Fonetika. Fon va fonema. Nutq tovushlari artikulyatsiyasi. Urg‘u. Intonatsiya


Download 180.71 Kb.
bet3/12
Sana12.11.2023
Hajmi180.71 Kb.
#1768247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fonetika. Fon va fonema

Jumla yoyiq tarkibli va yig‘iq tarkibli bo‘ladi. Yoyiq tarkibli jumla taktlarga ajraladi, yig‘iq tarkibli jumla esa bir taktga teng bo‘ladi. Masalan: Bugun bayram//. Hosil bayrami//. Biz hasharga chiqqan xo‘jalik ham, //Buka tumani ham// paxta tayyorlash rejasini allaqachon bajargan edi// (O‘.H). Keltirilgan parchadagi birinchi va ikkinchi jumlalar yig‘iq sostavli bo‘lib, ular bir taktga tengdir. Uchunchi jumla esa uchta taktdan iborat bo‘lib yoyiq tarkiblidir. Jumlani "gap" tushunchasi bilan aralashtirmaslik lozim. Jumla fonetik tushuncha bo‘lsa, gap grammatik tushunchadir. Jumlani ohang butunligi deb, gapni esa grammatik butunlik deb tushunamiz. Jumlani taktlarga, gapni esa ega, kesim, aniqlovchi va h.k., bo‘laklarga ajratamiz.

Fonetik so‘z nutqning alohida bir urg‘u bilan aytiladigan bo‘lagi bo‘lib, u takt ichida va alohida qo‘llanadi. Masalan, yuqorida keltirilgan uchinchi jumla uchta taktga bo‘linadi: Biz hasharga chiqqan xo‘jalik ham // Buka tumani ham // paxta tayyorlash rejasini allaqachon bajargan edi//. Bu o‘rinda yordamchi so‘zlar o‘zlari tobe bo‘lgan mustaqil so‘z bilan birga urg‘uga ega bo‘ladi va bitta fonetik so‘zni tashkil etadi.

Bo‘g‘in.O‘pkadan chiqadigan havo oqimiga berilgan bir zarb bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig‘indisiga bo‘g‘in (sillabema) deyiladi. Bo‘g‘in asosini unli tovush tashkil qiladi. Shuning uchun ham so‘zda nechta unli tovush bo‘lsa, bo‘g‘inlar soni ham shuncha bo‘ladi. Masalan: o - i - la, ta - la -ba, mak-tab. Ko‘rinadiki, bo‘g‘inlar bir tovushli, ikki tovushli va ko‘p tovushli bo‘lishi mumkin. Agar bo‘g‘in unli bilan tugasa ochiq bo‘g‘in deyiladi: a-do-lat so‘zidagi birinchi va ikkinchi bo‘g‘inlar ochiq bo‘g‘inlardir. Bo‘g‘in undosh bilan tugasa yopiq bo‘g‘in deyiladi: daf-tar, tog‘-lar

O‘zbek adabiy tilida bo‘g‘inlarning tovush tarkibiga ko‘ra quyidagi turlari mavjud: Bir unlidan iborat bo‘g‘in: o-ta, o-i-la. Bir unli va bir undoshdan iborat bo‘g‘in: bo-la, ish, ko‘-cha. Bir unli va ikki undoshdan iborat bo‘g‘in: bur-gut, mak-tab, sta-kan. Bir unli va uch undoshdan iborat bo‘g‘in: mart, dard, to‘rt, trak-tor. Bir unli va to‘rt undoshdan iborat bo‘g‘in: trans-port, struk- tura.


Download 180.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling