Fonetika. Fon va fonema. Nutq tovushlari artikulyatsiyasi. Urg‘u. Intonatsiya


Download 180.71 Kb.
bet12/12
Sana12.11.2023
Hajmi180.71 Kb.
#1768247
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Fonetika. Fon va fonema

Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undoshlar ikkiga bo‘linadi: 1) sonorlar; 2) shovqinlilar. O‘zbek tilida sonorlar beshta bo‘lib m, n, ng, l, r kabi undoshlarni o‘z ichiga oladi. Sonor (lotincha so‘z bo‘lib, "ovozdor" demakdir) undoshlarni talaffuz qilganimizda, un paychalari faol ishtirok etadi, ya’ni un paychalari titrab ovoz hosil qiladi. Shuning uchun ham sonorlarda ovoz miqdori shovqinli undoshlarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Ana shu jihatiga ko‘ra sonorlar unli tovushlarga bir qadar yaqin turadi, lekin ularni talaffuz qilishda ovoz og‘iz bo‘shlig‘ida qisman shovqin bilan aralashadi. Shu sababli sonorlar undosh tovushlar qatoriga qo‘shiladi. Qolgan undoshlarning barchasi shovqinlilardir.

Tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra undoshlar ikkiga bo‘linadi: 1) jaranglilar: b, v, z, d, j, ch, g, g‘, y, m, r, l, ng; 2) jarangsizlar: p, f, s, t, sh, ch, k, x, k, h. Undoshlarni jarangli va jarangsizlarga ajratishning sababi shundaki, jarangli undoshlarni talaffuz etishda un paychalari tarang tortilgan holda faol ishtirok etadi. Shu bois jaranglilar tarkibida shovqin bilan bir qatorda ovoz ham qatnashadi. Jarangsiz undoshlarni talaffuz qilganda esa, un paychalari ishtirok etmaydi. Shuning uchun jarangsizlar faqat shovqindan iborat bo‘ladi.


Sonorlar

Shovqinlilar

Jaranglilar

Jarangsizlar

m,n,ng,l,r

b, v, z, d, j, j(dj), g, g‘, y,l, m, n, ng, r

p, f, s, t, sh, ch, k, x, k, h.

Download 180.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling