Fin ta’limi amaliyotda Nima? Nima uchun? Qanday?
Tadqiqotlarga asoslanganlik
Download 357.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Fin ta\'limi amaliyotda
Tadqiqotlarga asoslanganlik
Finlyandiya ta ’limining yuqorida qayd etilgan bir qator xususiyatlari - tenglik, ishonch va hamkorlik – ko‘plab manbalarda qayd etilgan. Fin ta’limining ko‘pincha e ’tibordan chetda qoladigan muhim xususiyati uning mustahkam ilmiy poydevorga, tadqiqotlarga asoslanganligidir. O‘rganish va ta’lim psixologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar Finlyandiya ta ’limini rejalashtirish va amalga oshirishda, ayniqsa, muhim rol o‘ynadi. Zamonaviy ta ’lim nazariyasi Finlyandiya o‘qituvchilarini tayyorlash, shuningdek, mamlakatdagi maktablar faoliyatining asosidir. Ijtimoiy-konstruktiv ta'lim nazariyasi Finlyandiya o‘qituvchilarini tayyorlashda ko‘p yillar davomida foydalanib kelinadi. Fin ta ’limi bilim va ko‘nikmalar faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qitish va yashash orqali emas, balki o‘quvchilarni faol shakllantirish orqali egallanadi degan g‘oyaga asoslanadi. Ta ’lim - bu faol ishtirok etish, ijtimoiy o‘zaro ta’sir va mulohaza yuritishni talab qiladigan jarayondir. (Lonka 2018, 28; Sahlberg 2006, 270.) Fin maktablarida bugun amalda b o‘lgan ko‘plab tizimlar ilmiy tadqiqotlarga asoslangan: tanaffuslar, yengil uy vazifalari va jismoniy faollik kabilar bunga misoldir. Ular nafaqat puxta o‘rganilgan ilmiy asosga ega, balki Finlyandiya o‘qituvchilari va o‘quvchilari ham kundalik maktab ishlarida ushbu yangiliklarning afzalliklarini his qilishadi. 1. Fin maktablarida muntazam tanaffus vaqtlari mavjud. Finlyandiyaning umumiy ta’lim to‘g‘risidagi qarori barcha bolalarga maktabda to‘g‘ri tanaffus berishni ta’minlaydigan umumiy qoidalarni belgilaydi. Odatda har 45 daqiqalik darsdan keyin 15 daqiqalik tanaffus va tushlik uchun yana bir marta uzoqroq tanaffus beriladi. Maktablar tanaffuslarni ham o‘z xohishlariga ko‘ra turlicha taqsimlashlari mumkin. O‘quvchilar tanaffuslarini odatda tashqarida o‘yinlar o‘ynab erkin tarzda o‘tkazadilar. Ilmiy tadqiqotlar tanaffuslar bir qator afzalliklarga ega ekanligini isbotlagan. Ular o‘rganishni rag‘batlantiradi: o‘qish jarayonida darsdan tashqari mashg‘ulotlarga bir oz vaqt ajratish o‘quvchilarning sinfdagi faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Bundan tashqari, tanaffuslar o‘quvchilarga o‘ynash, dam olish va kognitiv, hissiy va ijtimoiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish uchun tengdoshlari bilan erkin muloqot qilish imkonini beradi. Keyin o‘quvchilar ushbu ko‘nikmalarni sinfda qo‘llashlari mumkin va natijada ularning o‘zlashtirishlari yaxshilanib boradi. Muntazam tanaffus beriladigan bolalar ko‘proq ijodiy fikrlaydigan, o‘ziga ishongan va qo‘rquv hissi kamroq bo‘lishi va darslarga ko‘proq diqqat qilishi isbotlangan. (Pellegrini va boshq. 2002; Pellegrini & Bohn 2005; OECD 2017, 336; Sahlberg 2017a, 19-20.) 2. Ma’lumki, Fin maktablari o‘quvchilarga uyda bajarish uchun juda yengil vazifalar beradi. Bu bo‘yicha umumiy tushuncha shundan iboratki, agar bolalar o‘rganish uchun maktabdagi vaqtdan unumli foydalansa, ularni uyda ortiqcha uy vazifalari bilan band qilishning hojati yo‘q. Finlyandiyalik o‘qituvchilar uy vazifasini berishda miqdorga emas, balki sifatga e’tibor qaratishadi. Agar uyda bajarilishi kerak bo‘lgan vazifa bo‘lsa, u darsdagi mazmunni takrorlash emas, balki o‘rganganlarini boshqa yo‘llar bilan mustahkamlash (amaliyotda qo‘llash, tushunishni kengaytirish va boshqalar) uchun foydali bo‘lishi kerak. Ko‘p uy vazifasi o‘rganishga yordam bermasligini tasdiqlovchi ilmiy tadqiqotlar mavjud. Ularga ko‘ra, uy vazifasi o‘zlashtirishni yaxshilamaydi. O‘zlashtirish natijasi va uy vazifasi o‘rtasidagi bog‘liqlik, agar haqiqatda mavjud bo‘lsa, minimal darajada. Aksincha, ko‘p uy vazifalari o‘rganish samaradorligi salbiy ta’sir qiladigan xavotir va stressni keltirib chiqaradi. Shuningdek, uy vazifasi o‘quvchilarning maktabga bo‘lgan munosabatini ham buzishi mumkin. (Kralovec & Buell 2000; Kohn 2006; Shumaker 2016.) 3. Mashg‘ulotlar davomida jismoniy faollikni oshirish hozirda Finlyandiya maktablaridagi asosiy tendensiyalardan biri hisoblanadi. Bu yangi milliy o‘quv dasturida (Finlyandiya milliy ta’lim kengashi 2016, 28) ham keltirilgan. Ayni paytda mamlakatda “Finlyandiya maktablari harakatda” deb nomlangan katta milliy rivojlanish dasturi ham mavjud. Dastur Finlyandiyadagi umumiy o‘rta ta’limda jismoniy faol madaniyatni rivojlantirish va barcha o‘quvchilar uchun har kuni bir soatlik jismoniy faoliyatni ta’minlashga qaratilgan. (Aira & Kämppi 2017.) Bu bo‘yicha finlyandiyaliklar nuqtai nazari shundan iboratki, jismoniy harakatni oshirish va uni turli maktab fanlariga integratsiya qilish o‘quvchilarning o‘rganishi, akademik rivojlanishi, salomatligi va umumiy farovonligiga yordam beradi. Finlar bolalar harakat qilganda ularning miyasi yaxshiroq ishlashini yaxshi tushunadilar. Jismoniy faollik o‘rganish va bilishga ijobiy ta'sir ko‘rsatishini isbotlagan ko‘plab ilmiy tadqiqotlar mavjud. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, jismoniy harakat o‘rganishni kuchaytirish va o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish uchun samarali kognitiv strategiya bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, jismoniy faollik bolalarning xotira, diqqat qilish va umumiy ma’lumotlarni qayta ishlash va muammolarga yechim topish kabi kognitiv funksiyalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Tadqiqotlarga ko‘ra, jismoniy faollikni oshirish, ayniqsa, amaliy va xotiradan foydalanishni talab qiladigan topshiriqlarda bajarishda natijalarini yaxshilashi mumkin. Bundan tashqari, jismoniy faoliyat xulq-atvor, diqqatni jamlash va sinf ishlarida faol ishtirok etishga yordam beradi. (Donnelly va boshq. 2011; Kari va boshq. 2017; Jensen 2005; Rasberry va boshq. 2011; Reed va boshq. 2010; Sahlberg 2017a; Syväoja 2014; Syväoja 2015.) Sahlberg (2007, 153) Finlyandiyada o ‘qituvchilarini tayyorlash tizimi ham ilmiy tadqiqotlarga asoslanganligini ta ’kidlaydi. Barcha maktab o‘qituvchilari doimiy ishga joylashish uchun magistr darajasiga ega b o‘lishi kerak. Bo‘lajak o‘qituvchilar besh yillik universitet dasturlarini tamomlaydilar. Finlyandiyada o‘qituvchilik odatda tadqiqotga asoslangan kasb sifatida k o‘riladi. (Sahlberg 2007, 153.) Sahlberg ushbu ilmiy asoslangan yondashuvning k o‘plab ijobiy ta'siri mavjudligini quyidagicha umumlashtiradi: Xalqaro qiyosiy tadqiqotlarda Finlyandiya o‘qituvchilarini tayyorlash dasturlari o‘zining tarkibi va ko‘lami bilan ajralib turadi. Bu dasturlardagi nazariya va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlik yosh o‘qituvchilarga turli xil o‘qitish usullarini hamda samarali o‘qitish va o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha kerakli bilimlarni o‘zlashtirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday yuqori professional kompetensiyalari o‘z maktablarida, shuningdek, milliy va xalqaro miqyosda maktablarni rivojlantirishga doir loyihalarda qatnashish uchun motivatsiya berish bilan birga qulaylik ham yaratadi. Ular, shuningdek, o‘zlarining shaxsiy va kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga jiddiy yondashadilar. (Sahlberg 2007 154-155.) O‘qituvchilik tadqiqotga asoslangan kasb hisoblanadi. Hannele Niemi (2016, 34) Finlyandiya o‘qituvchilarini tayyorlash maqsadi ularga tadqiqotga asoslangan bilim va k o‘nikmalar hamda o‘qitishni rivojlantirish metodikalarini o‘rgatish ekanligini ta’kidlaydi. Birinchidan, o‘qituvchilar o‘zlari o‘qitadigan fanlari bo‘yicha eng so‘nggi yutuqlarni chuqur bilishlari kerak. Ikkinchidan, ular umumiy o‘qitish va o‘rganishga oid s o‘nggi tadqiqotlar bilan tanishishlari kerak. Niemi shunday xulosaga keladiki, fan mazmuni b o‘yicha bilim va pedagogik mazmun bo‘yicha bilimlarni birlashtirgan tadqiqotlar turli darajadagi o‘quvchilarga mos o‘qitish metodikalarini ishlab chiqish uchun asos yaratadi. (Niemi 2016, 34.) Lonka (2018, 30) ham o‘rganishni samarali ra g‘batlantirish uchun o‘qituvchilar uchun umumiy pedagogik bilim va ta’lim psixologiyasining muhimligini ta ’kidlaydi. Download 357.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling