Finans hám finanslıq munasábetlerdiń xarakterli belgileri


Uuliwma ma’m/lik saliqlar h olardin’ qurami


Download 309.92 Kb.
bet25/44
Sana24.12.2022
Hajmi309.92 Kb.
#1061994
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
71.Uuliwma ma’m/lik saliqlar h olardin’ qurami. Soliq qonunchiligiga muvofiq ravishda o’rnatiladigan va mamlakatning barcha hududlarida undiriladigan soliqlarumumdavlat soliqlari deyiladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:  qo’shilgan qiymat solig’i (QQS);  aktsizlar;  korxonalarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;  bojxona bojlari; va boshqalar. Qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) hozirgi davr soliq tizimida eng muhim soliqlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda uning hisobidan davlat byudjeti daromadlarining 25-30% tashkil topmoqda.ddatlarda va tartibda hisob-kitoblarni taqdim etishlari kerak. Aktsizlar. Umumdavlat soliqlarining turlaridan yana biri aktsizlardir. Ular mahsulotlar va xizmatlarning bahosidan undiriladi.Aktsizlar tegishli mahsulotning bahosi, xizmatning haqi yoki tarifning tarkibiga kiriti-ladi. Odatda, yuqori rentabelli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning yuqori foydasini byudjetga olish uchun sotilayotgan mahsulotlarning sotish bahosiga davlat tomonidan o’rnatiladi. Mamlakat hududida ishlab chiqaril-gan va import qilingan aktsiz to’lanadigan mahsulotlarga aktsiz solig’i solinadi. Bu soliq bo’yicha soliqqa tortish ob’yekti aktsizosti mahsulotlarning (ichimlikspirti, vino-aroq, tamaki, mo’yna, ikra, zargarlik buyumlari, engil avtomobillar, maishiy-kimyo buyumlari, neft va neft mahsulotlari va boshqalar) qiymatidir(qo’shilgan qiymat solig’i hisobga olinmaganholda). Korxona va tashkilotlarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq. Bozor munosabatlari sharoitida daromad (foyda)ning roli keskin oshishi munosabati bilan undan olinadigan soliq nafaqat fiskal funksiyani baja-rishi, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ham ta’sir ko’rsatishi kerak.
72.Jergilikli saliqlar ha’m jiyimlardin’ ta’riypi. Mahalliy soliqlar va yig’imlar fiskal nuqtai nazardan etarli darajada samarali bo’lmagan va ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan soliqlar va yig’imlardir. Mamlakatning soliq qonunchiligiga, davlat hokimiyati organlarining qarorlariga va mahalliy o’z-o’ziniboshqarish organla-rining me’yoriy-huquqiy aktlariga muvofiq o’rnatiladigan hamda tegishli mahalliy hududda to’lanishi shartbo’lgan soliq va yig’imlar mahalliy soliqlar va yig’imlar deyiladi. Davlat hokimiyati organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarishorganlari vakolatiga, o’zlarining fiskal ahamiyatiga va amal qilish davriga qarab mahalliy soliq va yig’imlar ikkiga bo’linadi: 1) hokimiyatning qonunchilik organi tomonidan joriy etiladigan vamamlakatning barcha hududlarida amal qiladigan mahalliy soliqlar va yig’imlar; 2) mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining qaroriga muvofiq joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yig’imlar.Birinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va yig’imlarning tarkibi quyidagilardan iborat:  jismoniy shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliq; yer solig’i;  savdo qilish huquqi uchun yig’im;  va boshqalar. Mahalliy soliqlar va yig’imlar bo’yicha ushbu konkret stavkalar davlat hokimiyat organlarining qaroriga muvofiq belgilanadi. Ularni undirish va to’lash tartibi tegishli organ (masalan, Davlat soliq qo’mitasi) tomonidan ishlab chiqilgan yo’riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi. O‘z navbatida, ikkinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va yig’imlarning tarkibi quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:  avtomobillarni olib-sotganlik uchun soliq;  avtotransportlar to’xtash joyidan foydalanganlik uchun yig’im;  fuqarolarning boshqa maqsadli yig’imlari;  va boshqalar. Ikkinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va yig’im-larganisbatan yagona yo’riqnomaning bo’lishi mumkin emas-ligi sabablitegishli vakolatli organlar (Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va boshqalar) alohida olingan mahalliy soliqlar va yig’imlar bo’yicha namunaviy nizom (yo’riqnoma) ishlab chiqishlari va mahalliyhokimiyat organlari tomonidan tegishli qarorlar qabul qilishda undan foydalanish tavsiya etilmog’i maqsadga muvofiq

Download 309.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling