Fin ta’limi amaliyotda Nima? Nima uchun? Qanday?
Download 357.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Fin ta\'limi amaliyotda
qanday qilib yaxshilash mumkinligi haqida muhokama qilishadi. Birgalikda test
sinovlarini o‘tkazishadi va baholashadi. Bir-birlariga texnik yordam ko‘rsatishadi. Ajablanarlisi shundaki, bularning barchasi k o‘pincha kun davomidagi o‘n besh daqiqalik tanaffuslar paytida, bir finjon qahva ustida sodir b o‘ladi. (Uolker 2017, 178- 179.) Uolker Finlyandiyada o‘qituvchilar o‘rtasidagi hamkorlik haqida bir nechta yaxshi fikrlarni bildiradi. Finlyandiyalik o‘qituvchilar hamkorlikni qandaydir hashamat sifatida emas, balki o‘z ishlarida zarurat deb bilishadi. Hamkorlik tuzilgan yoki rejalashtirilgan narsa emas, balki organik tarzda va k o‘pincha o‘qituvchilar xonasida yuzaga keladigan narsadir. Finlyandiya o‘qituvchilari uchun hamkorlik ularning dunyoqarashi bilan bo g‘liq. (Uolker 2017, 180-181.) Fin maktablarining hamkorlik muhitini o‘quvchilar orasida ham ko‘rish mumkin. Finlyandiya maktablarida o‘qitish va o‘rganish usullari boshqa davlatlardagidan sezilarli darajada farqlanadi. O‘qituvchi tomonidan olib boriladigan an’anaviy mash g‘ulotlar, mustaqil ishlar va faollashtiruvchi metodlarga qo‘shimcha ravishda k o‘plab loyiha ishlari va tadqiqotlar, turli xil guruhlarda ishlash va hamkorlikda o‘rganish topshiriqlari mavjud. Maqsad shuki, Finlyandiya maktablarida qanday o‘qitish yoki o‘rganish bo‘lishidan qat’i nazar, tengdoshlariga yordam berish va bir- biridan o‘rganish qattiq rag‘batlantiriladi. Tengdoshlar bilan o‘zaro hamkorlikda o‘rganish samaradorlikni oshiradi, shuning uchun Finlyandiya maktablarida doimiy ravishda q o‘llaniladi. Boshqalar bilan hamkorlikda ishlash va o‘rganish Finlyandiyada o‘quvchilar egallashi kerak b o‘lgan muhim ko‘nikmalardan biri hisoblanadi. Sahlberg (2006, 271) ijtimoiy k o‘nikmalar ishxona yoki maktabdagi guruh uchun berilgan topshiriqlarni bajarishda zarurligini ta ’kidlaydi. Kollektiv aql, umumiy bilim, jamoa bilan muammolarga yechim topish, jamoa samaradorligini oshirish, tashabbus va boshqarish, hayot davomida o‘rganish o‘quvchilarning kelajakdagi kasbiy faoliyati va umuman hayotida muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur asosiy k o‘nikmalar sifatida qaraladi. (Sahlberg 2006, 271). Finlyandiyada maktablar o‘rtasidagi hamkorlik ham juda keng tarqalgan. Pokka (2015, 121) Finlyandiya maktablarining kuchli tomonlaridan biri ularning gorizontal va vertikal hamkorlik qilishga tayyorligi ekanligini ta ’kidlaydi. Buning asosi - Finlyandiya maktablarining bir-biri bilan raqobat qilishiga sabab y o‘qligi. Barcha maktablar davlat maktablari b o‘lgani, hukumat tomonidan moliyalashtirilgani hamda maktablar reytingi kabi r o‘yxatlar mavjud bo‘lmaganligi sababli, maktablar bir-biri bilan raqobat qilishlari shart emas (Pokka 2015, 24). Pokka, (2015, 121) shuningdek, maktablar o‘rtasida raqobatning yo‘qligi va ularning ijobiy tajriba almashish faoliyatlari hamkorlik qilish uchun motivatsiya b o‘lish bilan birga mahalliy yoki milliy rivojlanish loyihalarini amalga oshirishni ham ra g‘batlantirishini ta’kidlaydi. “Yaxshi g‘oyalar yashirilmaydi, balki o‘z hamkasblari tomonidan yanada rivojlantirish uchun bepul tarqatiladi ” (Pokka 2015, 121). Finlyandiya maktablari va taʼlim muassasalari oʻrtasidagi bu gorizontal va vertikal hamkorlik Finlyandiyaning milliy taʼlim siyosati bilan mustahkamlangan. Boshqa tomondan, keng hamkorlik eng yaxshi innovatsiyalar Finlyandiya milliy ta ’lim amaliyoti va siyosatining bir qismiga aylanishi mumkinligini ham kafolatlaydi. Pokka (2015, 123) ta ’kidlashicha, maktablar o‘rtasidagi bunday hamkorlik va kollegial muloqot Finlyandiya ta ’lim siyosatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. “Bu kichik mamlakatda mavjud b o‘lgan ta’limdagi barcha yangiliklar har bir o‘quvchiga yetib borishini kafolatlaydi va rivojlanish ishlari yaxshi jarayonlarni yanada yaxshilashga qaratilgan ”. (Pokka 2015, 123.) Turli maktablar va ta'lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik qo‘shma rivojlanish loyihalari, il g‘or tajribalarni almashish, tadqiqotlarni birlashtirish va umumiy o‘quv dasturini yaratishni o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi maktablar, o‘qituvchilar va direktorlar o‘rtasida mustahkam ishonch va hurmat hissini talab qiladi. Haqiqiy hamkorlikning zaruriy sharti barcha tomonlar bir-birining mahorati va professionalligiga ishonch va hurmatga ega b o‘lishidir. (Pokka 2015, 123.) Ta’lim hamjamiyatidagi bu hamkorlik faqat maktablar bilan cheklanmaydi. Finlyandiya maktablari turli tashkilotlar va manfaatdor tomonlar bilan keng hamkorlik qilishga harakat qiladi. M ahalliy hamjamiyatlar, ish joylari, boshqa maktablar va taʼlim muassasalari, turli hukumat tashkilotlari, notijorat tashkilotlar, kutubxonalar, muzeylar, cherkov va diniy jamoalar, xalqaro hamkorlar, ommaviy axborot vositalari, ota-onalar, vasiylar va boshqalar shular jumlasidandir. (Pokka 2015, 117-135). Finlyandiya ta ’lim tashkilotlari ushbu ko‘p qirrali hamkorlik ta’lim sifatini oshirishiga qat ’iy ishonadi. Xalqaro ta’lim tadqiqotlari ham bu nazariyani qo‘llab- quvvatlaydi. Sahlberg (2007, 168) Sheleicherning Finlyandiya ning ta’limdagi muvaffaqiyati tahlilidan quyidagicha iqtibos keltiradi: turli innovatsiyalarni ra g‘batlantiradigan va o‘zaro tarqatadigan maktablar tarmog‘i Fin ta’limining muvaffaqiyatini tushunishga yordam beradi. Ushbu tarmoq va hamkorlik Finlyandiyada barcha maktablar deyarli bir xil sifatga ega ekanligini kafolatlaydi: maktablarning kuchli ishlashi ta ’lim tizimidagi izchil va oldindan kutiladigan natija b o‘lib, turli maktablar o‘rtasida o‘quvchilarning samaradorligi ko‘rsatkichlari 5% dan kamroq farq qiladi (Sahlberg 2007, 168). Biroq, sifat ushbu hamkorlikda ishlash yondashuvining yagona natijasi emas. Hargreaves va Shirley (2008, 142) o‘zaro ishonch, hamkorlik va mas ’uliyat Finlyandiya maktablarida kollegiallik va professional ta’lim muhitini yaratishi, bu esa o‘z navbatida, sinf samaradorligi va o‘quvchilarning k o‘rsatkichlarini yaxshilaydi, degan xulosani beradi. Dunyo b o‘ylab ta’lim tizimlarining aksariyati raqobatga asoslangan ta’lim yaxshi natijalarni beradi, deb hisoblaydi. Finlyandiya esa, aksincha, qarama-qarshi y o‘nalishdan bormoqda. Pasi Sahlberg bu bo‘yicha finlarning dunyoqarashini quyidagicha ta’riflaydi: Men Fin ta’limidagi kuzatishlarim asosida quyidagi paradoksni taklif qilaman: mamlakat iqtisodiyotini yanada raqobatbardosh qilish uchun maktablarimiz va o‘quvchilarimiz o‘zaro kamroq raqobatlashishi kerak. Bunda maktablar tashqi raqobatga qarshi ichki hamkorlikni kuchaytirishi kerak. Iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshirish bugungi innovatsiyalarga boy dunyoda muvaffaqiyat qozonish uchun zarur b o‘lgan yaxshi ta’lim olgan va yuksak salohiyatli kadrlar, texnologik va tarmoq tayyorgarligi hamda o‘ziga xos bilim va ko‘nikmalarni talab qiladi. Shunday ekan, ta ’lim siyosati va ta’lim tizimini rivojlantirishda raqobat va uzilishlar emas, balki hamkorlik yetakchilik qilishi kerak. Maktablar va boshqa ta ’lim muassasalari o‘quvchilarda ijodiy va hamkorlikdagi o‘quv muhitida zarur bo‘lgan munosabat, madaniyat va k o‘nikmalarni shakllantirishi kerak. (Sahlberg 2006, 285.) Download 357.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling