Finans hám finanslıq munasábetlerdiń xarakterli belgileri


Saliqlardin’ funkciyalari


Download 309.92 Kb.
bet24/44
Sana24.12.2022
Hajmi309.92 Kb.
#1061994
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44
70. Saliqlardin’ funkciyalari. Soliqlar faqat iqtisodiy kategoriya bo’lib qolmasdan, bir vaqtning o’zida moliyaviy kategoriya hamdir. Ular moliyaviy munosabatlargaxos bo’lgan umumiy xususiyatlarni ifoda etadi, o’zining farqlanuvchi belgilari va xususiyatlariga, o’z harakat shakliga, ya’ni moliyaviymunosabatlarning barcha to’plamidan ajratib turadigan funksiyalariga ega. Soliqlarning funksiyalari ularning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ichki mazmunini ochib beradi. Hozirgi sharoitda soliqlar ikki funksiyani bajaradi: 1) fiskal funksiya; 2) tartibga solish (rag’batlantirish) funksiyasi.Bu funksiyalarning har biri soliqlarning moliyaviy kategoriyasifatida alohida tomonlarini namoyon etadi. Soliqlarning fiskal funksiyasi ularning asosiy funksiyasi bo’lib, bu barcha davlatlar uchun xarakterlidir. Bu funksiya yordamida davlatpul fondlari, ya’ni davlatning faoliyat ko’rsatishi uchun moddiy asos yaratiladi. Xuddi shu funksiyaning o’zi milliy daromad qiymatining birqismini jamiyatning eng kam ta’minlangan ijtimoiy qatlamlari foydasiga qayta taqsimlash uchun real imkoniyatni vujudga keltiradi. Jamiyat rivojlanishi iqtisodiy darajasining oshib borishiga muvofiq ravishda soliqlar fiskal funksiyasining ahamiyati ham o’sibboradi. Insoniyat taraqqiyotining XX asri va XXI asrining boshlari soliqlarni undirish hisobidan davlat daromadlarining juda katta o’sishi bilan xarak-terlanadiki, bu narsa, o’z navbatida, davlat funksiyalarining kengayishi va hokimiyat tepasida bo’lgan ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan ma’lum bir siyosatning hayotga tatbiq etilishi bilan bog’liqdir. Keyingi yillarda davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va boshqaruvapparatini saqlashga katta miqdordagi moliyaviy mablag’larni sarflamoqda. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan so’ng dunyoning rivojlangan mamlakatlariga soliq shaklida yig’iladigan daromadlaro’sishining yuqori sur’atlari xos bo’lib, bu narsa faqatgina iqtisodiyotning tiklanishi bilan emas, balki o’tgan asrning 60-70yillarida G’arbning juda ko’p mamlakatlarida takror ishlab chiqarish sharoitlarining yomonlashuvi bilan ham izohlanadi. XX asrning 80-yillari o’rtalarida soliq tushum-lari o’sish sur’atlari sekinlashdi va ularningmilliy daromaddagi salmog’i barqarorlashdi. Ammo, shunday bo’lishigaqaramasdan, milliy daromadni qayta taqsimlashda davlat salmog’ining yuqoriligi hamon saqlanib qolmoqda.Soliqlarning fiskal funksiyasi iqtisodiy munosa-batlarga davlatning aralashuvi uchun ob’yektiv shart-sharoit yaratadi, ya’ni u tartibga solish funksiyasini taqozo etadi.Tartibga solish (rag’batlantirish) funksiyasi qayta taqsim-lash jarayonlarining faol ishtirokchisi sifatida soliqlar-ning takror ishlabchiqarishga uning sur’atlarini rag’bat-lantirib yoki to’sqinlik qilib, kapitalning jamg’a-rilishini kuchaytirib yoki susaytirib, aholining to’lovgaqobiliyati talabini kengaytirib yoki qisqartirib, keskin ta’sir ko’rsa-tishi mumkinligini anglatadi. Milliy daromad-ni jalb qilishning soliq metodini davlat tomonidan kengaytirilishi orqali soliqlarning ishlab chiqarishjarayoni ishtirokchilari bilan doimiy ravishda to’qnash kelishiga sabab bo’lib, bu narsa unga mamlakat iqtisodiyotiga va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga ta’sir ko’rsatishi uchun real imkoniyat yaratadi.


Download 309.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling