281-282.) Pedagoglarning bunday yuksak kasbiy mahorati b o‘lajak o‘qituvchilarning oliy o‘quv yurtlarida yuqori sifatli bilim olishiga asoslanadi. Finlyandiyada oʻqituvchilar maʼlumoti bo‘yicha yuqori darajada turishadi: ularning barchasi tadqiqotga asoslangan universitet dasturlarini tamomlagan va magistr darajasiga ega. Finlyandiya o‘qituvchilarini tayyorlash faqat ular o‘qitadigan fanlar va fan didaktikasi bilan cheklanmaydi. Qo‘shimcha ravishda, o‘qituvchilikka nomzodlar bolalar psixologiyasi, pedagogika, maxsus ta’lim, mamalakatdagi o‘quv dasturi va ta’limga oid ijtimoiy muammolarni ham puxta o‘rganadilar. Bularning barchasi ularni o‘z maktablaridagi jarayonlarda kengroq ishtirok etishlarini ta’minlaydi. Ular maktabdagi o‘quv rejalarini birgalikda ishlab chiqish, o‘qitishning eng samarali usullarini tanlash, o‘quvchilar natijalarini baholash, o‘zlashtirishi qiyin b o‘lgan o‘quvchilarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish va shu orqali o‘qituvchi sifatida o‘zlarining kasbiy rivojlanishi va o‘sishini mustaqil ravishda boshqarishlariga zamin yaratiladi. (Sahlberg 2017b, XV.) O‘qituvchilarga ekspert sifatida munosabatda bo‘lish va ularga o‘z ishida erkinlik va mas'uliyat berish bu kasbning jamoatchilik orasidagi obr o‘sini mustahkamladi (Sahlberg 2015, 105). Yoshlar o‘qituvchilikni eng yaxshi kasblardan biri deb bilishadi, shuning uchun k o‘p Fin yoshlari kelajakda o‘qituvchi bo‘lishni orzu qilishadi. Odatda natijalari eng yuqori b o‘lgan o‘quvchilar o‘qituvchi bo‘lishni xohlashadi, shuning uchun ham pedagoglarni tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalariga kirish juda qiyin. Darhaqiqat, abituriyentlarning atigi 10-20 foizigina bu y o‘nalishda talaba bo‘lish baxtiga muyassar b o‘ladi. Sahlberg (2017, XV) ta’kidlaganidek, Finlyandiyada o‘qituvchilik kasbi nufuzining mustahkamlanib borishi o‘z navbatida o‘qituvchilar va maktablarga bo‘lgan kuchli e’tibor va ishonchning, shuningdek o‘qituvchilarning maqomi va yoshlar orasida o‘qituvchi b o‘lishga ishiyoqning oshishiga xizmat qilmoqda. O‘qituvchilarning professionalligi va mustaqilligi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Sahlberg (2015, 105) ta'kidlashicha, Finlyandiya o‘qituvchilari maktab ta'limining barcha darajalarida o‘zlari ta’lim olgan barcha narsalardan amaliyotda foydalanish uchun zarur b o‘lgan to‘liq professional avtonomiyaga ega. Bu darsni rejalashtirish, o‘rgatish, o‘quv jarayonini diagnoz qilish, natijaga k o‘ra bo‘shliqlarni to‘ldirish va baholash kabilarni o‘z ichiga oladi. Mutaxassislar o‘z majburiyatlarini professional tarzda bajarishlari uchun, ish davomida talab qilinadigan barcha resurslarga ega b o‘lishlari kerak. O‘qituvchilar o‘z rejalaridagi barcha maqsadlarni amalga oshirish uchun ham sinfda, ham sinfdan tashqarida yetarli vaqt bilan ta'minlanadi. (Sahlberg 2015, 105). O‘qituvchilar o‘z darslarida haqiqatan ham mustaqildir. Sahlberg (2007, 152) Finlyandiyada o‘qitish va o‘rganishning o‘ziga xos xususiyati o‘qituvchilar va o‘quvchilarni yangi g‘oyalar va usullarni sinab ko‘rishga, innovatsiyalar haqida va ulardan foydalangan holda o‘rganishga, maktablarning pedagogik merosini hurmat qilgan holda ijodkorlikni rivojlantirishga undash ekanligini alohida ta'kidlaydi. Yuqorida aytilganidek, o‘qituvchilarga keng akademik mustaqillik berilgan. Ular milliy o‘quv dasturiga asoslangan holda quyidagi masalalar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilishlari mumkin: 1. o‘qitish jarayonida nimaga urg‘u berish kerakligi, 2. muayyan mavzularni qachon o‘qitish, 3. muayyan mavzularni qanday o‘qitish, 4. muayyan mavzular bo‘yicha darslarni qayerda tashkillashtirish, 5. o‘qitishda qanday usullardan foydalanish, 6. qaysi fan va mavzularni integratsiyalashgan holda o‘rgatishni tanlash, 7. dars davomida mashg‘ulotlarni qanday tashkil etish, 8. qanday o‘quv materiallaridan (darsliklar, raqamli resurslar va boshqalar) foydalanish, 9. o‘quvchilarga qancha va qanday uy vazifasini 4 berish, 10. o‘quvchilar o‘zlashtriishini qanday baholash, 11. boshqa o‘qituvchilar bilan qanday va qaysi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish. (Qarang: Finnish Education in a Nutshell 2017, 12-13; Walker 2017, 43-44.) Uolker (2017, 91-127) bu mustaqillikni Finlyandiya ta'limining asosiy elementlaridan biri sifatida ta'riflaydi. Finlandiyada nafaqat o‘qituvchilar, balki o‘quvchilar va talabalarga ham ta’lim jarayonida keng mustaqillikka berilgan. Finlyandiyalik yoshlar boshqa k o‘plab mamlakatlardagi tengdoshlariga qaraganda ancha mustaqil. Ayni damda yaxshi o‘qishlari uchun ularga ko‘proq mas'uliyat yuklanadi. Uolker (2017, 93) Finlyandiya bolalari uyda va maktabda muayyan k o‘rsatmalarsiz o‘zlari mustaqil ravishda shu g‘ullanishlari uchun ko‘plab imkoniyatlarga ega ekanligini va bu imkoniyatlar orqali ular o‘rganuvchilar sifatida ko‘proq o‘z-o‘zlarini boshqarishini keltiradi. Buni Finlyandiyaning oxirgi milliy o‘quv dasturi islohotida ham ko‘rish mumkin. Yangi milliy o‘quv dasturi maktab ichida va tashqarisida o‘quvchilar agentligini rivojlantirishga, shuningdek, o‘rganish zavqini birinchi o‘ringa qo‘yish, hamkorlikda o‘rganish muhitini rivojlantirishga ur g‘u beradi. (Uolker 2017, 93.) Finlyandiya maktablari ham mos ravishda keng mustaqillikka ega. Pokka (2015, 55) Finlyandiya maktab jamoasining mustaqilligini quydagicha ta ’riflaydi: “Maktablar milliy va mahalliy ta’lim tashkilotlari tomonidan belgilangan tartiblar asosida boshqarilsa-da, maktab jamoasi ta’lim maqsadlariga qanday erishishlari bo‘yicha o‘zlari qaror qabul qilishadi”. Maktablar qonun bilan belgilangan asosiy tartib va qoidalarga amal qilgan holda o‘zlarining boshqaruv tizimi va qarashlari asosida o‘qitish va o‘rganishni tashkil etish huquqiga ega. Bundan tashqari, k o‘p hollarda maktab byudjetini tasarruf etish, maktab uchun xaridlarni amalga oshirish va kadrlar siyosatini yuritish ham maktablar zimmasidadir. (Finnish Education in a Nutshell 2017, 12.) Akademik mustaqillikni hisobga olgan holda Finlyandiya maktablari uchun eng katta vazifalardan biri - bu Milliy o‘quv dasturi asosida mahalliy va maktab uchun mos b o‘lgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqishdir. Maktab uchun maxsus o‘quv dasturini ishlab chiqish butun jamoa harakat qiladi. Bu o‘qituvchilarga muayyan mavzular bo‘yicha o‘quv mazmunini ham, ushbu mazmunni o‘qitish usullarini ham tanlash imkonini beradi. (Pokka 2015, 56.) 4 Finlyandiyada o‘quvchilarga uyga vazifa beriladi, lekin bu tizimi boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda bu juda yengil tashkillashtirilgan. Ushbu mustaqillik umumiy ta ’lim tizimini nazorat qiluvchi tashkilotlarga ham tegishli. Munitsipalitetlar, maktablar va ta'lim muassasalarini boshqaruvchi organlar o‘quv dasturlarini amaliyotda k o‘zlanganidek olib borish, ta’lim samaradorligi va sifati uchun mas ’uldirlar. Boshqa ko‘plab mamlakatlarga qaraganda qoidalar ham ancha erkin. Misol uchun, sinfda o‘quvchilar soni bo‘yicha muayyan qoida yo‘q yoki ta’lim tashkilotlari va maktablar o‘quvchilar va talabalarni guruhlarga bo‘lib o‘qitish kabi masalalarda mustaqil qaror qabul qilishlari mumkin. (Finnish Education in a Nutshell 2017, 12.) Download 357.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling