Fonetika. Fon va fonema. Nutq tovushlari artikulyatsiyasi. Urg‘u. Intonatsiya


Download 180.71 Kb.
bet4/12
Sana12.11.2023
Hajmi180.71 Kb.
#1768247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fonetika. Fon va fonema

So‘zni bir qatordan ikkinchi qatorga ko‘chirib yozishda, bolalarga boshlang‘ich sinfda savod o‘rgatishda, barmoq vaznidagi she’rlarda vazn o‘lchovi sifatida bo‘g‘inning amaliy ahamiyati kattadir. Tovush nutqning bo‘g‘in yoki so‘z tarkibidagi eng kichik, fonetik jihatdan bo‘linmaydigan birligidir. Tovushlarning hosil bo’lishida ishtirok etuvchi nutq mehanizmlari harakatining yig’indisi artikulyatsiya deb ataldi.

Jahondagi barcha kishilarning nutq organlari bir xil tuzilgan bo‘lsa ham har bir tildagi tovushlarning talaffuzida ularning harakati o‘sha tilga hos va odatiy bo‘lishi mumkin. Biror tilning talaffuzida nutq organlarining odat bo‘lib qolgan tipik harakatlarining yig‘indisi o‘sha tilning artikulyatsion bazasi deyiladi. Tillar bir- biridan artikulyatsion bazalaridagi ba‘zi belgilari bilan o‘zaro farq qiladi. Masalan ingliz tilidagi tiloldi undoshlari apical (lotincha areks- til uchi) artikulyatsiyaga ega bo‘lsa o‘zbek va rus tillardagi bunday undoshlarning talaffuzida til uchi tishlarga tegib, uning o‘rta qismi ishtirok etadi.

Unli tovushlarning talaffuziga ko‘ra ingliz va fransuz tillari bir- biridan katta farq qiladi. Ingliz tilidagi lablangan unlilarning talaffuzida lablar juda kuchsiz harakat qiladi, fransuz tilidagi lablangan unlilar talaffuzida esa lablar kuchli harakat qiladi.

Odamning talaffuz apparati uch bo‘shliqni o‘z ichiga oladi: 1. Bo‘g‘iz bo‘shlig‘i 2. Burun bo‘shlig‘i 3. Og‘iz bo‘shlig‘i. O‘pkadan chiqqan havo nafas yo‘li orqali og‘iz yoki burun bo‘shlig‘iga o‘tadi. Bo‘yin chetlarida tovush paychalari joylashgan bo‘lib, ular bir- biriga to‘la yoki deyarli to‘la jipslashib turadi. Bu holatda bo‘g‘iz undoshlari hosil bo‘ladi.

Tovush artikulyatsiyasi uch holatda bo‘ladi: 1. Tovush hosil qilishga o‘tish; 2. Tovush chiqarish uchun pausa qilish;3. Asli holiga qaytish; Artikulyatsiyada ikki hodisa muhim rol o‘ynaydi: 1. artikulyatsiya o‘rni; 2. artikulyatsiya usulidir. Tovush hosil qilishda nutq organlarining harakat etgan qismi artikulyatsiya o‘rni deyiladi. Tovush hosil qilish paytida ikki nutq organining qanday holatda harakat qilishi artikulyatsiya usuli deyiladi.


Download 180.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling