«Физиология» фанидан 2-курс даволаш, педиатрия, касбий таълим


Endokrin tizimining idora qilish (-+) mexanizmi


Download 452.12 Kb.
bet33/62
Sana27.03.2023
Hajmi452.12 Kb.
#1299195
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   62
Bog'liq
Fiziologiya javoblari S.M-конвертирован (1)

Endokrin tizimining idora qilish (-+) mexanizmi.


Endokrin bezlar nerv tizimi bilan bir qatorda organizm faoliyatini boshqarishda juda


katta ahamiyatga ega. Endokrin tizimga o'zaro mustaqil bo'lgan uchta bo'lakdan iborat gipofiz, jinsiy bezlar, buyrak usti bezining po'stloq va mag'iz qismlari, me'da osti bezining Langergans orolchalaridagi hujayralar, qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezlari, epifiz, hazm a'zolari shilliq pardasidagi inkretor hujayralar kiradi. Endokrin tizim maxsus moddalar – gormonlar yordamida ta'sir qiladi. Gormon ishlab chiqaruvchi
endokrin bezlarning chiqaruv yo'llari yo'q. Sintezlangan moddalar to'g'ridan-to'g'ri qonga o'tadi.
Gormonlarning o'ziga xos bir nechta xususiyatlari bor.



  1. Har bir gormon muayyan ixtisoslashgan bezda ishlab chiqariladi.




  1. Har bir gormon muayyan a'zo va faoliyatlarga ta'sir etib, ularda o'ziga xos o'zgarishlar paydo qiladi.

  2. Gormonlar yuqori biologik faollikka ega (1 g adrenalin 10 mln ajratib olingan baqa yuragining ishini tezlashtira oladi).

  3. Gormon ishlab chiqaradigan bez bilan u ta'sir qiladigan nishon a'zo orasida odatda ma'lum masofa bo'ladi (distant ta'sir).

  4. Gormonlar hujayra membranalaridan o'tish qobiliyatiga ega.




  1. Gormonlar nisbatan tez parchalanadi. Yarim parchalanish davri bir necha sekunddan (peptid goormonlar) bir necha kunni (yodtironinlar) tashkil qiladi.

  2. Ko'pchilik gormonlarning turga oid spetsifik xossalari yo'q.




  1. Gormonlar faqat hujayralarda yoki ularning faol tuzilmalarida ro'y beruvchi jarayonlarga ta'sir etadi.

Kimyoviy tuzilishiga ko'ra gormonlarni bir necha guruhga bo'lish mumkin. Bular: aminlar, yodtironinlar, kichik peptidlar, oqsillar, glikoproteinlar va steroidlar. Amin gormonlar guruhini dofamin, noradrenalin, adrenalin va melatonin tashkil qiladi. Yodtironinlar tiroksin (T
4

) va triyodtironindan (T


3

) iborat. Peptid gormonnlar guruhiga


antidiuretik gormon (ADG), oksitotsin, melanotsitlarni rag'batlantiruvchi gormon (MSG), tireotropin-rilizing gormon (TRG), gonadotropin-rilizing gormon (GnRG), somatostatin (SRIF\), kortikotropin-rilizing gormon (KRG), somatokrinin (STG-RF), angiotenzin kiradi.


Gormonlar guruhlari orasida oqsil gormonlar eng kattasidir. Uni quyidagi gormonlar tashkil qiladi: insulin, glyukagon, o'sish gormoni, platsentar laktogen, prolaktin, paratgormon, enkefalin, kalsitonin, adrenokortikotrop gormon, sekretin, xoletsistokinin, gastrin, me'daning ingibirlovchi peptidi. Glyukoproteid gormonlarga follikullarni rag'batlantiruvchi, lyuteinlovchi, qalqonsimon bezni rag'batlantiruvchi gormonlar va xorionik gonadotropin kiradi. Glyukokortikoidlar, estrogenlar, testosteron, progesteron, aldosteron steroid goormonlardir.
Vazifasiga ko'ra gormonlarni uch turga bo'lish mumkin:



  1. Nishon-a'zolarga bevosita ta'sir qiluvchi gormonlar (effektor-gormonlar).




  1. Effektor gormonlarning sintezi va ajralishini boshqaradigan gormonlar (glandotrop gormonlar).

  2. Gipotalamusning nerv hujayralarida sintezlanuvchi va glandotrop gormonlarning ajralishini boshqaruvchi rilizing-gormonlar va ingibitor-gormonlar. Shu

gormonlar tufayli endokrin tizim markaziy nerv tizimi bilan bog'lanadi.



  1. Download 452.12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling