«Физиология» фанидан 2-курс даволаш, педиатрия, касбий таълим


TORSIMON FORMATSIYA VA YARIMSHARLAR PO’STLOG’I


Download 452.12 Kb.
bet31/62
Sana27.03.2023
Hajmi452.12 Kb.
#1299195
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62
Bog'liq
Fiziologiya javoblari S.M-конвертирован (1)

TORSIMON FORMATSIYA VA YARIMSHARLAR PO’STLOG’I
(retikulo-kortikal aloqadorlik)
To‘rsimonformatsiya miyaning yuqori qismlari bilan ham ikki timonlarna bog‘langan (22-rasm). Bular ichida retikulyar formatsiyadan talamusning nospetsifik yadrolari orqali yarim sharlar po‘stlog‘ining deyarli hamma sohasiga o‘tgan yo`llar juda ahamiyatli. Bu aloqaning uzilishi (miya stvolini o‘rta miya ro‘parasida ko‘ndalang kesish) hayvonda chuqur uyqu paydo qiladi Miya stvoli yallig‘langan yoki shikastlangan bemorlarni kuzatish ham shundan
dalolat beradi. Bunday bemorlar yillab uxlashi mumkun. O‘z vaqtida I.P.Pavlov surunkasiga 20 yil uxlagan kasalni kuzatgan. Bir fransuz ayolining 18 yil uxlagani ma‘lum.
Buning aksi ham bo`ladi. Masalan, ingliz fuqarosi Lesli Gembl 1970-yilda samolyot pillapoyasidan ko‘tarilayotib, boshini samolyot eshigining kesakisiga qattiq urib oladi. Shundan keyin u 12 yil davomida bir zum ham uxlarnagan.
1077-yilda matbuotda Eron fuqarosi Majid Zandining 23 yil uxlarnagani
to‘g‘risida yozilgan edi. U ham boshi lat yegandan keyin shu ko‘yga tushgan. Buning sababi tahminan quyidagicha bo`lishi mumkin. Boshning qattiq urilishi natijasida retikulyar formatsiyaning miya po‘stlog‘iga faollashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadigan sohasining shikastlanishi kichik chandiq hosil qilgan. Bu chandiq atrofidagi neyronlarga ta‘sir qilib, po‘sloqning faolligini oshirgan va bemorni uyqudan mahrum qilgan. Demak, to‘rsimon formatsiya katta yarim sharlar po‘stlog‘iga kuchli ta‘sir ko‘rsatib, uning faolligini tutib turadi. O‘z navbatida, yarim sharlar po‘stlog‘idan, miyachadan, po‘stloq osti gangliylaridan va boshqa tuzilmalardan kelgan impulslar retikulyar
firmatsiyaning faolligiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi.
To‘rsimon formatsiyaning oraliq miya markazlari, po‘stloq osti yadrolari, limbik tizim bilan aloqadorligining o‘zgarishi odam va hayvonlarning xulq-atvoriga
ta‘sir qiladi.

  1. savol.Bazal yadrolar fiziologiyasi

Yarim sharlar po‘stlog‘ining bir‘biriga qaratilgan medial qismlari ichida bir guruh yadrolar joylashgan. Ular bosh miya asosiga yaqin bo`lgani uchun bazal yadrolar, deb ataladi. Sut emizuvchilarda bu yadrolarga dumli o‘zak va po‘choqdan iborat targ‘il tana, oqimtir yadro, qora modda va subtalarnik yadro kiradi (24-rasm).


Bazal yadrolarga keladigan afferent signallarning ko‘p qismini targ‘l tana qabul qiladi. Bu signallarning manbai uchta: katta yarim sharlarning barcha sohalari, talamusning yadrolari va qora modda. Efferent tolalar targ‘il tanadan oqimtor yadroga va qora moddaga o‘tgan. Qora modda, targ‘il tana va talamusga o‘tgan yo`llar dofaminergik tuzilmalardan iborat.
Oqimtir tananing ichki qismidan bazal yadrolarning eng muhimi bo`lgan efferent yo`li boshlanadi. Bu yoi asosan talamusda, qisman o‘rta miyada
tugaydi. Bazal yadrolar katta yarim sharlar po‘stlog‘ining assotsiativ sohalarini motor sohalari bilan po‘stloq ostidan bog‘lab turadigan zanjirning bir halqasi. Bazal yadrolarning fukksional ahamiyati ular shikastlanganda yaqqol ko‘rinadi. Maymunlarda oqimtir yadroning ikki tomonlarna yemirilishi harakatlarning keskin kamayib ketishiga, mimikaning susayishiga olib keladi. Muskullarda plastik tonus rivojlanadi, tanasi noqulay vaziyatda bo`lsa ham, hayvon uni uzoq vaqt o‘zgartirmaydi. Oqimtir yadrosi shikastlangan bemorlar
harakatlarida noaniqlik paydo bo`ladi va qo‘shimcha harakatlar kamayadi (masalan, odam yurganida qo`llari qimirlarnaydi).
Dumli yadrosi shikastlangan maymunlar serrayib qotib qoladi, og‘riqni sezish susayadi, chamalash reflekslari yo‘qoladi. Odamlarda esa atetoz paydo bbo`ladi, ya‘ni qoi-oyoqlar tinmay betertib harakatlanib turadi. Bu harakatlar kuchayib, butun tana muskullariga tarqalishi, ritmi yo‘qolib, betertib bo`lib ketishi ham mumkin. Bu holat xoreya deyiladi. Atetoz va xoreya targ‘il
tananing oqimtir yadroga o‘tkazib turadigan tormozlovchi ta‘siri yo‘qolishi natijasidir, degan fikr bor.
Targ‘il tananing shikastlanishi qo‘shimcha harakatlarni ham kuchaytiradi. Odam gapirganda mimikasi kuchayadi, gapning ma‘nosi va mimika muskullarining harakatlanish jadalligi o‘rtasida monandsizlik kuzatiladi.
Bazal yadrolarning ma‘lum qismlarini elektr toki bilan ta‘sirlash ularning harakatlarni boshqarishda ishtirok etishini isbotlaydi. Targ‘il tanani ta‘sirlash hayvonlarda aylanma harakatlarni yuzaga chiqaradi – bosh va tana
ta‘sirlashga qarama-qarshi tomonga sekin aylanadi. Oqimtir yadro
rag‘batlantirilsa, bosh miya po‘stlog‘ining motor sohasi yuzaga keltiradigan harakatlar tormozlanadi.
Hozir bazal yadrolar harakatlarni boshqaradigan ko‘p pog‘onali tizimning muhim qismi deb hisoblanadi. Bazal yadrolar miya yarim sharlari po‘stlog‘ining assotsiativ sohalaridan ma‘lumotlarni olib, shu ondayoq maqsadga erishishga qaratilgan zarur harakatlaar rejasini tuzishda ishtirok etadi. Bu reja to‘g‘risidagi axborot gipotalamusga o‘tib, miyachadan kelgan axborotga qo‘shiladi.
Impulslar talamusdan po‘stloqning motor sohasiga yetib keladi. Po‘stloqdan harakatlar rejasi miya stvoli va orqa miya segmentlariga tushib, motoneyronlar orqali tegishli muskullarni ishga soladi.

  1. Miyacha fiziologiyasi.

Miyacha bosh miya yarim sharlarining orqasida, uzunchoq miya va Varoliy ko‘prigi ustida joylashgan. Miyacha o‘rta qismi – chuvalchang va uning ikki tomonidagi miyacha yarim sharlari, hamda uncha katta bolmagan qo‘shimcha yon bolaklardan iborat.


Miyacha yarim sharlarining har qaysisi tishsimon, po‘kaksimon, sharsimon yadrolarga
ega. Miyachaning o‘rta qismida ikkita chodir yadrosi bor.

Miyacha MNTning boshqa qismlariga pastki, o‘rta va yuqori oyoqchalar degan uchta qalin tutamlar yordamida bog‘langan.


Miyachaning po‘stlog‘i murakkab va mukammal tuzilgan. U uch qavat neyronlardan iborat. Eng yuza molekulyar qavatida noksimon (Purkinye) hujayralar dendritlari tarqalgan.
Bu qavatning pastida savatsimon hujayralarning somalari bolib, aksonlari noksimon hujayralar tanasida sinapslar hosil qiladi. Molekulyaar qavatda yulduzsimon hujayralar bor.
O‘rtadagi ganglioz qavatda noksimon hujayralarning somalari joylashgan.

Uchinchi – donalai (granulyar) qavatdagi Golji hujayralarining aksonlari molekulyar qavatga o‘tgan.


Miyacha nneyronlari bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i bilan, qizil yadro, to‘rsimon formatsiya va vestibulyar yadrolar bilan ikki tomonlarna bbog‘liq. Miyachaning turli
qismlarini elektr toki bilan ta‘sirlaganda, katta yarim sharlar po‘stlog‘ining, oraliq, o‘rta, uzunnchoq miya va to‘rsimon formatsiya muayyan neyronlarining elektr faolligining
o‘zgarishi shundan dalolat beradi.

Miyachaning ayrim yadrolarini kuchli elektr toki bilan ta‘sirlaganda ko‘z, bosh, qoi- oyoqlar harakatga keladi. Bu harakatlar tonik tabiatda bolib, uzoq vaqt davom etadi. MIYACHA FAOLIYATI


Miyacha harakatlarni boshqaradigan tizimning juda muhim qismi bo`lib, quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) muskul tonusi va vaziyatni boshqarish; 2) maqsadga erishishga qaratilgan vaziyat va harakatlarni uyg‘unlashturish; 3) miya po‘stlog‘i yuzaga
chiqaradigan harakatlarni uyg‘unlashtirish.

Muskul tonusi va vaziyatni boshqarish chuvalchangga bog‘liq. Miyachaning bu qismi vaziyat va muskullar tonusi to‘g‘risidagi afferent impulslarni oladi va shular asosida


chodir yadrosi orqali Deyters yadrosiga, to‘rsimon formatsiyaga va ular yordamida orqa
miya markazlariga tonus va vaziyatni sozlab turuvchi efferent impulslarni yuboradi. Miyachaning chuvalchang qismi olib tashlansa, Deyters yadrosi tormozlanmay qoladi. Bu esa muskullar tonusining oshishiga va rigidlikka olib keladi.
Chuvalchangni elektr toki bilan ta‘sirlash yozuvchi muskullar tonusini pasaytiradi. Miyacha po‘stlog‘ining oraliq zonasi katta yarim sharlarning harakatlantiruvchi sohalaridan maqsadga erishishga qaratilgan harakatlar to‘g‘risida ma‘lumot oladi. Bu ma‘lumotni orqa miyadan miyachaga kelgan tayanch-harakat apparatining holati
to‘grisidagi axborot bilan taqqoslab, maqsadga erishishga qaratilgan harakatni boshqarishda ishtirok etadi.
Ba‘zi bir maqsadga erishishga qaratilgan tez harakatlar ham (musiqa asboblarini chalish, sport mashqlarini bajarish) miyachaning tishli yadrosi nazoratida yuzaga chiqadi.
Miyachani elektr toki bilan ta‘sirlash muskullar tonusini o‘zgartirish va ma‘lum harakatlarni yuzaga chiqarishdan tashqari, ichki a‘zolar faoliyati uchun ham befarq emas. Bu ta‘sir bir qator vegetativ reaksiyalarga sabab boladi, masalan, qorachiq kengayadi, arterial qon bosimi oshadi, hazm tizimi a‘zolarining harakati va shira ajratish faoliyati susayadi. Demak, miyacha visseral faoliyatlarni boshqarishda ham ishtirok etadi.
Miyachani olib tashlash yoki shikastlash eng avvalo muskullar tonusining

o‘zgarishiga va harakatlarning buzilishiga olib keladi. L.Lyuchiani miyacha butunlay


olib tashlangandan keyin ro‘y beradigan hodisalarni uch davrga boldi; 1) jarohatlanish davri, 2) funksiyalarni yo‘qotish davri, 3) funksiyalarning tiklanish davri.


Operatsiyadan keyingi birinchi davrda hayvon butunlay ojiz boladi, oyoqlarida tura olmaydi. Ikkinchi – funksiyalarni yo‘qotish davrida uchta simptom: atoniya, astaziya va asteniya ro‘y-rost namoyon boladi. Atoniya – muskullar tonusining yo‘qolishi, miyacha olib tashlangandan keyin bir necha kun o‘tgach ro‘y beradi. Ayni vaqtda ba‘zi muskul guruhlarining tonusi oshishi ham mumkin. Shuning uchun bu simptomni atoniya emas, distoniya deyish to‘g‘riroq boladi. Odamsimin maymunlarning miyachasi olib tashlansa,
dastlab atoniya paydo boladi. Natijada ular muvozannat saqlay olmaydi.

Miyacha olib tashlangandan so‘ng muskullar silliq tetanik qisqarish qobiliyatini yo‘qotadi. Hayvon tinmay qaltirab, tebranib turadi. Bu holat astaziya deyiladi.


Harakatlar tejamsizligi, unda ortiqcha muskullar ishtirok etishi, qisqarishlarning silliq tetanik bolmasligi sababli organizn salga charchaydi yoki asteniyaga uchraydi.
Operatsiyadan keyin asliga kelayotgan harakatlar noaniq boladi, ularning kuchi, kattaligi va yo‘nalishi buziladi.
Odamning miyachasi zararlanganda, u gandiraklaydi, ko‘zini yumsa, yiqilib tushadi. Yurganida oyoq-qollarining harakatlari keragidan kucchli, poyma-poy boladi, mast kishining harakatlariga o‘xshaydi. Bular ataksiya alomatlaridir.
Yuqorida ko‘rsatilgan atoniya, astaziya.astenuya, ataksiyalardan tashqari, miyacha olib tashlanganda yoki jaroxatlanganda adiadoxokinez, dezekvilibratsiya va boshqa simptomlarni ham kuzatish mumkin. Adiadoxokinez – antagonist muskullarning birin-
ketin tez harakati buzilishidir. Natijada kasal qoiini bir necha marta tez-tez buka va yoza olmaydi. Dezekvilibratsiya muvozanatni saqlay olmaslikdan iborat.
Miyachaning yarmi olib tashlanganda muskullar tonusi operatsiya qilingan tomonda buziladi. Bunday hayvonlar aylanma harakat qiladi (manej harakatlari).
Sut emizuvchi hayvonlarda shikastlanishdan so‘ng paydo bo`lgan miyacha

faoliyatidagi o‘zgarishlar vaqt o;tib, asli holiga keladi. Bu tiklanishni katta yarim sharlarning motor sohalari miyacha funksiyalarini o‘z zimmasiga olib, ta‘minlaydi.



  1. Miya suyuqligi

Likvor. Miyaning ichida va pardalari ostida likvor yoki bosh miya


bilan orqa m iyao'rtasidagi suyuqlik (liquor cerebrospinalis) bilan to'lgan katta kamgaklar bor. Likvor miya qorinchalarini, orqa miyaning markaziy kanalini, bosh miya bilan orqa m iyaning o'rgim chakuyasim on parda ostidagi kam gagi (cistem a subarachnoidalisjni to'ldiradi.


Q orincha likvori va o'rgim chakuyasim on parda ostidagi likvor uzunchoq m iya sohasidagi juft M agendie va toq foramen Luschka orqali o'zaro tutashadi.
O dam dagi likvor 120-150 m l, shu bilan birga k o 'p ro q likvor

o'rgim chakuyasim on parda ostidagi kamgaklarda va faqat 20-40 ml likvor qorinchalarda boladi.Likvor tiniq va rangsiz. Solishtirm a og‘irligi 1,005-1,007, reaksiyasi


sal-pal ishqoriy; PH qonnikiga yaqin (7,4). Likvorda juda ozgina limfotsit hujayralar bor (1 m m 3 da 1 dan 5 tagacha). Likvor oqsillam ing kam ligi bilan qon va lim fadan farq qiladi (oqsillar qonda 7-8% ga yaqin, limfada 0,3-0,5% , likvorda esa faqat 0,02%). A norganik tuzlar qonda qancha bo'lsa, likvorda ham taxminan o'shancha. Likvorda fermentlar va immun jism lar (antitelolar) yo'q.


Q o rin ch alarin in g to m irlar chigalini qoplovchi h u jay ralar faol sekretsiyasi natijasida likvor hosil bo'lishini bir qancha m a’lumotlar ko'rsatib turibdi.
Likvor miqdori bir qadar doim iy bo'lib, uzluksiz hosil bo'lib turadi, shuning uchun likvor doim so'rilib turishi ham kerak. Likvor qisman limfa sistem asiga so'riladi, lekin asosan o'rgim chakuyasim on parda
o stid ag i k a m g a k la rd a n v en o z siste m a g a k irad i. B unda pax io n granulatsiyalari aham iyat kasb etadi, deb hisoblashadi.
Likvor miyaning o 'ziga xos ichki muhiti bo'lib, uning tuzlar tarkibini va osm otik bosim ini bir xilda saqlab turadi. Bundan tashqari,, likvor m iyaning gidravlik yostiqchasi b o 'lib , nerv hujayralarini m exanik shikastlardan yaxshi saqlaydi.
L ikvor sirkulyatsiyasi buzilganda m arkaziy nerv sistem asining faoliyati buziladi. Likvom ing ahamiyati shundan iboratki, u miyaning
m a ’lum d a ra ja d a o z iq la n tiru v c h i m u h iti h is o b la n a d i. M iya qorinchalarining likvoridagi qand o'rgim chakuyasim on parda ostidagi
kam gak likvoridagiga nasbatan ko'p ekanligi shundan dalolat beradi (m iya qorinchalarida likvor hosil bo'ladi, o'rgim chakuyasim on parda
ostidagi kamgakda esa likvor so'rilib ketadi). Likvoming yana bir ahamiyati shuki, m iya to 'q im alarid a m odda alm ashinuvidan hosil bo'ladigan tashlandiq m oddalar likvor yordam ida m iyadan ketib, qonga qo'shiladi.
  1. Гематоэнцефалитик барьер физиологияси.


G em ato-en sefalik barer. L ik v o m in g tark ib i gem ato-en sefalik barerning (L.S.Shtem ) xossalariga ko'p jihatdan bog'liq. Qon bilan likvomi bir-biridan ajratib turadigan kapillyarlar devori va ba’zi neyrogliya hujayralar (astrotsitlar) shunday to'siq hisoblanadi. Bir qancha faktlar,
jum ladan qon va likvor tarkibining farq qilishi gem atoensefalik barer borligidan guvohlik beradi. Q onda bo'ladigan yoki qonga sun’iy yo'l bilan kiritiladigan ko'pgina m oddalar likvorda mutlaqo y o'q, holbuki kim yoviy tuzilish jihatdan ularga o'xshaydigan boshqa m oddalar qonda ham, likvorda ham bir xil yoki deyarli baravar konsentratsiyada uchraydi.
Aftidan qon bilan likvom i bir-biridan ajratib turadigan m em branalar moddalarni
tanlab òtkasa kerak.Bundan tashqari, miya hujayralari bilan likvor o'rtasida ham barer borligi ehtimolga yaqin. Ammo gemato-likvor barer boshqacha aytganda,
gem ato-ensefalik barer ko'proq aham iyatli bo'lsa kerak.

Yod birikmalari. nitratlar (nitrat kislota tuzlari), salitsilatlar (salitsilat kislota tuzlari), metilen ko'ki, barcha koloidlar, immun jismlar antibiotiklar (penitsillin va streptomitsin) normada qondan likvorga o'tmaydi va binobarin barerda ushlanib qoladi. Alkogol, xloroform, strixnin, morfm, qoqshol (stolbnyak) toksini barer orqali likvorga bemalol o'tadi (bu moddalar qonga o'tgach,


nerv tizimigatezroq ta’sir etishi ham shu bilan izohlanadi).

K o'pgina dori moddalar likvorga o'tm aydi va shuning uchun nerv


markazlariga ta’sir etmaydi. L.S.Shtem gem ato-ensefalik baremi chetlab


o 'tib bevosita likvorga dori quyishni tavsiya etgan edi. Shu m aqsadda igna ensa suyagi ostidan yoki beldan sanchilib, dori m oddalar eritmasi likvorga quyiladi.
M iyaning b a’zi bir infeksion kasalliklarini davolashda dori moddalar, masalan, antibiotiklar gemato-ensefalik barer orqali o'tm asa, shuningdek, markaziy nerv tizimining faolligini o'zgartirish uchun unga ba’zi kimyoviy m oddalar bilan bevosita ta ’sir etish zarur b o 'lsa, dori m oddalarni organizm ga shu y o 'l bilan kiritishgan.
Ba’zi m oddalar qonga yoki likvorga kiritilganda butunlay boshqacha

ta’sir etishi mumkin. Gem ato-ensefalik barer orqali o'tm aydigan m odda qonga kiritilsa, a ’zoning shu moddaga ko'rsatadigan reaksiyasiga bog'liq bo'ladi. Bordi-yu, o'sha modda bevosita likvorga kiritilsa, bungajavoban ro 'y beradigan reaksiya avvalo, m oddaning nerv m arkazlariga ta ’sir etish ig a b o g 'liq . M asalan , q u y id a g i fak t shu b ilan iz o h lan a d i: adenozintrifosfat kislota qonga kiritilsa, arteriyalar va arteriolalar kengayishi sababli arterial bosim pasayib ketadi; ensa suyagining ostidan igna sanchib, shu moddaning o'zi likvorga bevosita kiritilsa, arterial bosim ko'tariladi, chunki adenozintrifosfat kislota uzunchoq miyadagi tom ir harakatlantiruvchi markazni qo'zg'atadi.




  1. Download 452.12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling