50. Orqa miya fiziologiyasi;
Orqa miya. Orqa miya ikkita
asosiy vazifani: reflektor vazifa va o’tkazuvchi yo’l vazifasini bajaradi. Orqa
miyaga teri yuzasidagi eksteroreseptorlardan, tana bilan qo’l-oyoqning proprioreseptorlaridan va
visseroreseptorlaridan impulslar kelib turadi (adashgan nervlar orqali markaziy nerv sistemasiga keluvchi
visseroreseptiv impulslar bundan mustasno). Orqa miya barcha skelet muskullarini innervasiyalaydi, bosh miya
nervlaridan innervasiyalanadigan bosh muskullarigina bundan mustasno. Orqa miya gavdadagi barcha murakkab
harakat reaksiyalarini yuzaga chiqarishda qatnashadi. Ulardan ko’plari orqa miyaning reflektor vazifani bajarish
natijasi bo’lishi mumkin, boshqa reaksiyalar esa markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo’limlari yuzaga
chiqaradigan reflekslar natijasida kelib chiqadi. Bu holda orqa miya faqat impulslarni o’tkazuvchi yo’l hisoblanadi.
51. Uzunchoq miya fiziologiyasi;
Uzunchoq miya va varoliy ko’prigi (keyingi miya). Uzunchoq miya bilan Varoliy ko’prigi keyingi miya degan
umumiy nom bilan birlashtiriladi. Ular o’rta miya bilan birga miya o’zanini hosil qiladi. Miya o’zanining tarkibigi
bir talay yadrolar hamda ko’tariluvchi va tushuvchi yo’llar kiradi. Miya o’zanidagi to’rsimon tuzilma-retikulyar
formasiyaning muhim funksional ahamiyati bor.
Miya o’zani anatomik va funksional jihatdan orqa miya, miyacha va katta yarim sharlar bilan bog’langan.
Murakkab koordinasiyali ko’pgina harakat reflekslarining yoylari miya o’zanida tutashadi. Nafas olish yurak
faoliyati, tomirlar tonusini boshqaradigan hayot uchun muhim markazlar miya o’zanidadir. Hazm a’zolari va
boshqa bir qancha a’zolarning funksiyalarini idora etuvchi markazlar ham miya o’zanida.
52. Oraliq miya fiziologiyasi;
Oraliq miya (diencephalon) anatomiya nuqtai nazaridan miya o’zanining bir bo’limidir. Ammo o’rta miya bilan
uzunchoq miyaga qarama-qarshi o’laroq, oraliq miya embriogenez jarayonida miyaning oldingi pufagidan katta
yarim sharlar bilan birga shakllanadi. Oraliq miyaning asosiy tuzilmalari ko’ruv dumboqlari - thalami optici va
do’mboq ostidagi soha – hypothalamus - dan iborat. Uning funksiyasi organizmdagi vegetativ jarayonlarni
boshqarishdan iborat bo’lib, quyida ko’zdan kechiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |