«Физиология» фанидан 2-курс даволаш, педиатрия, касбий таълим


Download 452.12 Kb.
bet52/62
Sana27.03.2023
Hajmi452.12 Kb.
#1299195
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62
Bog'liq
Fiziologiya javoblari S.M-конвертирован (1)

Хотира механизми ва турлари



Hotira-markaziy nerv tizimining asosiy xossalaridan biri bo’lib, voqelikning esda olib qolinishi, esda saqlanishi va esga tushirilishidir. MNS ga tushgan axborotni esda olib qolish ikki xil: ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo’lishi mumkin.
Biron narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus maqsad bo’lmagan holda esda olib qolish yana esga tushirish ixtiyorsiz hotira deb ataladi.
Oldimizga bironta maqsad qo’yib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira hakida gap boradi. Ixtiyoriy esda olib qolish samaraliroq bo’ladi. Biologik va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan axborotlar, qanday kuchga ega bo’lishidan qat’iy nazar, yaxshiroq esda olib qolinadi. Voqelikni esda olib qolish
xotiraning markaziy bo’g’ini hisblanadi.
Voqelikni qabul qilish, uni esda olib qolish va saqlash MNS da bo’lgan murakkab jarayonlar natijasidir. Xotiraning quyidagi turlari mavjud: naslga beriladigan (genetik) xotira, naslga berilmaydigan (individual) xotira, harakat xotirasi, obrazli, siymo xotirasi, (ob’ektning siymosi esga tushiriladi), Emotsional-hissiyot xotirasi (voqelik ma’lum bir his tuyg’uni
chaqiradi), so’z mantiqiy xotira.



    1. Уйку; Уларнинг турлари ва боскичлари;



Uyqu nazariyalari. Gumoral nazariyaga binoan uyqu kelib chiqishiga tiyraklik paytida organizmda yig’ilgan moddalar sabab bo’lar ekan. Bu nazariyaning haq ekanligini olib borilgan tajriba tasdiqlaydi. Agar sutka davomida uxlamagan it qoni tiyrak itga quyilsa retsipient it darxol uxlab qolganligi kuzatilgan. Hozirgi paytda delta uyquni chaqiradigan gipnogen modda - peptit aniqlangan. Lekin gumoral moddalar uyqu chaqiradigan absolyut omil deb hisoblash noto’g’ri. CHunki tanasi yopishib qolgan, nerv tizimi alohida, lekin qon tomirlari bir-biri bilan tutashgan egizaklar kuzatilganda biri uxlasa, ikkinchisi tiyrak holatda bo’lganligi aniqlangan.


Uyquning po’stloq osti va po’stloq nazariyalari. Po’stloq osti, ayniksa miya o’zani sohasida o’sma yoki yuqimli kasalliklar paytida odamda uyqu har xil darajada bo’lishi yoki letargik uyqu holati kuzatiladi. SHunga asosan po’stloq osti sohasida uyqu markazi bor deyiladi. Subtalamus va gipotalamusning orqangi sohasi qitiqlansa, hayvonda uyqu holati kelib chiqqan va ta’sirlash to’xtatilganda uyg’onganligi shu sohada uyqu markazi bor ekanligidan dalolat beradi.

I.P.Pavlov laboratoriyasida uzoq muddat juda nozik farqlash tormozlanishini hosil qilish paytida hayvonlar ko’pincha uxlab qolganlar. SHunga asoslanib I.P.Pavlov uyquga ichki tormozlanish natijasida kelib chiqadigan holat sifatida qaradi. Uyqu bosh miya po’stlog’i va unga yaqin turgan po’stloq osti tuzilmalarida keng tarqalgan chuqur tormozlanish natijasidir (uyquning po’stloq nazariyasi).


Lekin, uyquda shunday holatlar borki, ularni po’stloq osti va po’stloq nazariyalari bilan tushuntirib berish qiyin. Deyarli barcha sezgi a’zolari ishdan chiqib, faqatgina bir ko’zi ko’ra oladigan kasalni kuzatish natijasida shunday holga duch kelindi, kasal shu kuzini yumishi bilan uyquga ketgan. Uyqudagi ko’pgina holatlarni, miya o’zani retikulyar formatsiyasining bosh miya po’stlog’iga faollashtiruvchi ta’siri kashf qilinishi bilan, tushuntirish imkoniyati yaraldi.


Retikulyar formatsiyaning bosh miya po’stlog’iga faollashtiruvchi ta’siri to’xtashi bilan hayvonlar uxlab qolishi tajribada isbotlandi. SHuningdek, bosh miya po’stlog’ining po’stloq osti tizimlariga ta’siri ham aniqlandi. Tiyrak organizm retikulyar formatsiyasi bosh miya po’stlog’iga faollashtiruvchi ta’sir ko’rsatishi natijasida peshona po’stloq sohasi gipotalamusdagi uyqu markaziga tormozlovchi ta’sir ko’rsatadi. Uyqu paytida esa bosh miya po’stlog’iga retikulyar formatsiyadan kelayotgan faollashtiruvchi ta’sir to’xtaydi va po’stloqning orqangi gipotalamus sohasidagi uyqu markaziga tormozlovchi ta’siri susayadi.

Miyaning limbiko-gipotalamik va retikulyar tuzilmalari o’rtasidagi payvasta (retsiprok) munosabat mavjud. Limbik gipotalamik soha qo’zg’alganda miya o’zanining retikulyar formatsiyasi tormozlanadi va aksincha.




Uyquning po’stloq-po’stloqosti nazariyasi. P.K.Anokin po’stloq-po’stloqosti nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga asosan, gipotalamik markaz limbik tizim bilan bog’liq bo’lganligi tufayli bosh miya po’stlog’iga faollashtiruvchi ta’sir ko’rsatishi mumkin. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda bosh miya po’stlog’i peshona sohasining orqangi gipotalamusdagi uyqu markaziga ta’siri sust bo’ladi, natijada bu markaz retikulyar formatsiya neyronlariga tormozlovchi ta’sir ko’rsatadi va miya o’zini retikulyar formatsiyasidan bosh miya po’stlog’iga faollashtiruvchi ta’sir susayadi, natijada uyqu holati kelib chiqadi. CHaqaloqlarning vaqti-vaqti bilan uyg’onishi lateral gipotalamusda joylashgan ochlik markazining qo’zg’algandagi uyqu markaziga tormozlovchi ta’siri bilan bog’liq. Uyqu markazini tormozlanishi esa retikulyar formatsiyadan bosh miya po’stlog’iga faollashtiruvchi ta’sirning borishiga imkon yaratib beradi.




    1. Download 452.12 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling