«Физиология» фанидан 2-курс даволаш, педиатрия, касбий таълим


Download 452.12 Kb.
bet24/62
Sana27.03.2023
Hajmi452.12 Kb.
#1299195
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62
Bog'liq
Fiziologiya javoblari S.M-конвертирован (1)

Синапслар ва уларнинг тузилиши.

Sinaps – bir neyronni ikkinchi neyron bilan, neyronni muskul tolasi yoki bez hujayrasi bilan bog‘lovchi tuzilma. Ularni quyidagi tamoyillar asosida tasniflash mumkin.

  1. Sinaps qurilishida ishtirok etuvchi hujayralarga qarab, nerv-muskul va neyro- neyronal sinapslar tafovut qilinadi. Neyronlarning sinapslar joylashgan qismiga qarab aksosomatik, akso-dendritik, akso-aksonal sinapslarni ajratish mumkin.

  2. Sinapslar faollashganda rivojlanadigan jarayonni ko‘zda tutib qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi sinapslar tafovut qilinadi.

  3. Qo‘zg‘alishning o‘tish uslubiga ko‘ra kimyoviy, elektr va aralash sinapslar farqlanadi. Aksonlarning oxirgi tarmoqchalari biroz kengayib tugayda. Bu sinapsdan oldingi (presinsptik) kengayish sinapsning birinchi galda zarur bo`lgan tarkibiy qismi (15-rasm). Boshqa bir neyron, muskul tolasi yoki sekretor hujayra membranasining presinaptik kengayish ro‘parasidagi qismi postsinaptik (sinapsdan keyingi) membrana, deb ataladi. Bu har bir sinapsning ikkinchi zaruriy qismi. Presinaptik va postsinaptik membranalar bir biriga tegib turmaydi, ular o‘rtasida sinapsning uchinchi zaruriy qismi – sinnaps yirig‘i bor.

  1. Синапсларнинг турлари ва ишлаш механизми.

KIMYOVIY SINAPSLAR Kimyoviy sinapslar yirig‘i ancha keng (10-40 nm) va yuqori elektr qarshilikka ega bo`lgani uchun elektr impulslar o‘tishiga to‘sqinlik qiladi.
Impulslar bu to‘siqdan maxsus kimyoviy vositachi – mediator yordamida o‘tishi mumkin. Oldindan sintezlanib qo‘yilgan mediator aksonning presinaptik oxiridagi sinaptik pufakchalarda saqlanadi. Har bir pufakchada 20 mingga yaqin mediator molekulasi bor. Bu miqdor mediatorning bir kvantini tashkil qiladi. Nerv impulsini
aksonning sinaps oldi oxirlariga yetib kelishi, pufakchalar yorilib, mediatorni sinaps yirig‘oga ajralishiga sabab bo`ladi. Sinapslar qo‘zg‘alishni o‘zidan o‘tkazishi uchun
zarur bo`lgan meditorga qarab xolinergik, adrenergik, GAMK-ergik, serotoninergik va boshqalarga bo`linadi. Bir neyron odatda bitta mediatorni sintezlaydi. Ammo bu qoidadan mustasnolari ham bor. Ikkita mediator moddani (atsetilxolin+ATF yoki atsetilxolin+peptid) sintezlab, undan foydalanishi mumkin sinapslar ham mavjud..

Download 452.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling