Fonetika. Fon va fonema. Nutq tovushlari artikulyatsiyasi. Urg‘u. Intonatsiya


Download 180.71 Kb.
bet9/12
Sana12.11.2023
Hajmi180.71 Kb.
#1768247
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Fonetika. Fon va fonema

Shuning uchun unli tovushlarda ohangdorlik kuchli bo‘ladi. Har bir til o‘ziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm deyiladi. Vokalizm - lotincha vokalis so‘zidan olingan bo‘lib, unli (ovozdor) demakdir. Undosh tovushlar o‘pkadan chiqadigan havo oqimining og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrashi natijasida yuzaga keladi. Bunday tovushlar faqat shovqindan yoki ovoz hamda shovqindan iborat bo‘lishi mumkin.

Tildagi undoshlar tizimi konsonantizm deb ataladi. Bu termin inglizcha konsonontism so‘zidan olingan bo‘lib, undoshlar tizimi demakdir. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 6 unli fonema bor: a, o, i, e, o‘, u. Ular quyidagicha tasnif qilinadi: 1) tilning gorizontal harakatiga ko‘ra; 2) tilning vertikal harakatiga ko‘ra; 3) lablarning ishtirokiga ko‘ra. Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra unlilar ikkiga bo‘linadi: a) til oldi yoki oldingi qator unlilar: i, e, a ; b) til orqa yoki orqa qator unlilar: u, o‘, o

Bunday bo‘linishning sababi shundaki, til oldi unlilari talaffuz qilinganda tilning oldingi qismi faolroq harakatga keladi. Til orqa unlilarni talaffuz qilganda esa , tilning orqa qismi harakatga kelib , ko‘pincha yumshoq tanglay tomon yo‘naladi. 2. Tilning vertikal harakatiga ko‘ra unlilar uchga bo‘linadi: a) yuqori unlilar (tor) unlilar: i, u; b) o‘rta (o‘rta keng) unlilar: e, o‘; v) quyi (keng) unlilar: a, o.


Tilning vertikal harakatiga ko’ra

Tilning gorizontal harakati va lablarning ishtirokiga ko‘ra

Old qator,
lablanmagan

Orqa qator,
lablangan

Yuqori( tor) unlilar

i

u

O’rta (o‘rta keng) unlilar

e

o’

Quyi (keng) unlilar

a

o

Download 180.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling