Fransiya iqtisodiyoti
Download 134.95 Kb.
|
10-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fransiya ishbilarmonlik madaniyati xususiyatlari
Korporativ ruh. Kompaniya personali totuvligi, hamjihatligi, uyg‗unlik – katta kuchdir. Shunday ekan, qo‗l ostidagi xodimlar orsida nizolardan qochish kerak. Yozma emas, og‗zaki kommunikatsiyalarga tayanish zarur.
Fayolning ta‘kidlashicha, «tamoyillar» atamasidan foydalanish biron-bir qat‘iy yoki mutlaq narsani ko‗zda tutmaydi. Uning fikriga ko‗ra, bu proporsiyalar masalasi, tamoyillar moslashuvchan bo‗lishi, har bir ehtiyojga moslasha olishi lozim; ulardan foydalanish masalasi – bilim, qaror qabul qilish tajribasi, murakkab tushunish san‘atining ishidir. A.Fayolning g‗oyalari klassik menejment nazariyasini jiddiy ravishda ilgari surdi. Ishbilarmonlik amaliyoti nuqtai nazaridan A.Fayolning tamoyillari ma‘lum bir sharoitlarda: aniq vazifa mavjudligi, mahsulot yoki xizmatga talabni oldindan aytish mumkinligi, vaqti-vaqti bilan tayyorlanadigan mahsulotga kiritiladigan kichik konstruktiv o‗zgarishlar, o‗zini rahbariyat tomonidan rejalashtirilgan tarzda tutadigan xodimlar mavjudligida yaxshi ishlaydi. Ushbu yondashuv samaradorligiga misol – butun dunyoda tez ovqatlanish tarmog‗ida nufuzga ega bo‗lgan McDonald's restoranlar tarmog‗ining muvaffaqiyatidir. Xuddi shunga o‗xshash yondashuv ko‗plab tashkilotlar, ayniqsa, ularning biznesi standart va oldindan aytib berish mumkin bo‗lgan xizmat ko‗rsatishni taqdim etishi ko‗zda tutilgan, geografik uzoq jolylarda joylashgan tashkilotlar (banklar, mehmonxonalar tizimi, personalni ishga yollash bo‗yicha agentliklar, ko‗chmas mulk bo‗yicha agentliklar) tomonidan katta muvaffaqiyat bilan foydalanilgan. Biroq mazkur yondashuv ayrim cheklovlarga ham ega, chunki u yetarli darajada empirik universalizmga ega emas. Lekin shunga qaramay, A. Fayolning aksariyat tamoyillari bugungi kunda ham turli mamlakatlar va maktablarning ko‗plab menejerlari tomonidan ma‘qullanib kelmoqda. A. Fayol klassik menejment shakllanishiga katta ta‘sir ko‗rsatdi. Fransiya ishbilarmonlik madaniyati xususiyatlariFransiyani mo‗‗tadil nazoatli madaniyatga ega bo‗lgan mamlakat deb hisoblash mumkin, chunki bu erda erkaklarning ham, ayollarning ham agressiv xulq-atvoridan ko‗ra ko‗proq diqqat-e‘tibor, sezgirlik, mehribonlik qadrlanadi. Nizolarni bartaraf qilishning afzal ko‗riladigan usullarini murosa va muzokaralar har qanday «yaxshi tortishuv»dan yaxshiroq tavsiflaydi. Fransiya ishbilarmonlik madaniyati noaniqlikdan qchish darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanib (Xofstede indeksi 86 ga teng), bu xodimlarning huquq va majburiyatlarini tartibga soladigan ko‗p sonli qoidalar va yo‗riqnomalar mavjudligida namoyon bo‗ladi. Fransiya – rasmiy taomillar, yozib qo‗yilgan qoidalar, sxemalar va strukturalar xar erda foydalanilishiga misoldir. Fransuz madaniyatiga tavakkalchilikka intilish ingliz yoki Shved madaniyatidan ko‗ra kamroq xosdir. Uning bu jihatini aniqlik, tartib, birlik va o‗zaro aloqalarga katta e‘tibor qaratilgan kartezian falsafasining merosi sifatida ko‗rib chiqish mumkin. Murakkab kommunikatsiyalar tizimi, yo‗riqnomalar va qoidalarga bilan byurokratiya murakkab harakatlarni oldindan aytib berish mumkin va ishonchga loyiq qilishga imkon beadigan kuchli vosita hisoblanadi. SHu sababli rejalashtirish va bashorat qilishning fransuz boshqaruv usullari riskni nazorat qilish uchun moslashtirilgan bo‗ladi. Menejerlarning butun karera davomida bitta tashkilotda ishlashga moyilligi Fransiyada noaniqlikdan qochish darajasining yuqoriligi bilan izohlanishi mumkin. Xofstedega ko‗ra, bunday ishbilarmonlik madaniyatlari uchun noaniqlikdan qochish samarali strategiyalaridan biri sanalgan karera barkarorligi xosdir. Fransiya barcha atributlar bilan individualistik madaniyatga ega bo‗lgan nufuziga ega (Xofstede indeksi 71ga teng). Fransuzlar boshqa odamlarning ehtiyojlariga ta‘sirchanlik yuqori emasligi bilan ajralib turadi, ular omma ortidan ergashishga moyil emas. Fransuzlarning kooperatsiya va hamkorlikka motivatsiyaida, shubhasizki, ularning o‗z qadrini va o‗z hurmatini bilish hissini hisobga olish kerak. Hukumat masofasining uzunligi Fransiyaga xos bo‗lgan xususiyat hisoblanadi (Xofstede indeksi 68 ga teng). Xofstedening ta‘kidlashicha, hukumat «...fransuz an‘analarida mutlaq hisoblanadi... Vaqti-vaqti bilan hukumat taqsimlangan tashkilotlar yaratishga qaratilgan harakatlar amalga oshirishga urinib ko‗riladi, lekin ularning barchasi omadsiz bo‗lib chiqadi». Bir qarashda bunday xulosa zid bo‗lib ko‗rinadi, chunki uning hisoblashicha, hukumat masofasi yuqori bo‗lgan mamlakatlarda odatda guruh yoki ijtimoiy umumiylik shaxsdan muhimroq deb ko‗rib chiqiladi va shu sababli individualizm indeksidan past bo‗ladi. Biroq Fransiya bilan bog‗liq holatda individualizm ko‗rsatkichining yuqoriligini shu bilan izohlash mumkinki, fransuzlar «bog‗liq individualistlar bo‗lgani holda, rahbarlarning aniq vakolatlariga ehtiyoj sezadi, lekin shu bilan bir paytda, o‗zining har qanday jamoaviylik shaklidan mustaqil ekanligini ko‗rsatib turadi». Fransuz ishbilarmonlik madaniyatining bu jihatlari – hukumat masofasining yuqoriligi va individualizm darajasi yuqoriligi – garchi bir-biriga zid kelsada, byurokratik tizim doirasida birga bo‗la olishi mumkin, chunki boshqalardan farq qilmaydigan qoidalar va markazlashuv to‗g‗ridan-to‗g‗ri qaramlik (bog‗liqlik) munosabatlari yo‗qligi va mutlaq hukumat konsepsiyasini muvozanatlashga imkon beradi. Fransiyada oila a‘zolari va qarindoshlarni ishga qabul qilish oshna- og‗aynigarchilik va nepotizm hisoblanadi va shu sababli qoralanadi. SHu nuqtai nazardan vazifalar o‗zaro munosabatlardan ustun keladigan universal haqiqatlar madaniyati haqida gapirish mumkin. Boshqa tomondan, v Fransiya davlat va ishbilarmonlik hayotida universitetlar va oliy kasb maktablari bitiruvchilari tarmoqlari va jamiyatlari muhim rol o‗ynaydi. Yuqori mansab va lavoimlarni egallab turgan kishilar, qoidaga ko‗ra, ta‘lim muassasasini bitirgandan keyin ham aloqalarni saqlab qoladigan ushbu elitali bitiruvchilar guruhlariga mansub bo‗ladi. Bunday shaxsiy aloqalar ishbilarmonlik munosabatlarida muhim rol o‗ynaydi. Norasmiy aloqalar fransuz boshqaruv amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Germaniya va AQSH bilan taqqoslaganda, Fransiya ishbilarmonlik madaniyati yuqori kontekstual va polixron hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, axborot erkin tarqatilmaydi, qo‗l ostidagi xodimlar ko‗pincha bevosita o‗z rahbariyatidan axborotga ega bo‗lmaydi. Fransuzlar bir vaqtning o‗zida bir nechta ishni bajarishga moyil bo‗ladi. Fransuz tadbirkorlari va menejerlarini miqdoriy tahlil usullariga e‘tibor ajratib turadi. Universitetga o‗qishga kirish, keyingi ta‘lim dasturlarini o‗zlashtirish matematik tayyorgarlik yuqori bo‗lishini talab qiladi. Fransuz boshqaruv «fikrlashi»ning asosini mantiq va dalillarni hurmat qilish tashkil qilishi tasodifiy emas. YAna bir xususiyat – yozma kommunikatsiya shakllarini afzal ko‗rish ham bu bilan bog‗liq. Download 134.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling