Fonetika. Fon va fonema. Nutq tovushlari artikulyatsiyasi. Urg‘u. Intonatsiya


Download 180.71 Kb.
bet5/12
Sana12.11.2023
Hajmi180.71 Kb.
#1768247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fonetika. Fon va fonema

Urg‘u. So‘z bo‘g‘inlaridan birining (yoki gap tarkibidagi bo‘laklardan birining) boshqasiga nisbatan kuchliroq ohang bilan talaffuz etilishi urg‘u (aksentema) deyiladi. Urg‘u adabiy nutqning muhim vositalaridan biri bo‘lib, tilshunoslikda uning ikki turi farqlanadi:1) leksik urg‘u (so‘z urg‘usi); 2) mantiqiy urg‘u (gap urg‘usi).

Leksik urg‘u, odatda, bo‘g‘indagi unli tovushga tushadi. So‘z tarkibidagi urg‘u olgan bo‘g‘in urg‘uli bo‘g‘in, urg‘uga ega bo‘lmagan bo‘g‘in esa urg‘usiz bo‘g‘in deyiladi. Masalan: O‘zbekisto΄n, istiqloli΄ng mubora΄k! gapdagi har bir so‘z o‘zining urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘iniga ega. O‘z navbatda, leksik urg‘u so‘zning qaysi bo‘g‘iniga tushishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1) bog‘liq (yoki barqaror) urg‘u; 2) erkin urg‘u.

Bog‘liq urg‘u. O‘zbek tilining o‘z qatlamiga mansub bo‘lgan aksariyat so‘zlarda leksik urg‘u so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi: ilmli΄, ishchi΄, sakki΄z, qizi΄q kabi. Bunday so‘zlarga affikslar qo‘shilishi bilan urg‘u ham so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga siljib boraveradi: ishchi΄- ishchi+la΄r- ishchi+lar+imi΄z- ishchi+lar+imiz +ni΄ng, gu΄l- gul+zo΄r- gul+zor+la΄r- gul+zor+lar+da΄n kabi. Demak, so‘zning ma’lum bir bo‘g‘ini bilan (ko‘pincha oxirgi bo‘g‘ini bilan) doimiy bog‘liq bo‘lgan urg‘u bog‘liq urg‘u deyiladi.

2. Erkin urg‘u. O‘zbek tilida urg‘u birinchi bo‘g‘inga yoki o‘rtadagi bo‘g‘inga tushadigan so‘zlar ham anchagina miqdorni tashkil etadi. Bunday so‘zlarning aksariyati o‘zlashma qatlamga mansub bo‘lib, ularda urg‘uni so‘zning quyidagi bo‘g‘inlarida kuzatish mumkin: a΄riya, no΄ta, si΄ntaksis kabi so‘zlarda oldingi bo‘g‘inda;

geo΄log, profe΄ssor so‘zlarida o‘rtadagi bo‘g‘inda; bufe΄t, operati΄v, abza΄s so‘zlarida oxirgi bo‘g‘inda uchraydi. So‘zning turli bo‘g‘inlariga tushish mumkin bo‘lgan bunday urg‘u erkin urg‘u deyiladi.

Erkin urg‘u ba’zi o‘zbekcha hamda o‘zbek tiliga qadimdanoq arab va fors tillaridan o‘zlashtirilgan quyidagi turkumlarga oid so‘zlarda ham uchraydi: 1) olmoshlarda: ba΄rcha, ha΄mma, ki΄mdir; 2) ravishlarda: do΄im, ho΄zir, a΄slo, hami΄sha; 3) modal so‘zlarda: alba΄tta, afsu΄ski; 4) yordamchi so‘zlarda: ha΄tto, ga΄rchi, a΄mmo, le΄kin.


Download 180.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling