Fonetika. Fon va fonema. Nutq tovushlari artikulyatsiyasi. Urg‘u. Intonatsiya
Download 180.71 Kb.
|
Fonetika. Fon va fonema
So‘z formalari va morfemalarni tashkil etuvchi va ularning ma’nolari farqlash uchun xizmat qiluvchi eng kichik boshqa bo‘laklarga bo‘linmaydigan til birligi fonema (grekcha tovush, ovoz ma’nosida ) deyiladi. Masalan, til- tol, kel- kul so‘zlari unli fonemalar yordamida farqlanadi. Qo‘l-ko‘l, pok- tok, nok- nom, g‘or-hor, to‘r- to‘k kabi so‘zlar tarkibidagi undosh fonemalar yordamida farqlanadi. Fonemaga tegishli barcha artikulyatsion – akustik belgilar uning fonetik- xarakteristikasi deyiladi.Fonologik jihatdan fonemalar bir- biriga qarama – qarshi qo‘yiladi: p-t, s-sh, x-q, a- o, u-i kabi. Bunday fonemalarning qarama qarshi qo‘yilishi fonologik oppozitsiya deyiladi. Tildagi fonemalar bir qancha tovushlarda namoyon bo‘ladi. Fonemalar bo‘g‘inlar, so‘zlar, so‘z birikmalari va frazalarning tarkibida joylashgan. Ular har – hil o‘rinlarda yoki holatlarda uchraydi. Odatda bu holatlar pozitsiya deyiladi. Fonemalarning har-hil aytilish shartlari bo‘yicha taqsimlanishi ularning distributsiyasi deyiladi. Fonemalar ochiq yoki yopiq bo‘g‘inlarda so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida urg‘uli yoki urg‘usiz holatda uchraydi. Har qanday tovushga fon deyiladi.Nutq apparati. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etuvchi organlar nutq organlar deyiladi. Nutq organlarining hammasi birga nutq apparatini tashkil qiladi. Nutq tovushlarining hosil bo‘lishida qatnashadigan organlar diafragma (ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘I o‘rtasidagi parda) o‘pka, kekirdak, ovoz paychalari, bo‘g‘iz, bo‘g‘iz qopqog‘i, kichik til, tanglay, til, tish va labdir. Bular ichida ovoz paychalari (pardalari), til, kichik til, tish, lab, yumshoq tanglay, pastki jag‘ nutq tovushlarini hosil qilishda aktiv ishtirok etadi.Nutqning fonetik bo‘linishi. Nutq turlicha hajmdagi fonetik bo‘laklardan tarkib topadi. Jumla, takt, so‘z, bo‘g‘in va tovush nutqning ana shunday fonetik bo‘laklaridir. Jumla nutqning ikki to‘xtam (pauza) oralig‘idagi ohang butunligi, bo‘lib u ko‘pincha gapga teng bo‘ladi. Takt esa jumlaning ikki qisqa to‘xtalish orasida keluvchi va bir bosh urg‘u bilan aytiladigan bo‘lagidir.Download 180.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling