Fonetika. Fon va fonema. Nutq tovushlari artikulyatsiyasi. Urg‘u. Intonatsiya
Download 180.71 Kb.
|
Fonetika. Fon va fonema
1. Assimilyatsiya. Qator kelgan noo‘xshash nutq tovushlarining bir-biriga ta’siri natijasida biri ikkinchisini o‘ziga moslashtirgan holda, o‘xshash tovushga aylanishi assimilyatsiya deyiladi. Assimilyatsiya ikki xil bo‘ladi: Progressiv assimilyatsiya. Talaffuz jarayonida oldingi noo‘xshash tovush keyingi tovushni o‘ziga o‘xshatsa, moslashtirsa, bu hodisani progressiv assimilyatsiya deyiladi: ket+di=ketti, ot+dan=ottan, yet+di=yetti, to‘k+gan=to‘kkan, buyruq+ga=buyruqqa, yurak+ga=yurakka.Regrissiv assimilyatsiya. Keyingi noo‘xshash tovush oldingi tovushga ta’sir qilib, uni o‘ziga o‘xshatsa, moslashtirsa, bu hodisani regrissiv assimilyatsiya deyiladi: yigit+cha=yigichcha, yoz+sin=yossin, tuz+siz=tussiz, bir+ta=bitta, non+voy=novvoy. 2. Dissimilyatsiya. So‘zning bir o‘rnida yoki turli o‘rinlarida o‘xshash tovushlarning talaffuz paytida noo‘xshash tovushga aylanishi dissimilyasiya deyiladi. Dissimilyasiya ham assimilyatsiya hodisasi singari ikki turga bo‘linadi:Progressiv dissimilyatsiya keyin kelgan o‘xshash tovushning talaffuzda noo‘xshash tovushga aylanishidir: zarar-zaral, zarur-zaril, kissa-kista. Regressiv dissimilyatsiya oldin kelgan o‘xshash tovushning talaffuzda noo‘xshash tovushga aylanishidir: koridor - kalidor, ittifoq - intifoq, nodon - lodon. 3. Metateza. Og‘zaki nutqda ba’zan yonma-yon kelgan undosh tovushlarning o‘rni almashinishi mumkin. Nutqdagi bunday jarayon metateza deyiladi: daryo - dayro, (r-y), yomg‘ir - yog‘mir (m-g‘), ahvol - avhol (v-h) tuproq - turpoq (p-r), aylanmoq - aynalmoq (n-m).Pozitsion o‘zgarishlar quyidagilar: proteza, epenteza, prakopa, anakopa, sinkopa, eliziya, reduktsiya. 1. Proteza so‘z boshida bitta unlining orttirilishi proteza hodisasi deyiladi: stol - istol, stul - istul, stakan - istakan. 2. Epenteza so‘z boshida, o‘rtasida va oxirida ikki undosh qator kelganda, ular orasida i, ba’zan u va a unlisi orttiriladi: fikr - fikir, hukm - hukum, umr-umur, doklad - dokalad, mashq - mashiq, bank-banka, tank-tanka.Download 180.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling