«Физиология» фанидан 2-курс даволаш, педиатрия, касбий таълим


Download 452.12 Kb.
bet53/62
Sana27.03.2023
Hajmi452.12 Kb.
#1299195
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62
Bog'liq
Fiziologiya javoblari S.M-конвертирован (1)

Олий нерв фаолиятининг турлари;



Олий нерв фаолияти – ҳайвон ва одам марказий нерв тизими олий бўлимлари (бош мия ярим шарлари пўсти ва пўст ости маказлари)нинг фаолияти; бутун организмнинг ташқи муҳит билан нормал муносабатда бўлиб туришини таъминлайди. Олий нерв фаолияти атамасини фанга И. П. Павлов киритган. У олий нерв фаолиятини «психик фаолият» билан бир маънодаги тушунча деб ҳисоблаган. Павлов айтганидек, психик фаолиятнинг ҳамма шакллари, жумладан, одам тафаккури ва онги олий нерв фаолияти элементларидандир. Бу таълимотни яратувчиладан бири – Павловнинг ўтмишдоши И. М. Сеченов бўлган. У «Бош мия рефлекслари» деган асарида (1863) психик фаолиятнинг рефлектор табиати тўғрисидаги ғояни ривожлантирган.
OLIY NERV FAOLIYATINING TIPLARI.

Oliy nerv faoliyati bosh miya yarim sharlari va ularning po’stlog’ida joylashgan nerv xujayralari (nerv markazlari)ning normal funksiyasiga yoki ulardagi qo’zg’lish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ularning bir- biriga munosabatiga bog’liq bo’ladi.


Shartli reflector faoliyati nerv sistemasining individual xossalariga bog’liq. Oliy nerv faoliyatini belgilab beruvchi shu xossalar yig’indisi xar bir organizmningirsiy xususiyatlariga va avvalo hayot tajribasiga bog’liq bo’lib, nerv sistemasining tipi deyiladi.


I.P.Povlov ko’p yillik ilmiy kuzatishlar asosida miyaning xujaylaridagi qo’zg’lish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir- biriga munosabatiga ko’ra odam oliy nerv faoliyatini 4 tipga bo’lgan .





  1. Kuchli qo’zgfaluvchan, muvozanatlashmagan, jonsarak tip- xolerik. Bu tipda qo’zg’lish va tormozlanish kuchli, ammo muvozanatlashmagan, qo’zg’lish tormozlanishdan ustun turadi. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin paydo bo’ladi,o’rta o’zlashtiradi, biror ishga tez kirishib, tez sovuydi, emotsional reaksiyalari kuchli, bilar-bilmas javob berib o’z fikrlarini maqullaydigan, topshiriqlarni o’z vaqtida bajarib kelmaydigan, sekin paydo bo’lgan shartli reflekslar tez so’nadi, maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko’nikadi, nutqi tez va qo’pol, xarakteri o’zgaruvchan, o’z xissiyotlarini qiyinchilik bilan ushlaydigan, qiziqqon, agressiv, tarbiyaga qiyinchilik bilan beriluvchi, faqat tarbiya asosidagina uzoq va tizimli ish faoliyatiga ega bo’ladi.




  1. Kuchli qo’zg’luvchan, muvozanatlashgan, ser harakat tip.(sangvinik). Bu tip nerv jaroyonlarining kuchliligi, qo’zg’lish va tormozlanishning muvozanatlashganligi va harakatchanligi bilan ta’riflanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar tez hosil bo’lib, tez so’nadi va tez tiklanadi, maktab hayotiga tez ko’niladi, o’qish va yozishni tez o’rganadi, ular namunali hulqqa ega bo’ladilar, darslarni a’lo darajada o’zlashtiradilar, uyga berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarib kelishga harakat qiladilar, nutqi tez va ravon, so’z boyligi ko’p, aytilgan tez ilg’ab oladi, jonli harakatlari tez, turli imo- ishoralar bilan o’z fikrini ifoda qiladi va boshqa ijobiy xarakterlar bilan ajralib turadi.




  1. Kuchli,qo’zg’luvchan, muvozanatlashgan, kam harakat tip. Bu tipda qo’zgalish va tormozlanish kuchli, ammo ularning almashinuvi sust. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin hosil bo’ladi, tez so’nadi va sekin tiklanadi, ular o’qish, yozish va gapirishni tez o’rganadilar, ularning hulqlari yaxshi, odobli, nutqlari sekin va ravon, so’z boyligi bo’ladilar.




  1. Nimjon yoki sust tip. Bu tipda nerv jaroyonlari sustl kam qo’zg’luvchanligi va muvozanatlashmaganligi, ya’ni tormozlanish jaroyonining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarning ish qobiliyati past, nutqi sekin , yaxshi rivojlanmagan, so’z boyligi kam, qiyinchiliklardan qo’rqadigan, tez charchaydigan, o’qish, yozishni sekin o’rganadigan, maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko’nikadi, o’z o’rtog’ining xarakteriga ixtiyorsiz moslashadi, o’zlashtirish past, xarakteri beqaror maqsadsiz, diqqati beqarorligi bilan ifodalanadi.

117 Oliy nerv faoliyatining spedsefik turlari.
Odam va hayvonlar evolyutsiyasida hayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga tmoslashishining murakkab va nozik shakli — shartli reflekslar paydo bo`lgan. Shartli reflekslar tug‘ma bo`lmasdan, individual hayot jarayonida shartsiz reflekslar asosida hosil bo‘Iadilar. Agar shartsiz refleks (masalan, so`lak ajralishi refleksi) boshqa yot ta‘sirot bilan (masalan, tovush) kop marta takrorlansa, keyinchalik ana shu yot ta‘sirot so`lak ajratish xususiyatiga ega bo`lib qoladi. Oldin bu faohyatga aloqasi bo`lmagan retseptorlarni takrorlash yo`li bilan maxsus hosil qilingan yangi reaksiya shartli refleks deyiladi.Shartli reflekslar organizmning moslashishida katta ahamiyatga ega. Shular tufayli, xatti-harakatlarda o‘zgaruvchan sharoitlarga mutanosiblik va egaluvchanlik paydo bo`ladi. Bareha shartli reflekslarning yuzaga chiqishida markaziy nerv. tizimining yuqori bosqichlari ishtirok etishi zarur. Shartli
reflekslar individual hayot davomida hosil bo`ladi va yo‘qoladi. Ular signal ahamiyatga ega— shartli rag'bat shartsiz ta‘sirotdan oldin paydo bo‘Ub, organizmni shartsiz reflektor faohyatga tayyorlaydi. Shartli refleks tufayli organizm xavfni oldini olsa, oijani qoiga kiritish va boshqa harakatlarga oldindan tayyorlanish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Demak, shartli refleks— har bir organizmning hayoti davomida qoiga kiritgan tizimiy moslashuv reaksiya. U markaziy nerv tizimida shartsiz refleks markazi va sharth signal ta‘sir qiluvchi markazlar o'rtasida vaqtincha bog‘lanish paydo bo‘lishi tufayh yuzagachiqadi.


Shartli refieksni shartsiz refleks asosida qonun-qoidalarga rioya qilgan taqdirdagina yuzaga chiqarish mumkin.


1. Shartli refleks hosil qilish uchun shartli signal (bu shartsiz refleks uchun befarq ta‘sirot, masalan, qo‘ngiroq) shartsiz ta‘sirot (ovqat) bilan boglangan holda takroranqo`llanilislii
kerak.2.Shartli signal shartsiz ta‘sirotdan sal oldin berilishi zarur.

3. Shartli signal shartsiz ta‘sirotga nisbatan kuchsizroq bo`lishi kerak. (Shartli signalning


biologik ahamiyati shartsiz. ta‘sirotning biologik ahamiyatidan kamroq bo‘lishi kerak).Shartli refleks hosil qilish uchun markaziy nerv tizimi faol bo`lishi kerak.Sharth refleks hosil qilish jarayonida bosh miya po'stlog‘i yot ta‘sirotlardan mutlaqo xolis bo`lishi lozim.118.Mehnat fiziologiyasi.
I.M.Sechenov katta ish qildi. Rus fiziologiyasining otasi deb hisoblangan bu olimning eng
yirik ishi markaziy nerv tizimida tormozlanish jarayonini kashf etishdir. I.M.Sechenov o‘zining 1863-yilda chop etilgan ―Bosh miya reflekslari asarida insonning bbeixtiyor va ixtiyoriy xatti- harakatlarining hammasi yuzaga chiqishi bo‘yicha refleksligini ko‘rsatdi. Bu kitobda
I.M.Sechenov bbirinchi bo`lib tabiatning eng murakkab mo‘jizasi – ongni tajriba yo`li bilan o‘rganishga jur‘at etdi. I.M.Sechenov qondagi gazlarni ilk bor ajratib olib, tahlil qildi. Uni fiziologiyaning yangi yo‘nalishi –mehnat fiziologiyasining asoschisi, deyish mumkin.
I.M.Sechenovning markaziy nerv tizimi faoliyatiga oid kashfiyotlari I.P.Pavlovga oliy nerv faoliyatini o‘rganish uchun zamin bo`ldi.Qo`l va nutq a`zolari yuksak darajada takomillashdi, ular bilan birga miya ham rivojlandi. Mehnat faoliyati ning organizmga ta`sirini fiziologiyaning maxsus tarmog`i - mehnat fiziologiyasi o`rganadi. Mehnat fiziologiyasining vazifasi mehnat faoliyati vaqtida odam orga nizmi funksiyalarini tekshirib, odamning yuksak ish qobiliyati va sog`ligini saq lash maqsadida organizm uchun optimal bo`lgan mehnatni uyushtirish va mehnat tartibini ilmiy asoslashdir.Odamning jismoniy mehnat faoliyati hozirgi
zamonda xilma-xil va ko`pqirralidir. Ammo u doimo organizmning harakat apparati-skelet mushaklarining ishga solinishi orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun skelet mushaklari faoliyati va uning boshqarilishini o`rganish mehnat fiziologiyasining muhim qismidir. Inson mehnati o`rgatish jarayonida shakllangan muayyan maqsadga yo`nalgan faoliyat bo`lib, katta hajmdagi informatsiya (axborot) ni qayta ishlashni talab qiladi. Mehnat fiziologiyasi mehnat gigienasi va mehnat psixologiyasi bilan chambarchas bog`liqdir.

Download 452.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling