55. Talamus fiziologiyasi;
Talamus katta yarim sharlarga boruvchi barcha (hidlov yo’llaridan tashqari) afferent (sensor) yo’llar kollektori
hisoblanadi. Talamus katta yarim sharlar po’stlog’iga olib boruvchi yo’lda bamisoli bir darvoza bo’lib, tashqi
muhitdan va organizmning ichki muhitidan ta’sirot qabul qiluvchi reseptorlardan keladigan butun axborot o’sha
darvoza orqali o’tadi. Talamusdagi ba’zi yadrolar chekli shikastlanganda katta yarim sharlar po’stlog’i biron
(ko’ruv, eshituv, ta’m biluv, taktil va hokazo) axborotdan maxrum bo’lishi mumkin. Talamus oq modda qatlamlari
bilan oldingi lateral va medial sohalar degan uch sohaga bo’linadi. Har bir soha bir qancha yadrolarning
to’plamidan iborat. Xozir talamusning 140 taga yaqin yadrosi tafovut qilinadi.
56. Retikulyar formasiyaning fiziologiyasi;(Nerv hujayralarining xususiyati);
Retikulyar formasiya markaziy nerv tizimining turli bo’limlariga faollashtiruvchi va tormozlovchi ta’sir ko’rsatib,
organizmning vegetativ funksiyalarini boshqaruvchi nerv markazlarining faolligini ham muayyan darajada ushlab
turadi. Retikulyar formasiya nerv markazlarini ma’lum darajada ushlab turadi. Retikulyar formasiyaning
ixtisoslashgan tuzilmasi bo’lmish tomirlarni xarakatlantiruvchi bulbar markaz funksiyalari misol bo’la oladi. Bu
markaz orqa miyadagi segmentar tomir xarakatlantiruvchi markazlar faoliyatini integrallaydi va tonusini saqlaydi.
Retikulyar formasiyaning faollashtiruvchi funksiyasi simpatik nerv tizimining adaptasion-trofik funksiyasiga
o’xshash zkanligini uqtirib o’tmoq kerak. Retikulyar formasiya organizmni «faoliyatga sozlaydi» va markaziy nerv
tizimining faol tiyrak xolatini ta’minlaydi, simpatik nerv tizimi esa periferik a’zolarning, shu jumladan skelet
muskullari va reseptor apparatlarning faoliyati uchun zarur xolatni vujudga keltiradi. Shunga ko’ra, simpatik nerv
tizimiga retikulyar formasiya bilan funksional jixatdan bir, deb qaralishi mumkin. Bu tizim retikulyar
formasiyaning periferiyaga ta’sirini o’tkazuvchi tuzilma xisoblanadi. Retikulyar formasiyada adrenalin (yoki
noradrenalin) xosil bo’lishi aniqlanganligi retikulyar formasiya bilan simpatik nerv tizimining o’zaro
bog’langanligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |