Fizika matematika fakulteti


amaliyotga  tatbiq  etish


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana05.01.2022
Hajmi0.93 Mb.
#218505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2 5224263026168826472

amaliyotga  tatbiq  etish,  respublikamizda  jadal  sur‟atlar  bilan  amalga  oshirilayotgan 

ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va boshqa sohalardagi islohotlar ulg„ayib kelayotgan 

o„spirin  iqtidorini  yanada  rivojlantirish,  yuqori  malakali  kadrlarni  tayyorlash,  yurt 

ravnaqi  yo„lida  ularning  faol  ishtirokini  ta‟minlashni  bugungi  kunning  ustuvor 

vazifalaridan biri etib belgilamoqda. 

Xalq  ta‟limi  tizimidagi  maktabdan  tashqari  ta‟lim  samaradorligini  yanada 

oshirish,  o„quvchi-yoshlarda  yuksak  ma‟naviy  fazilatlarni  kamol  toptirish,  ularning 

bo„sh  vaqtlarini  mazmunli  tashkil  etish,  kasb-hunarga  yo„naltirish  orqali  mustaqil 

hayotga tayyorlash, intellektual barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida, shuningdek, 

O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2018  yil  5  sentyabrdagi  “Xalq  ta‟limi 

tizimiga  boshqaruvning  yangi  tamoyillarini  joriy  etish  chora-tadbirlari  to„g„risida”gi 

PQ-3931-son qaroriga muvofiq. 

Respublikamizdagi  amalga  oshirilayotgan  qayta  qurishning  asosiy  maqsad  va 

uning 


harakatlantiruvchi 

kuchi 


inson, 

shaxsning har tomonlama 

rivojlanishi 

hisoblanadi. Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti kadrlarni tayyorlash tizimini 

mukammal  bo„lishi,  zamonaviy  iqtisod, 

fan-madaniyat

,  texnika  va  tehnalogiyalar 

asosida rivojlanish hisoblanadi. 

«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  uzliksiz  ta'lim  va  kadrlarni  tayyorlash 

tizimlarini tubdan isloh qilishga qaratilgan. Milliy dasturni amalga oshirishda mavjud 

ta'lim  va  kadrlarni  tayyorlash  tizimlarini  tubdan  o„zgartirish  zamonaviy  ilmiy  fikrlar 

yutiqlari  va  ijodiy  tajribalarga,  ta'lim  jarayonini  hammasi  shakli  ta'limlarga  tayangan 

holda amalga oshiriladi. Hozirgi zamonaviy bosqichda pedagogik dolzarb vazifalarga 



 

 

fan-texnika, ilg„or texnalogiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash, 



o„qitish 

va  rivojlanishi  maqsadlari

,  mazmuni,  metodlari,  vositalari  va  tashkiliy 

shakllarini  ilmiy  ta'minlash  kiradi.  Kadrlar  tayyorlash  sohasidagi  davlat  siyosati 

uzluksiz  ta'lim  tizimi  orqali  har  tomonlama  rivojlangan  shaxs-  fuqaroning  tashkil 

topishini  ko„zda  tutadi.  Ushbu  ta'lim  tizimida  va  kadrlar  tayyorlashda  ta'lim 

xizmatlarining  istemolchisi,  buyurtmachisi  sifatida  va  xuddi  shunday  ishlab 

chiqaruvchi sifatida ishtirok etadi. 

Oliy  ta‟lim  tizimida  o„z  yo„nalishlari  bo„yicha  dunyoning  yetakchi  ilmiy-ta‟lim 

muassasalari  bilan  yaqin  hamkorlik  aloqalari  o„rnatish,  o„quv  jarayoniga  ilg„or  xorijiy 

tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi 

ilmiy-ta‟lim  muassasalarida  stajirovkadan  o„tkazish  va  malakasini  oshirish  borasidagi 

ishlar yetarli darajada olib borilmayapti.  

Oliy  ta‟lim  tizimini  tubdan  takomillashtirish,  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirishning  ustuvor  vazifalaridan  kelib  chiqqan  holda,  kadrlar  tayyorlash 

mazmunini  tubdan  qayta  ko„rish,  xalqaro  standartlar  darajasiga  mos  oliy  ma‟lumotli 

mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta‟minlash maqsadida:  

Oliy ta‟lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish 

bo„yicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin:  

har bir oliy ta‟lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta‟lim muassasalari bilan 

yaqin  hamkorlik  aloqalari  o„rnatish,  o„quv  jarayoniga  xalqaro  ta‟lim  standartlariga 

asoslangan  ilg„or  pedagogik  texnologiyalar,  o„quv  dasturlari  va  o„quv-uslubiy 

materiallarini keng joriy qilish, o„quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o„tkazishga, 

malaka  oshirish  kurslariga  xorijiy  hamkor  ta‟lim  muassasalaridan  yuqori  malakali 

o„qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz 

oliy  ta‟lim  muassasalari  magistrant,  yosh o„qituvchi va  ilmiy  xodimlarining  stajirovka 

o„tashlarini, professor-o„qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil 

qilish;  

oliy  ma‟lumotli  mutaxassislar  tayyorlashning  maqsadli  parametrlarini 

shakllantirish,  oliy  ta‟lim  muassasalarida  o„qitish  yo„nalishlari  va  mutaxassisliklarini 

istiqbolda  mintaqalar  va  iqtisodiyot  tarmoqlarini  kompleks  rivojlantirish,  amalga 



 

 

oshirilayotgan  hududiy  va  tarmoq  dasturlarining  talablarini  inobatga  olgan  holda 



optimallashtirish;  

ta‟lim  jarayonini,  oliy  ta‟limning  o„quv  reja  va  dasturlarini  yangi  pedagogik 

texnologiyalar  va  o„qitish  usullarini  keng  joriy  etish,  magistratura  ilmiy-ta‟lim 

jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida 

yanada takomillashtirish;  

yangi  avlod o„quv  adabiyotlarini  yaratish va  ularni  oliy  ta‟lim  muassasalarining 

ta‟lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta‟lim muassasalarini zamonaviy o„quv, o„quv-

metodik  va  ilmiy  adabiyotlar  bilan  ta‟minlash,  shu  jumladan,  eng  yangi  xorijiy 

adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam 

yangilab borish;  

pedagog  kadrlarning  kasb  mahorati  sifati  va  saviyasini  uzluksiz  yuksaltirish, 

xorijda  pedagog va  ilmiy  xodimlarning  malakasini  oshirish va  stajirovkasini o„tkazish, 

oliy  ta‟lim  muassasalari  bitiruvchilarini  PhD  va  magistratura  dasturlari  bo„yicha 

o„qitish,  oliy  ta‟lim  muassasalari  va  qayta  tayyorlash  va  malaka  oshirish  markazlari 

o„quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o„qituvchi va mutaxassislarni keng 

jalb qilish;  

oliy ta‟lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta‟limda ilm-fanni 

yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, 

oliy ta‟lim muassasalari professor-o„qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati 

samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan 

shug„ullanishga keng jalb etish; 


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling