Fin ta’limi amaliyotda Nima? Nima uchun? Qanday?
Download 357.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Fin ta\'limi amaliyotda
Ishonch va mas
’uliyat Finlyandiya ta’lim tizimidagi, odatda, chet eldan tashrif buyurganlarni eng ko‘p hayratga soladigan xususiyat bu ishonchdir (Hargreaves 2009, 94; Hargreaves & Shirley 2008, 137). Ishonch Finlyandiya ta ’lim tizimining ildiziga bog‘langan va uning har bir darajasida mavjud. Ota-onalar o‘qituvchilarga va butun maktab tizimiga ishonishadi. Siyosatchilar va hokimiyat vakillari ta ’limni muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarga, ta’lim tashkilotlari maktab direktori va o‘qituvchilarga, direktorlar o‘z jamoasidagi o‘qituvchilarga, o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilariga, o‘quvchilar esa o‘qituvchilariga ishonishadi. Shunisi e ’tiborga loyiqki, Finlyandiyada xususiy maktablar deyarli yo‘q; aksariyat maktablar davlat maktablaridir. Bu o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasidagi munosabatga alohida ta ’sir qiladi. Ota-onalar ta’lim uchun pul to‘lamagani uchun ular mijoz emas, balki hamkor sifatida qabul qilinadi. Finlyandiyada maktab va ota-onalar bolaning rivojlanishini q o‘llab-quvvatlashda birgalikda harakat qilish kerakligini tasvirlaydigan “kasvatuskumppanuus” ya’ni “ta’lim sohasidagi hamkorlik” tushunchasi mavjud. Umumiy maqsadlar y o‘lida hamkorlikni ifodalovchi bu g‘oya o‘zaro ishonch borligi uchun ham barqaro rivojlanib kelmoqda. Darhaqiqat, umumiy maqsadlarga o‘zaro yuksak ishonch va hurmatgina bilan erishish mumkin. Albatta, vaziyat har doim bir xil emas. Maktab va uning o‘qituvchilari uchun turli xil umidlar va hatto talablar q o‘yadigan ota-onalar ham bor, lekin umumiy ijobiy muhit saqlanib qolmoqda. Bir-biriga ishonish va hamkorlik qilish orqali maktab va ota-onalar umumiy maqsadlariga erishishlari mumkin, bu esa bolalar uchun eng yaxshisidir. Uolker (2017, 122-123) Finlyandiyada maktablarni boshqaruvchi tashkilotlar va ota-onalar mamlakat o‘qituvchilariga ishonishlarini, ularning professionalizmini hurmat qilishlarini alohida ta’kidlaydi. Bu ishonch ta’lim boshqaruvida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Finlyandiya Milliy ta ’lim kengashi boshqa qonun hujjatlari bilan bir qatorda mamlakatdagi ta’lim siyosatini belgilaydigan milliy o‘quv dasturini ishlab chiqadi. Biroq, o‘quv dasturini amaliyotga joriy etish mahalliy ma ’muriyat va ta’lim muassasalarining vazifasidir. Milliy kengash mahalliy organlar bu vazifani yaxshi amalga oshirishiga ishonadi. Ta ’lim beruvchilarning faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan maqsadlar asosida y o‘naltiriladi. (Finnish Education in a Nutshell 2017, 12-13.) Finlyandiyada maktablar inspeksiyasi y o‘q 3 . Ta’lim sifatini ta’minlash nazorat qilish emas, balki t o‘g‘ri boshqarish, hamkorlik va jarayonni xolis baholashga asoslanadi. To‘g‘ri boshqaruv ma’lumot almashish, qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Tizim tom ma’noda o‘qituvchilar va boshqa xodimlarning malakasi va vijdonliligiga tayanadi. (Finnish Education in a Nutshell 2017, 12-13.) Pokka (2015, 82- 83) ta ’kidlashicha, bu boshqaruv va o‘zaro hamkorlik ta’lim organlari va maktablar o‘rtasida ishonch muhitini yaratgan. Ta’lim siyosatiga mas’ullar maktablar va o‘qituvchilarga kerakli resurslar berish va ularni to‘g‘ri yo‘naltirish orqali muammolarni hal qilish y o‘lini topishlariga ishonishadi (Walker 2017, 179). Standartlashtirilgan milliy test tizimlarining y o‘qligi ham mamlakatdagi ishonch belgisidir. Finlyandiyada asosiy o‘rta ta’limda standartlashtirilgan milliy imtixonlar yo‘q. Baholash mezonlari esa Finlyandiya milliy oʻquv dasturida belgilangan. Ta’lim mutasaddilari maktablar va o‘qituvchilar o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini t o‘g‘ri va adolatli baholashiga ishonadi. Finlyandiyada o‘quvchilarni milliy baholashning faqat bitta shakli mavjud b o‘lib, u umuman boshqa maqsadda tashkil etiladi. Muntazam ravishda o‘tkaziladigan ushbu baholash muayyan namunaga asoslanadi va maktablarga o‘z natijalari taqdim etiladi. Ular bu baholash natijalaridan keyinchalik maktabni rivojlantirish maqsadlarida foydalanishadi. Ushbu milliy baholashning asosiy maqsadi davlat miqyosida o‘quv dasturi maqsadlariga qanchalik erishilganligi va ta’limni qanday rivojlantirish kerakligini kuzatishdan iborat. Shu sababli ham natijalar hech qachon maktablar, o‘qituvchilar yoki o‘quvchilar reytingini tuzishda foydalanilmaydi. (Finnish Education in a Nutshell 2017, 13-14.) Sahlberg (2007, 157) o‘qituvchilar va direktorlarning maktabni rivojlantirish b o‘yicha harakatlariga ruhsat berish va ularga ishonish madaniyatining Finlyandiya ta’lim sektori rivojiga k o‘rsatgan ijobiy ta’sirini quyidagicha tasvirlaydi: O‘qituvchilar hukumat tomonidan maktablar va o‘qituvchilar jamoalari o‘quv rejasi va maktab ta ’limini umumiy tartibga solish bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi kerak bo‘lgan joy deb hisoblanganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Yuqori kasbiy va ma’naviy malakaga ega o‘qituvchilar o‘zlariga berilgan bu mas’uliyatni juda yaxshi qabul qildilar. Maktablar ularga berilgan ishonchning mohiyatini anglagan holda o‘zgarishlarni amalga oshirishda o‘zlarining yangi rollarini sidqidildan bajara boshladilar. O‘zaro ishonch nafaqat Finlyandiyada maktablar faoliyatini yaxshilashga, balki ularning oldingidan ham xilma-xil b o‘lishiga olib keldi. Har bir maktab, hech bo‘lmaganda, nazariy jihatdan, o‘z rivojlanish missiyasi, maqsad va strategiyalarini, ularni amalga oshirish uslubi va rejalarini ishlab 3 Finlyandiyada maktablar, ularda foydalaniladigan darsliklar va boshqa o‘quv materiallarini tekshirish 1990- yillarda bekor qilingan (Pokka 2015, 82-83). chiqish imkoniyatiga ega b o‘ldi. Ushbu ishonch Finlyandiya ta’lim tizimining boshqa k o‘plab davlatlarnikidan ildamlab ketishida eng muhim rol o‘ynadi. (Sahlberg 2007, 157.) Finlyandiyada maktab tekshiruvi va o‘qituvchilar faoliyatini baholash tizimining y o‘qligi ko‘pincha chet elliklar orasida savollar tug‘diradi. Bu tizimda maktablar va o‘qituvchilar javobgarligi qanday bo‘ladi? Qizig‘i shundaki, finlar ta’lim haqida gapirganda, “javobgarlik” so‘zini deyarli hech qachon ishlatmaydilar. Finlyandiyada o‘qituvchilar va maktablar o‘z vazifalari uchun mas’ul hisoblanadi, biroq ular o‘z harakatlari uchun hisob bermaydilar. Timoti Uolker (2017, 121) bu holatni quyidagicha ifodalaydi: “Xelsinkida dars berish va Finlyandiya o‘qituvchilari bilan muloqot qilish davomida men “mas’uliyat” so‘ziga takror va takror duch kelaman. Men amerikalik o‘qituvchilar bilan suhbatlarda bu s o‘zni eshitishga o‘rganmagan edim. Aksincha, Qo‘shma Shtatlarda men tez-tez eshitadigan boshqa s o‘z bo‘lib, u javobgarlik so‘zi edi. Finlyandiyada o‘qituvchilar standartlashtirilgan nazorat yoki maktab monitoring tekshiruvlari orqali javobgarlikka tortilmasalar ham, men bu yerdagi maktablarda ma’lum darajadagi hisobdorlik borligining guvohi b o‘ldim. Chunki ularda yuqori darajadagi professional mas’uliyat bor. Bu esa o‘qituvchilarga berilgan yuqori darajadagi professional ishonch natijasida shakllangan, deb ayta olaman ”. (Uolker 2017, 121.) Download 357.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling