Mahmud Yazdanov
https://t.me/Makhmud_Yazdanov
+998 33 44 12345
Tormozlovchi faza – parabiozning so’nggi fazasi bo’lib, unda nerv har qanday intensivlikdagi
qo’zg’alishni o’tkazish qobiliyatidan butunlay mahrum bo’ladi. Parabioz xodisasi maxaliy
dori vositalar
yerdamida og’riqsizlantirishni asosi xisoblanadi. Tibbiyot amaliyotida og’riqsizlantirish uchun ko’pincha
maxaliy anesteziyadan foydalaniladi. Uning bir turi bo’lib o’tkazuvchi og’riqsizlantirish xisoblanadi.
Anestetiklarni yuborish nervni fiziologik butunligini buzadi, nerv tolalarini labilligini pasaytiradi,
farmokologik blok soxasi qo’zg’alishni tarqalishini oldini oladi. Og’riqsizlantirish effekt darrov
kuzatilmaydi, chunki anesteziyalovchi modda ta’sirida ketma- ket almashinadigan parabiotik fazalari-
tenglashtiruvchi, paradoksal va tormozlovchilar kuzatiladi. Shifokor jarroxlik
muolajalarni parabiozni
tormozlovchi fazasida boshlashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: