«Физиология» фанидан 2-курс даволаш, педиатрия, касбий таълим
Download 452.12 Kb.
|
Fiziologiya javoblari S.M-конвертирован (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oraliq miya fiziologiyasi
- Vegetativ nerv tizimi fiziologiyasi
- Avtonom nerv sistemasining somatik nerv sistemasidan farqi
Орка мия утказувчи йуллари
Tuzilishiga va bajaradijan ishiga ko'ra uyg'un bo'lgan orqa miyaning turli qismlarini va orqa miyani bosh miya bilan bog'laydigan tolalar guruhlari o'tkazuvchi yo'llar deyiladi. Har qaysi yo'lni tashkil qiladigan tolalar bir xil neyronlardan boshlanib, ma'lum bir faoliyatni bajaradigan neyronlarda tugaydi. Faoliy xususiyatlariga ko'ra assotsiativ, komissural va proyeksion tolalar tafovut qilinadi. Assotsiativ tolalar orqa miyaningbir tomonidagi turli segmentlarni bog'laydi. Komissural tolalar esa turli segmentlarning qarama-qarshi tomonlari o'rtasida o'tgan.Proyeksion tolalarni haqiqiy o'tkazuvchi yo'llar deyish mumkin. Ular pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga o'tib, orqa miyani markaziy nerv tizimining yuqori qismlari bilan bog'laydi. Bular ko'tariluvchi (markazga intiluvchi, afferent, sezuvchi) va tushuvchilarga (markazdan qochuvchi, efferent, harakatlantiruvchi) yo'llarga bo'linadi. Tashqi va ichki muhit o'zgarishlariga javoban qo'zg'aladigan retseptorlarda vujudga kelgan impulslar ko'tariluvchi o'tkazuvchi yo'llardan o'tadi. Ko'tariluvchi yo'llarga ekstero-, proprio- va interoretseptiv sezgi yollari kiradi. Tushuvchi o'tkazuvchi yo'llar impulslarni bosh miya tuzilmalaridan tashqi va ichki muhit o'zgarishlariga javob reaksiyalarini shakllaydigan orqa miya markazlariga o'tkazadi. Asosiy o'tkazuvchi yo'llarning ta'rifi 3-jadvalda berilgan. Uzunchoq miya fiziologiyasi Uzunchoq miya nafas olish,yurak-qon tomirlar holati,terlash,hazm a’zolari faoliyatini idora etishda muhim ahamiyatga ega. Nafas olishni va nafas chiqarishni, organizmning kislorodga bo`lgan ehtiyojiga qarab nafasning o‘zgarishini nafas markazi ta‘minlaydi. U to‘rsimon formatsiyaning uzunchoq miyadagi qismida joylashgan ikkita - inspirator (nafas olish) va ekspirator (nafas chiqarish) qismidan iborat. Bu markazlar qo‘zg‘aluvchanligining o‘zgarishi orqa miyaning bo‘yin va ko‘krak segmentlarida joylashgan motoneyronlarga ta‘sir qilib, nafas muskullarining faoliyatini o‘zgartiradi. Natijada nafas o‘zgaradi. Nafas markaziga avvalo o‘pkaning o‘zidagi, nafas muskullaridagi retseptorlardan kelgan impulslar, qonda kislorod va karbonat angidrid miqdori o‘zgarishi ta‘sir qiladi. Qon tomirlar harakatini boshqaruvchi markaz –uzunchoq miyaning ikkinchi hayotiy ahamiyatga ega markazi hisoblanadi. U to‘rtinchi qorincha tubida kattagina sohani egallagan. Tomirlarni harakatlantiruvchi markazning tuzilishi, uni tashkil qiluvchi neyronlarning xususiyatlari ham yaxshi o‘rganilmagan. Bu neyronlarning aksonlari orqa miyaning ko‘krak segmentlariga tushib, simpatik nerv tizimining preganglionar neyronlarida sinapslar hosil qiladi. Markazdan tushgan impulslar simpatik neyronlarning tonusini oshirganda tomirlardagi silliq muskullarni qisqartiradi, tomir torayadi. Bu neyronlarning simpatik nneyronlarga ta‘siri sustlashganda, tomirlar kengayadi. Qon tomirlarni harakatlantiruvchi markazga birinchi galda tomirlarning o‘zida joylashgan xemo- va mexanoretseptorlardan adashgan, hamda til- halqum nervlarining afferent tolalari bo‘ylab yetib kelgan impulslar ta‘sir qiladi. Nafas va tomir markazlarining shikastlanishi hayvonni halokatga olib keladi. Miyaning bu qismi hazm bezlarida shira ajralishini boshqarishda ham ishtirok etadi. Ovqatni chaynash pastki jag‘ning yuqori jag‘ga nisbatan siljishidan iborat. Og‘iz b‘oshlig’iga tushgan ovqat til, lunjdagi retseptorlarga ta‘sir qiladi. Ulardan hosil bo`lgan impulslar til-halqum nervining afferent tolalaridan o‘tadi. Chaynash jarayonida til va og‘iz bo‘shlig‘i devorlari ishtirok etadi. Chaynash harakatlari asosan jag‘muskullari ishiga bog‘liq. Ularni uchlik nervining motor tolalari nervlaydi. Ovqatni yutish o‘zaro birin-ketin yuz beruvchi murakkab harakatlardan iborat. Ovqatni yutishda og‘iz bo‘shlig‘i, halqum va qizilo‘ngachning bosh qismidagi muskullar ishtirok etadi. Yutish refleksi yoyining afferent qismi uchlik, til-halqum va adashgan nervlarning sezuvchi tolalaridan, efferent qismi esa shu nervlarning harakatlantiruvchi tolalridan iborat. Qusish hazm jarayoniga aloqador himoya refleksidir. Bu odatda halqum va me‘da retseptorlari qattiq ta‘sirlanganda sodir bo`ladi. Juda ko‘p yeyilgan ovqat va ichimliklar kuchli ta‘srlovchilar bo`lishi mumkin. Qo‘zg‘alish retseptorlardan adashgan nervning sezuvchi tolalari orqali keyingi miyaga yetib keladi. Bu refleks yoyinig effektor qismi ancha murakkab. Qusish vaqtida ichak, me‘da, qizilo‘ngach muskullaridan tashqari, halqum, hiqildoq, til va og‘iz muskullari qisqaradi, so`lak va ko‘z yoshi ajralishi tezlashadi. Demak, qusish jarayonida qo‘zg‘alish shu muskul va bezlarni nervlaydigan efferent tolalardan o‘tadi. Vestibulyar apparatning kuchli qo‘zg‘alishi ham ba‘zi odamlarda qusishni paydo qiladi. Qusish markazi gumoral yoi bilan ham qo‘zg‘alishi mumkin. Yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroblarning zaharlari (toksinlari), ba‘zi dorilar, masalan apomorfin, qusish markaziga kuchli ta‘sir etadi. Emish refleksi emadigan bolalar uchun juda muhim. Bu refleks lablarda joylashgan retseptorlardan yuzaga chiqadi. Afferent impulslar uchlik nervining asezuvchi tolalari orqali, efferent impulslar esa yuz nervi bilan til osti nervining motor tolalari orqali o‘tadi. Lablar, lunj va til harakatlari natijasida bolaning og‘iz bo‘shlig‘ida atmosfera bosimiga nisbatan manfiy bosim paydo bo`lib, u sutning onaning sut bezlaridan bolaning og‘iz bo‘shlig‘iga o‘tishini ta‘minlaydi. Ko‘zni uchirish ham keyingi miyaning himoya reflekslariga kiradi. Ko‘zning shox pardasi ta‘sirlanganda paydo bo`lgan retseptorlarning qo‘zg‘alishi uchlik nervining afferent tolalari orqali markazga yetib keladi va bu yarda shakllanngan efferent impulslar yuz nervining harakatlantiruvchi tolalari orqali qovoq muskullarini qisqartirib, qovoqni yumadi. Shuni ta‘kidlash kerakki,uzunchoq miya markazlarining faoliyati doim turg‘un bo`lishi kerak. Masalan, yutish markazi qo‘zg‘alib, yutishni ta‘minlagan vaqtda, nafas markazi to‘rmozlanib, nafasni to‘xtatishi lozim. Aks holda ovqat zarrachalari nafas yo`llariga ketib qolishi mumkin. Tomirlarni harakatlantiruvchi markazning qo‘zg‘alishi adashgan nervning vegetetiv neyronlarini tormozlab, yurakning qisqarishlar sonini ko‘paytiradi. Bulardan tashqari uzunchoq miya oriyentirovka va muskullar tonusini boshqaradigan reflektor mexanizmlarda ham qatnashadi. Oraliq miya fiziologiyasiOraliq miya miya stvolining bir qismi bo`lib, uning asosiy tuzilmalarini ko‘ruv do‘mbog‘i – talamus, do‘mboq usti va do‘mboq osti sohalar – epitalamus va gipotalamus tashkil qiladi. Hidlov yo`llaridan tashqari, katta yarim sharlaga boruvchi barcha afferent yo`llar talamus orqali o‘tadi. Talamusga joylashgan neyronlar 40 taga yaqin yadro hosil qiladi. Funksional nuqtai nazardan ularni spetsifik, nospetsifik, assotsiativ va motor yadrolarga bo`lish rasm bo`lgan. Spetsifik yadrolarning neyronlari po‘stloqning muayyan sohalariga boglangan. Ularning shikastlanishi ma‘lum sezgilarning yo‘qolishiga olib keladi. Bu faqat spetsifik yadrolarning impulslarni chetdagi retseptorlardan katta yarim sharlar po‘stlog‘iga o‘tkazuvchi bekat ekanidan dalolat beradi. Spetsifik yadrodagi neyronlar faqat bir turdagi retseptorlardan kelgan impulslarga javob beradi. Lateral tizzasimon tana ko‘ruv tizimining sensor yadrosi bo`lib xizmat qiladi. Bu yadro yorug‘lik darajasini aniqlashda va rang sezishda ishtirok etadi. Lateral tizzasimon tana to‘rt tepalikning oldingi do‘mboqlaridan tolalar oladi, undan chiqqan tolalar esa bosh miya po‘stlog‘ining ko‘ruv sohasida tugaydi. Orqa do‘mboqlar bilan afferent tolalar yordamida bog‘langan medial tizzasimon tana eshituv tizimining spetsifik talarnik yadrosi hisoblanadi. Bu yadrodagi neyronlarning bir guruhi ma‘lum chastotadagi tovushlarni qabul qilishga moslashgan. Medial tizzasimon tana akustik axborotni tahlil qiladi va po‘stloqning eshituv markaziga o‘tkazadi. Sensomotor tizimning ham talamusda o‘ziga xos (spetsifik) yadrolari bor. Talamusning assotsiativ yadrolari ayrim sezgi tizimidan emas, balki bir vaqtning o‘zida bir nechta sezgi yo`llaridan impulslar oladi. Bu yadrolar po‘stloqdagi assotsiativ sohalarga bog‘langan. Talarnik assotsiativ yadrolarning fuksiyalari haligacha yaxshi aniqlanmagan. Talamusning motor yadrolariga ventro-lateral yadro kiradi. Unga miyacha va bazal tugunlardan tolalar kirgan. Chiquvchi tolalar esa yadroni miya po‘stlog‘idagi motor soha bilan bog‘lab turadi. Ventro-medial yadro harakatlarni boshqaruvchi tizimning bir qismi. Impulslar nospetsifik yadrolardan avval po‘stloq osti tuzilmalariga o‘tkaziladi, so‘ngra bu tuzilmalardan parallal ko‘tariluvchi yo`llar orqali miya po‘stlog‘ining ko‘pgina qismlariga borib yetadi. Talamusning nospetsifik yadrolari o‘rta miyadagi to‘rsimon formatsiyaning davomi hisoblanadi. To‘rsimon formatsiyaning po‘stloqni faollashtiruvchi ko‘tariluvchi ta‘siri talamusning nospetsifik yadrolari orqali o‘tadi. Talamus katta yarim sharlar po‘stlog‘iga intiluvchi sensor (sezuvchi) signallar yo`lida o‘ziga xos darvoza bo`lib, juda muhim ahamiyatga ega ma‘lumotlarni po‘stloqqa o‘tkazadi. Kuchsiz, ahamiyatsiz signallar bu yerda to‘xtalib, o‘tkazilmaydi. Talamus nospetsifik yo`llar orqali katta yarim sharlardagi neyronlar qo‘zg‘aluvchanligiga ta‘sir qiladigan bo`lsa, po‘stloq ham o‘z navbatida talamusga tormozlovchi va yengillashtiruvchi ta‘sir o‘tkazadi. Bu ta‘sirlar ham spetsifik, ham nospetsifik yadrolarga yetib keladi. Talarno-kortikal tizim uxlash va uyg‘onish, bedorlik va boshqa jarayonlarni boshqarishda ham ishtirok etadi. Talamus og‘riqni sezishning oliy markazi hamdir. Vegetativ nerv tizimi fiziologiyasiNerv tizimining ichki a‘zolar, bezlar, qon va limfa tomirlari, silliq va qisman ko‘ndalang targ‘il muskullar faoliyatini boshqarib turadigan qismi avtinom nerv tizimi deyiladi . Avtonom nerv tizimi tuzilishi va faoliyatiga ko‘ra simpatik, parasimpatik va metasimpatik qismlarga bo`linadi. Simpatik va parasimpatik tizimlar markaziy va tashqi (periferik) qismlardan iborat. SIMPATIK NERV TIZIMI. Orqa miya kul rang moddasining yon shoxlarida joylashgan simpatik yadro simpatik nerv tizimining markaziy qismi hisoblanadi. Bu yadro birinchi ko‘krak segmentidan boshlanib, bel segmentlarigacha tushadi va avtonom nerv tizimining torako- lyumbal bo`limini tashkil qiladi. Simpatik tolalar bu markazdan tegishli orqa miya segmentlarining oldingi ildizlaro orqali orqa miya neyronlarining o‘simtalari bilan birga chiqadi. Simpatik yadro ancha kichik multipolyar hujayralardan tuzilgan. Bu neyronlarning dendritlari orqa miyaning o‘zida tarqaladi. Ingichka, aksari miyelinli aksonlari orqa miyadan chiqib, umurtqa oldi (paravertebral) va umurtqadan oldingi (Prevertebral) tugunlarda tugaydi. Bu aksonlardan qo‘zg‘alishning o‘tish tezligi 20 m/s dan oshmaydi. Simpatik neyronlarning orqa miyadan chiqib, tugunda tugaydigan aksonlari preganglionar tolalar deyiladi. Simpatik nerv tizimining periferik qismini simpatik tugunlar va ularga aloqador afferent va efferent tolalar tashkil qiladi. Umurtqa oldi tugunlar bosh chanog‘i asosidan to dumg‘azagacha tushgan umurtqaning ikki yonida yotuvchi chegara stvollarini hisil qiladi. Chegara stvol tarkibidagi tugunlar bir-biriga komissuralar yordamida, orqa miya nervlari bilan oq va kul rang tarmoqlar yordamida bog‘langan. Oq tarmoq orqali preganglionar tola tugunga kirib, effektor neyron bilan tutashishi mumkin. Unda effektor neyronning aksoni (postganglionar tola) kul rang tarmoq orqali orqa miyaga qaytadi va oldingi ildiz tarkibida uzilmasdan ishchi a‘zogacha yetadi. Tugunlarda preganglionar tolalar bilan tutashgan neyronlar aksonlarining talay qismi kichik tutamlarga yig‘ilib, ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i va chanoq a‘zolarini nervlaydi. Preganglionar simpatik tolalarning bir qismi umurtqa oldi tugunlarda uzilmasdan prevertebral (umurtqadan oldingi) tugunlarga yetadi va bu yerda effektor neyronlar bilan tutashadi. Umurtqadan oldingi tugunlar umurtqadan ancha narida, nervlanadigan a‘zoga ancha yaqin joylashgan. Shuning uchun ularga yetib kelgan preganglionar tola ham, ulardan chiqqan postganglionar tola ham ancha uzun bo`ladi. Umurtqadan oldingi katta tugunlardan yulduzsimon, quyoshsimon, ichaktutqichning yuqori va pastki tugunlarini ko‘rsatish mumkin. Bu tugunlardagi neyronlar qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining simpatik nervlanishini ta‘minlaydi. Deyarli barcha a‘zo va to‘qimalar simpatik nnervlanishga ega. Birinchi galda bu qon tomirlar, kovak a‘zolarning, terinig silliq muskullari, ter va hazm bezlari, o‘pka, jigar va yog‘ tto‘qimasi hujayralari, skelet muskullari va markaziy nerv tizimining o‘zi. Simpatik nerv tizimi sezuvchi yo`llarga ham ega. Sezuvchi neyronlarning somalari umurtqadan oldingi tugunlarda joylashgan. Ularning uzun o‘simtalaridan biri periferiyaga yoi oladi, ikkinchisi orqa miyaga o‘tadi. Boshqa bir neyronlarning uzun o‘simtasi ishchi a‘zoga borib yetsa, kaltalari tugunning o‘zida tarqalib, oraliq neyronlar orqali effektor neyronlar bilan bog‘lanadi va shu yerning o‘zida mahalliy refleks yoyi hosil qiladi. PARASIMPATIK NERV TIZIMI .Bu tizim ham markaziy va tashqi tuzilmalari mavjud, qo‘zg‘alish ishchi a‘zoga ikki neyronli yo’li orqali yetib boradi. Ammo parasimpatik tizimning o‘ziga xos xususiyatlari ham bor. Birinchidan, bu tizimning markazlari bosh va orqa miyada bir-biridan va simpatik markazdan uzoqdagi sohalarda joylashgan. Ikkinchidan, tanada parasimpatik tizim ta‘sir o‘tkazadigan doira ancha tor. Ba‘zi a‘zo va to‘qimalar, masalan bachadon, MNT, qon tomirlarning deyerli hammasi parasimpatik nervlanishga ega emas. Parasimpatik tizimning markaziy tuzilmalari o‘rta, uzunchoq va orqa miyada joylashgan . O‘rta miya (mezensefal) qismining yadrosi Silviy suv yo`lining tubida bo`lib, ko‘z muskullariga, so`lak va ko‘z yosh bezlariga uch juft bosh nervlar tarkibida preganglionar tolalar yo`llaydi. Bu tolalar ko‘zni harakatlantiruvchi, yuz va til-halqum nervlar tarkibida kipriksimon, quloq, til osti va tannglay tugunlariga yetib keladi va postganglionar neyronlarning tana va dendritlarida sinapslar hosil qiladi. Uzunchoq miyadagi (bulbar) markazdan chiqqan preganglionar tolalar bo‘yin, ko‘krak va qorin bo‘shliqlaridagi a‘zolarga sayyor nerv tarkibida o‘tadi. Parasimpatik tizimning dumg‘aza bo`limi orqa miyaning uchta dumg‘aza segmentidagi yon shoxlarda joylashgan. Bu yerdan tolalar chanoq nervi tarkibida chanoq a‘zolariga yoi oladi. Parasimpatik tizimning afferent yollari sayyor nerv tolalarining ko‘p qismini tashkil qiladi. Bu tolalarga aloqador hazm, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘idagi a‘zolardagi retseptorlar mexanik, harorat va og‘riq paydo qiluvchi ta‘sirotlarni sezadi, pH va elektrolitlar tarkibi o‘zgarganda qo‘zg‘aladi. Qon bosimo barqarorligini saqlashda aorta ravog‘idagi va karotid koptokchalardagi parasimpatik markazlar bilan bog‘langan retseptorlarning ahamiyati juda katta. METASIMPATIK NERV TIZIMI. So‘nggi vaqtlarda avtonom nerv tizimining uchinchi bo`limi – metasimpatik nerv tizimiga katta ahamiyat berila boshlandi. Bu tizim ichki a‘zolar faoliyatini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, hazm tizimi a‘zolari tashqi nervlardan butunlay xalos qilingandan keyin ham, o‘z faoliyatini deyrali o‘zgarmagan holda saqlab qoladi. Demak, bu a‘zolar faoliyatini ular devorida joylashgan intramural tugunlar boshqarib turadi. Metasimpatik nerv tizimi ko‘p jihatdan avtonom nerv tizimining boshqa bo`limlaridan farq qiladi. 1. Metasimpatik tizim faqat o‘zi harakat qilish qobiliyatiga ega bo`lgan ichki a‘zolarni nervlaydi; ularning harakat qilish, so‘rish, shira ajratish faoliyatlarini nazorat qiladi; mahalliy qon aylanishiga va endokrin unsurlar faoliyatiga ta‘sir qiladi. 2. Metasimpatik tizim simpatik va parasimpatik tizimlar bilan sinapslar orqali bog‘langan, ammo somatik nerv tizimiga bevosita aloqasi yo‘q. 3. Umumiy ichki afferent yo`llaridan tashqari, o‘zining sensor qismi bor. 4. Nerv tizimining boshqa qismlari bilan qarama-qarshi munosabatda emas. 5. Markaziy nerv tizimidan muxtorlik darajasi simpatik va parasimpatik tizimlarnikidan yuqori. 6. Metasimpatik tizim faoliyatini maxsus dorilar yordamida to‘xtatish a‘zolarning ritmik harakat qilish qobiliyatini yo‘qolishiga olib keladi. 7. Metasimpatik nerv tizimi o‘z mediatorlariga ega. Avtonom nerv sistemasining somatik nerv sistemasidan farqi1.Odam idrokiga bo‘sunmaslik avtonom nerv tizimini somatik nerv tizimidan ajratib turuvchi asosiy belgidir. Somatik nerv tizimi organizmning tashqi muhit bilan afferent va efferent aloqalarini ta‘minlasa, avtonom nerv tizimining asosiy vazifasi ichki muhit barqarorligini saqlashdir. 2. Effektor neyronlarining MNT da egallagan joyida. Avtonom nerv tizimining effektor neyronlari orqa va bosh miyadan tashqarida joylashgan. Somatik nerv tizimining effektor neyronlari esa orqa miyaning kul rang moddasida joylashgan. 3.O rqa miyaning oldingi ildizlari kesib tashlansa, somatik efferent tolalar bitta qolmay yemirilib ketadi. Avtonom nerv tizimining efferent tolalari o‘zgarmaydi, chunki somalari chetdagi tugunlardagi neyronlarning o‘simtalaridir. 4. Somatik nervlar orqa miya va miya stvolidan bir tekis, segmentma segment chiqqan. Ular tanada biri tarqalgan sohani ikkinchisi ham nervlaydi. Avtonom nerv tizimi tolalari MNTning chegaralangan va bir-biridan ancha uzoq bo`lgan markazlardan (mezensefal, bulbar, sakral va torakolyumbal) chiqadi. 5. Avtonom nerv tizimi tolalari ingichka, miyelinsiz. Ulardan qo‘zg‘alishning o‘tish tezligi 1-3 m/s dan oshmaydi, qo‘zg‘aluvchanligi past va xronaksiyasi katta. Download 452.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling