Finans hám finanslıq munasábetlerdiń xarakterli belgileri


Saliqlar ta’riypi, olardin’ social mazmuni


Download 309.92 Kb.
bet23/44
Sana24.12.2022
Hajmi309.92 Kb.
#1061994
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44
69.Saliqlar ta’riypi, olardin’ social mazmuni.Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliq-lar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismini davlat ixtiyoriga majburiy va qaytarilmaydigan tarzda o’tkazuvchi to’lovlar soliqlar deyiladi. Ular mamlakat milliy daromadining bir qismi bo’lib, davlat byudjeti tizimining barcha bo’g’inlari bo’ylab jalb qilinadi, qonunga muvofiq oldindan belgilangan miqdorda va muddatlarda davlatning ixtiyorigaborib tushuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy to’lovlari hisoblanadi. Soliqlar hisobidan davlatning funksiyalari va vazifalarinibajarish uchun moliyaviy asos yaratiladi. Soliqlarsiz davlat faoliyat ko’rsata olmaydi. Chunki ular bozor munosabatlari va xususiy mulkchilik hukmronligi sharoitida daromadlarni byudjetga jalb qilishning asosiy usuli bo’lib hisoblanadi.Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida aholi keng qatlamlari daromadlarining 40% gachasi soliqlar orqali davlatning ixtiyorigao’tmoqda. Mamlakatlar yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy daromadida soliqlar salmog’i ortib, uning darajasi o’rtacha 18% dan 30-50% gacha etib bordi. Soliqlar yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismi bo’lgan milliy daromadni qayta taqsimlashda ishtirok etib, yagona takror ishlabchiqarish jarayonining bir qismi, ishlab chiqarish munosabatlarining o’ziga xos shakli hisoblanadi. Bular soliqlarning ijtimoiy mazmunini shakllantiradi. Soliqlar jamiyatdagi taqsimlash munosabatlarining tarki-biy qismi sifatida ishlab chiqarish qonuniyatlarini o’zida ifoda etadi. Ijtimoiy mazmundan tashqari soliqlar moddiy asosga (mazmunga) ham egadir, ya’ni ular jamiyatning davlat tomonidan jalb qilinadigan pul mablag’larining aniq summasini ham ifodalaydi.Milliy daromadni qayta taqsimlashda soliqlar davlat hokimiyat organlarini pul shaklidagi yangi qiymatning bir qismi bilan ta’minlaydi. Majburiy ravishda va soliqlar shaklida mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslaridan yig’ilgan milliy daromadning bu qismi davlatning markazlashtirilgan moliyaviy resurslari fondiga aylanadi. O‘ziga xos tarzda majburiy chetlashtirishdan iborat bo’lgan bu jarayon ekvivalent almashuvsiz qiymatning bir tomonlama (soliq to’lovchidan davlatga) harakatini ifodalaydi.

Download 309.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling