O‘qituvchilik tadqiqotlarga
asoslangan kasbdir.
Tadqiqotga asoslangan yondashuvning
yana bir predmeti
o‘qituvchilarning
malakasini oshirish xizmatlaridir. Finlyandiyada
o‘qituvchilarning pedagogik mahorati
va
bilimlarini doimiy ravishda oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Sahlberg (2007,
155)
o‘qituvchilik kasbi boshqa
kasblar bilan bir qatorda, degan xulosaga keladi.
Ya’ni o‘qituvchilar ham boshqa kasb egalari kabi o‘z
sinflari va maktablaridagi
muammolarni tahlil qiladi, ularga dalillarga asoslangan yechimlarni q
o‘llash bo‘yicha
xulosa beradi va amalga oshirilgan strategiyaning ta
’sirini baholaydi. Finlyandiyada
pedagogik rahbarlarni tayyorlash va doimiy ravishda rivojlantirish, ularning bilim va
k
o‘nikmalarini saqlab qolish uchun tizimli va tadqiqotga asoslangan dasturlar mavjud
(Sahlberg 2007, 167).
Xulosa
o‘rnida
Finlyandiya ta
’limi yuqorida aytib o‘tilgan tamoyillarga asoslanadi. Ular tenglik
va adolat,
ishonch va mas
’uliyat,
mustaqillik,
hamkorlik, o‘rganuvchilarga
y
o‘naltirilganlik va tadqiqotlarga asoslangan rivojlanishdir. Finlyandiya ta’limining turli
sohalarida ushbu fundamental tamoyillar amaliyotda
qanday ishlashi keyingi
maqolalarda batafsil tavsiflanadi.