Fransiya iqtisodiyoti


Fransiya menejment modeli


Download 134.95 Kb.
bet3/12
Sana19.06.2023
Hajmi134.95 Kb.
#1623877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
10-маъруза

Fransiya menejment modeli


Fransiya menejment modelining asoschisi deb to‗liq asos bilan mashhur olim, ajoyib muhandis-amaliyotchi va sanoat tashkilotchisi Anri Fayolni (1841-1925) hisoblash mumkin. Tog‗-kon muhandisi ixtisosligini qo‗lga kiritib, u 1866 yildan boshlab Kommentri ko‗mir shaxtalarida (Commentry-FourchambaultDecazeville Combine) boshqaruvchi sifatida ishlay boshladi, 1888 yildan 1918 yilgacha esa – bosh menejer bo‗lib ishladi. U bankrot yoqasida turgan korxonani mamlakatda eng muvaffaqiyatli, gullab-yashnayotgan kompaniyaga aylantirishning uddasidan chiqdi.

  1. Fayol – tog‗-kon ishi, tog‗-kon qazib olish texnikasi va boshqaruv usullari borasida ko‗plab ilmiy nashrlar muallifidir. Uning tadqiqotlari klassik menejment nazariyasiga munosib hissa qo‗shdi va milliy menejment shakllaishi uchun yaxshigina asos bo‗ldi. 1918 yildan so‗ng A. Fayol Fransiya hukumatining sanoatni boshqarish masalalari bo‗yicha maslahatchisiga aylandi.

A. Fayol tomonidan ishlab chiqilgan ma‘muriy menejment nazariyasi M. Veber va F.Teylorning oqilona (yurokratik) nazariyasiga yaqin. Biroq agar F.Teylorning ilmiy menejmentida asosiy e‘tibor ishlab chiqarish tizimlariga qaratilgan bo‗lsa, A.Fayol butun tashkilot uchun menejment tamoyillarini ishlab chiqqan. Uning
«ma‘muriy menejment»i mohiyati shundan iboratki, boshqaruv, xuddi M. Veberdagi kabi, shaxslarning xususiyatlardan ko‗ra ko‗proq institutlar va belgilangan tartibotga (qonunlar, qoidalar, yo‗riqnomalar, intizom) tayanadi.
A. Fayolning asosiy g‗oyalari 14 tamoyilda o‗z ifodasini topgan:'
Mehnatning taqsimlanishi. Xodimlar ixtisoslashuvi qanchalik yuqori bo‗lsa, ularning mehnati bir ishda qanchalik ko‗p mujassam topadigan bo‗lsa, ular o‗z ishin shunchalik aniqroq bajaradi, ishlab chiqarish hajmi va unumdorligi ortadi. Biroq bu erda ortiqcha zo‗r berib yuborish mumkin emas.
Vakolatlar va javobgarlik. Menejerlarga yuklanadigan majburiyatlar va buyruqlar berish huquqi ularning rasmiy vakolatlari yoki shaxsiy obro‗-e‘tiborining oqibati hisoblanadi. Agar vakolatlar yuklatiladigan bo‗lsa, darhol javobgarlik ham yuzaga keladi.

Download 134.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling