Fransiya iqtisodiyoti
Yetakchilik va fransuz tashkilotlari
Download 134.95 Kb.
|
10-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.1-jadval
Yetakchilik va fransuz tashkilotlariTashkiliy madaniyatning fransuz kompaniyalariga xos bo‗lgan ayrim xususiyatlari 9-bobda ko‗rib chiqilgan. Xofstede baholariga muvofiq, Fransiya qo‗l ostidagi xodimlarning rahbariyatga bog‗liqligi sezilarli hisoblangan hukumat masofasi yuqori mamlakatlari sirasiga kiradi. Fransiyada ierarxik munosabatlar, hukumatni hurmat qilish va markazlashuv an‘analari uzoq tarixiga ega. Fransuz tashkilotlarida asosiy tushuncha hukumat (pouvoir) hisoblanadi va bu Fransiyani asosiy tushuncha tartib (Germaniya), tenglik (Skandinaviya mamlakatlari) va h.k. bo‗lishi mumkin bo‗lgan boshqa mamlakatlar tashkilotlaridan farqlab turadi. (10.1- jadval). 10.1-jadvalTashkilot nazariyalarining milliy paradigmalari
Fransuz ierarxiyasining klassik imidji markazlashuv, rahbarning kuchli hokimligini, rahbar va qo‗l ostidagi xodimlar orasida masofa katta bo‗lishini o‗z ichiga oladi. Fransuz kompaniyalari – qaror qabul qiladigan, rahbarlik qiladigan va kompaniya siyosatini nazorat qiladigan bosh direktor-prezident (PDG) boshchiligidagi ierarxiya kuchli bo‗lgan strukturalardir. Britaniya va AQSH firmalarida Direktorlar Kengashi raisi va bosh ijrochi direktor yoki nemis kompaniyalarida kuzatuv kengashi raisi (Vorstandsvorsitzender) va texnik direktor bajaradigan funksiyalarni PDG bir timsolda birlashtiradi. U hech kimga hisob bermaydi. Muhim masalalar bo‗yicha ovoz berish kamdan-kam o‗tkaziladi, agar ularda biron masala muhokama qilinsa, PDG ma‘qullamasdan hech qanday qaror qabul qilinmaydi. Fransiyada top-menejerlar xizmat ierarxiyasidagi lavzoimini ular o‗zining intellektual qobiliyati tufayli egallab turibdi deb o‗ylaydi. SHu sababli ular barcha asosiy qarorlarni qabul qilishi va quyi darajadagi menejerlar qabul qiladigan qarorlarni nazorat qilish imkoniga ega bo‗lish uchun vaziyatdan to‗liq xabardor bo‗lishi lozim. Fransuz menejerlari va rahbarlari uchun titullar, shuningdek, ularning hokimlik qilishi va mas‘uliyatini ta‘kidlab turadigan turli xil belgilar – ofislarning joylashuvi, eshik ustidagi ismi-sharifi va lavozimi yozib qo‗yilgan yorliqlar, kutish xonasi va kotiba orqali ularning qabuliga kirish va h.k. muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, I 'Air Liquide strukturali ierarxiyasi kabinetlar joylashuvidan ko‗rinib turadi: kompaniya prezidenti va uning yaqinlari bosh ofisning eng yuqori qavatidan o‗rin olgan, vitse-prezidentlar ulardan astdagi ikki qavatni egallagan, ulardan pastroqda menejerlar joylashgan va h.k. Butun hokimlik qilishni bitta etakchining qo‗lida mujassam topishi fransuzcha boshqaruv modelining ajralmas qismi hisoblanadi. Lekin bu fransuzlar markaziy hukumatga ko‗r-ko‗rona rioya qiladi degani emas. Aksincha: bir tomondan, kuchli hokimlik qilishga ehtiyoj va ikkinchi tomondan, unga qrashi individual e‘tirozlar o‗rtasida doimiy keskinlik mavjud. Fransuz kompaniyalaridagi vaziyat bir qarashda demokratik bo‗lib ko‗rinadi. Boshliq qo‗l ostidagi xodimlarga doimo «sen» deb murojaat qiladi, elkasiga urib qo‗yishi mumkin bo‗ladi. Aslida esa fransuz ishbilarmonlik mdaaniyati avtokratik – qarorlar doimo rahbar tomonidan yakkab tartibda qabul qilinadi. Biroq xatolar osonlik bilan kechiriladi, ayniqsa, menejer yuqori lavozimni egallab turgan bo‗lsa. «Ehtimol, - deb yozgandi M.Rayxlen, - byurokratik strukturani samarali ishlashga majbur qila oladigan mamlakatlar soni juda kam. Fransiya esa, shubhasiz, ular qatoriga kiradi. so‗nggi yillarda boshqa mamlakatlarda bo‗lgani kabi, Fransiyada ham personalni rag‗batlantiradigan va moslashuvchanlikni oshiradigan ierarxiya yaratish haqida ko‗p suhbatlar bo‗lib o‗tdi. SHubhasizki, bularning barchasi byurokratiyani o‗z pozitsiyalaridan chekinishga majbur qiladi». Download 134.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling