«Физиология» фанидан 2-курс даволаш, педиатрия, касбий таълим
GIPOTALAMUSNING FE’L-ATVOR SHAKLLANISHIDA ISHTIROKI
Download 452.12 Kb.
|
Fiziologiya javoblari S.M-конвертирован (1)
GIPOTALAMUSNING FE’L-ATVOR SHAKLLANISHIDA ISHTIROKI
Gipotalamusning ba‘zi chegaralangan sohalariga elektr toki bilan ta‘sir qilinsa, hayvonning xatti-harakati o‘zgaradi. Masalan, orqa gipotalamus qo‘zg;alganida, ochlik holati uchun xos xatti-harakatlarni ro‘yobga chiqaradigan soha topilgan. U ta‘sirlanganda, hayvon ovqat qidira boshlaydi, soiagi oqib, hazm tizima a‘zolari harakati kuchayadi va qon bilan ta‘minlanishi ortadi. Lateral gipotalamus ham ovqatlanishga bog‘liq xatti-harakatlarning shakllanishiga daxldor. U olib tashlansa, hayvon butunlay ovqat yemay va suv ichmay qo‘yadi. Lateral gipotalamusdagi bu soha ochlik markazi, deyiladi. Ventromedial yadrolarning yemirilishi ochofatlikka va ko‘p ovqat yeyish natijasida semirib ketishga olib keladi. Bu yerda to‘qlik markazi joylashgan. Uning neyronlari qonda oziq moddalar miqdorining ovqat qabul qilinishi bilan bog‘liq bo`lgan o‘zgarishlariga sezgir. Lateral ta‘bxiralik, stresslarga chidamlilikning pasayishiga olib keladi. Bunday shikastlanishda ma‘lum bir boshqaruv tizimining emas, balki bir nechta tizimlarning faoliyati buziladi. savol.Talamus fiziologiyasi Oraliq miya miya stvolining bir qismi bo`lib, uning asosiy tuzilmalarini ko‘ruv do‘mbog‘i – talamus, do‘mboq usti va do‘mboq osti sohalar – epitalamus va gipotalamus tashkil qiladi. Hidlov yo`llaridan tashqari, katta yarim sharlaga boruvchi barcha afferent yo`llar talamus orqali o‘tadi. Talamusga joylashgan neyronlar 40 taga yaqin yadro hosil qiladi. Funksional nuqtai nazardan ularni spetsifik, nospetsifik, assotsiativ va motor yadrolarga bo`lish rasm bo`lgan. Spetsifik yadrolarning neyronlari po‘stloqning muayyan sohalariga boglangan. Ularning shikastlanishi ma‘lum sezgilarning yo‘qolishiga olib keladi. Bu faqat spetsifik yadrolarning impulslarni chetdagi retseptorlardan katta yarim sharlar po‘stlog‘iga o‘tkazuvchi bekat ekanidan dalolat beradi. Spetsifik yadrodagi neyronlar faqat bir turdagi retseptorlardan kelgan impulslarga javob beradi. Lateral tizzasimon tana ko‘ruv tizimining sensor yadrosi bo`lib xizmat qiladi. Bu yadro yorug‘lik darajasini aniqlashda va rang sezishda ishtirok etadi. Lateral tizzasimon tana to‘rt tepalikning oldingi do‘mboqlaridan tolalar oladi, undan chiqqan tolalar esa bosh miya po‘stlog‘ining ko‘ruv sohasida tugaydi. Orqa do‘mboqlar bilan afferent tolalar yordamida bog‘langan medial tizzasimon tana eshituv tizimining spetsifik talarnik yadrosi hisoblanadi. Bu yadrodagi neyronlarning bir guruhi ma‘lum chastotadagi tovushlarni qabul qilishga moslashgan. Medial tizzasimon tana akustik axborotni tahlil qiladi va po‘stloqning eshituv markaziga o‘tkazadi. Sensomotor tizimning ham talamusda o‘ziga xos (spetsifik) yadrolari bor. Talamusning assotsiativ yadrolari ayrim sezgi tizimidan emas, balki bir vaqtning o‘zida bir nechta sezgi yo`llaridan impulslar oladi. Bu yadrolar po‘stloqdagi assotsiativ sohalarga bog‘langan. Talarnik assotsiativ yadrolarning fuksiyalari haligacha yaxshi aniqlanmagan. Talamusning motor yadrolariga ventro-lateral yadro kiradi. Unga miyacha va bazal tugunlardan tolalar kirgan. Chiquvchi tolalar esa yadroni miya po‘stlog‘idagi motor soha bilan bog‘lab turadi. Ventro-medial yadro harakatlarni boshqaruvchi tizimning bir qismi. Impulslar nospetsifik yadrolardan avval po‘stloq osti tuzilmalariga o‘tkaziladi, so‘ngra bu tuzilmalardan parallal ko‘tariluvchi yo`llar orqali miya po‘stlog‘ining ko‘pgina qismlariga borib yetadi. Talamusning nospetsifik yadrolari o‘rta miyadagi to‘rsimon formatsiyaning davomi hisoblanadi. To‘rsimon formatsiyaning po‘stloqni faollashtiruvchi ko‘tariluvchi ta‘siri talamusning nospetsifik yadrolari orqali o‘tadi. Talamus katta yarim sharlar po‘stlog‘iga intiluvchi sensor (sezuvchi) signallar yo`lida o‘ziga xos darvoza bo`lib, juda muhim ahamiyatga ega ma‘lumotlarni po‘stloqqa o‘tkazadi. Kuchsiz, ahamiyatsiz signallar bu yerda to‘xtalib, o‘tkazilmaydi. Talamus nospetsifik yo`llar orqali katta yarim sharlardagi neyronlar qo‘zg‘aluvchanligiga ta‘sir qiladigan bo`lsa, po‘stloq ham o‘z navbatida talamusga tormozlovchi va yengillashtiruvchi ta‘sir o‘tkazadi. Bu ta‘sirlar ham spetsifik, ham nospetsifik yadrolarga yetib keladi. Talarno-kortikal tizim uxlash va uyg‘onish, bedorlik va boshqa jarayonlarni boshqarishda ham ishtirok etadi. Talamus og‘riqni sezishning oliy markazi hamdir. savol.Retikulyar formatsiyasining fiziologiyasi Aslini olganda, retikulo-spinal aloqadorlikni o‘rganish tarixi I.M.Sechenovning mashhur tajribasidan boshlandi. U tajriba o‘tkazib, ko‘ruv do‘mboqlarining ko‘ndalang kesimiga osh tuzi kristalli bilan ta‘sir qilib, orqa miya reflekslarini tormozlash mumkinligini ko‘rsatgan edi. G.Megun zamonaviy elektrofiziologik usullar yordamida o‘tkazgan tajribalarida retikulyar formatsiyaning bir tomoniga kucnsiz elektr toki bbilan ta‘sir qilish orqa miyaning faqat o‘sha tomonidagi motoneyronlarnigina tormozlashi aniqlandi. Kuchliroq tok bilan ta‘sir qilinsa, orqa miyaning har ikki tomonidagi neyronlar tormozlanadi. Bu retikulyar formatsiyaning uzunchoq miyadagi qismiga xos. Retikulyar formatsiyaning orqa miya reflekslariga tormozlovchi ta‘sir qilish mexanizmini o‘rganish bu ta‘sirning ikki yoi bilan amalga oshishini ko‘rsatadi. Birinchodan, retikulo-spinal tushuvchi yoi tolalarining tormozlanishi Renshou hujayralarida sinapslar hosil qilishi va bu tolalar orqali retikulyar formatsiyadan orqa miyaga yetib kelgan impulslarning Renshou hujayralari qo‘zg‘aluvchanligini oshirib, ularning motoneyronlarni tormozlash kuchini oshirishi aniqlandi. Ikkinchidan, retikulo-spinal yoi tolalarining orqa miya motoneyronlariga bevosita ta‘sir qilishi mumkinligi ko‘rsatib berildi. Retikulyar formatsiyaning orqa miya reflektor faoliyatini faollovchi ta‘siri motoneyronlarning qo‘zg‘aluvchanligini bevosita oshirish yoki Renshou hujayralari faolligini susaytirish natijasida yuzaga chiqadi. Retikulyar formatsiya skelet muskullari tonusini boshqarishda ham ishtirok etadi. U gamma-motoneyronlar orqali muskul duklaridagi intrafuzal tolalarni qo‘zg‘atib, ularni taranglashtiradi. Natijada duk yadrosidagi retseptorlardan markazga intiluvchi impulslar ko‘plab kela boshlayda. Bu impulslar alfa- motoneyronlar qozg‘aluvchanligini kuchaytirib, ekstrafuzal tolalar tonusini oshiradi. Demak, retikulo-spinal munosabatlar ancha murakkab. Retikulyar formatsiya orqa miya motoneyronlarining qo‘zg‘aluvchanligini o‘zgartirib, spinal reflekslarning yuzaga chiqishini osonlashtiradi yoki ularni tirmozlaydi. Bundan tashqari, retikulyar formatsiyagamma-motoneyronlarga ta‘sir qilib, muskul duklaridagi retseptorlarning sezgirligini o‘zgartiradi va muskul tonusini boshqarishda ishtirok etadi. Bunda duklardagi markazga o‘tuvchi va qaytar aloqani ta‘minlovchi impulslarning ahamiyati katta. Download 452.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling