Fin ta’limi amaliyotda Nima? Nima uchun? Qanday?
O‘rganuvchiga yo‘naltirilganlik
Download 357.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Fin ta\'limi amaliyotda
O‘rganuvchiga yo‘naltirilganlik
Finlyandiyadagi ta ’lim ko‘pincha “bolaga yo‘naltirilgan” yoki “o‘quvchiga y o‘naltirilgan” deb qaraladi (Sahlberg 2017b, XIV; Uolker 2017 60-68; Lonka 2018, 74-78). Aslida ham ta ’lim maktablar, o‘qituvchilar yoki ota-onalar uchun emas, u – bolalar va yoshlar uchun. Finlyandiyaliklar mamlakatdagi turli o‘zgarishlar yoki islohotlarni “bu bolalar yoki yoshlar uchun foydalimi?”, degan nuqtai nazar bilan baholaydi. Pokka (2015, 31) ta ’kidlaganidek, maktab direktorlarining o‘z faoliyatidagi asosiy maqsadi, boshqaruv yoki moliyaviy masalalardan oldin, mavjud holatda o‘quvchilar uchun eng yaxshi sharoitlarni ta’minlashdir. Biz Finlyandiya maktablarini ma ’lum bir sababga ko‘ra bolalar yoki o‘quvchilarga yo‘naltirilgan deyish o‘rniga o‘rganuchilarga yo‘naltirilgan deb atashni tanladik. Ya ’ni, “o‘rganuvchiga yo‘naltirilgan” tushunchasi bir atamada ikkita asosiy xususiyatni birlashtiradi: u markazga o‘rganayotgan shaxs – bola, o‘quvchi yoki talabani q o‘yishi bilan birga Finlyandiya ta’limida o‘rganishning ustuvorligini ham ta ’kidlaydi. Finlyandiyadagi ta’limga doir munozaralar ham ko‘pincha qanday yechimlar yoki tartiblar o‘rganishni ko‘proq rag‘batlantirishi haqida kechadi. O‘rganish Fin ta ’limida asosiy tushunchadir 5 . O‘qitish o‘rganish bilan bog‘liq holda muhokama qilinadi. Masalan, qanday o‘qitish usuli o‘rganishni yaxshilaydi? Maktab faoliyatining asosiy maqsadi har bir o‘quvchiga ta’lim olishni eng yaxshi ta’minlaydigan o‘quv muhiti va o‘rganish usullarini taklif qilishdir. (Pokka 2015, 31.) O‘quvchilarga y o‘naltirilgan maktab “o‘quvchilar va ularning samarali o‘rganishlarini o‘z ichiga oladi va uning maqsadi o‘rganish uchun makon va teng imkoniyatlarni ta’minlashdir” (Pokka 2015, 51). O‘rganuvchiga yo‘naltirilganlik o‘quvchilarning maktab jamoasining haqiqiy a'zolari va faol agentlari sifatida qaralishini anglatadi. Ularning fikr-mulohazalari qadrlanadi, takliflari eshitiladi. O‘quvchiga yo‘naltirilgan ushbu yondashuv o‘qitish, o‘rganish va boshqa maktab faoliyatiga doir masalalarni tashkil etishda yangi istiqbollarni taklif etadi. Pokka buni Fin ta ’limining asosiy qadriyati deb hisoblaydi: “Har qanday maktab tizimining asosiy boshlang‘ich nuqtalaridan biri bu bolalik va o‘smirlik davrini hurmat qilish bilan bilan birga o‘quvchining maktab hamjamiyatining t o‘la huquqli a’zosi sifatidagi mavqeini tan olishdir”. (Pokka 2015, 24-25.) Download 357.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling