Fransiya iqtisodiyoti
Fransuz tashkilotlarida boshqaruv uslubi va kommunikatsiyalar
Download 134.95 Kb.
|
10-маъруза
Fransuz tashkilotlarida boshqaruv uslubi va kommunikatsiyalarMenejment modellari boshqaruv uslubi masalasiga murojaatsiz ko‗rib chiqilishi mumkin emas. Aniqlanishicha, boshqaruv uslublari qisman ta‘lim ta‘siri ostida shakllanadigan boshqaruv qadriyatlarining aks etishi hisoblanadi. Bu ayniqsa, Fransiyada aniq namoyon bo‗lib, bu erda grandes ecoles nazariy tayyorgarlik darajasi yuqorili, ierarxiyalilik, shuningdek, rasmiy va masofaviy tashkiliy munosabatlar menejerlarda shaxslararo kommunikatsiyalar ko‗nikmasi va amaliy tajriba etishmasligining sababi bo‗lishi mumkin. Fransuz boshqaruvchilarining o‗ziga xos ta‘lim tavsifnomalari qat‘iy ierarxiya va qo‗l ostidagi xodimlar bilan munosabatlarda masofani ushlush kabi oldidan aytib berish mumkin bo‗lgan natijalarni ta‘minlaydi. Avtoritar yondashuv haqida xulosa A. Loranning «Tashkilotlar hukumat tizimlari sifatida» ko‗rsatkichi bo‗yicha tadqiqotida o‗z isbotini topgan. Fransuzlarning hukumat va vakolatlar borasidagi tasavvurlari boshqa mamlakatlar menejerlari bilan taqqoslaganda personalizatsiyalangan bo‗lib chiqdi. Boshqaruvning paternalistik (avtoritar) fransuz uslubi aniq indikatori dastavval mulk egasi – direktorga (boshqaruvchiga) nisbatan qo‗llangan fransuz tilidagi «patron» atamadan keng foydalanish hisoblanadi, lekin hozirgi kunda bu so‗z turli darajadagi boshqaruvchilarga nisbatan ham kundalik amaliyotda keng qo‗llanmoqda. Rasmiy, yozma kommunikatsiyalarga asosiy e‘tibor qaratilishi – fransuz tashkilotlarida rasmiy strukturaga misollardan biridir. YOsh fransuz menejelari kompaniyada karera boshlagan paytda boshqa xodimlar bilan o‗zaro munosabatlarda rasmiylikka rioya qilish zaruratini anglab oladi. Ushbu kommunikatsiya turi afzalroq ekanligi noaniqlikdan qochish darajasining yuqoriligi bilan izohlanishi mumkin. Bunda Fransiyani «rasmiy, yozma, qat‘iy qoidalar va h.k. dan foydalanish borasida namunali model» sifatida ko‗rib chiqish mumkin. Bunday muhitda rasmiy taomillar, jumladan, yozma qoidalar va batafsil yo‗riqnomalar tashkilotdagi jarayonlar va operatsiyalarni oldindan aytib berish mumkin bo‗lishi va ishonchliligini oshirish uchun foydalaniladi. «Agar siz juda murakkab tashkilotda noaniqlikni qisqartirishga intiladigan bo‗lsangiz, bunda rasmiy taomillar muqarrar bo‗lmagan taqdirda ham ko‗zga yaqqol tashlanib turadigan echim hisoblanadi». Bundan tashqari, bunday rasmiy yondashuv shaxsiy mas‘uliyatsizlik va/yoki mas‘uliyatni boshqalarga yuklash riskini pasaytiradi. Rasmiy boshqaruv strukturalari, qiyosiy tadqiqotlardan birida aniqlanganidek, ko‗p sonli ierarxiya pog‗onalarini qamrab oladigan fransuz tashkilotlarida qat‘iy iererxik munosabatlarning sabablaridan biri bo‗lishi mumkin. Hisob-kitoblarga ko‗ra, Fransiyada menejerlar soni nemis tashkilotlaridagi menejerlardan 1,5-2 baravar ko‗p ekan. Bu ma‘lumotlar J.-L.Barso va P.Lourensning quyidagi xulosasi bilan ham tasdiqlanadi: «Fransiya ierarxik qat‘iylik va hukumatni individual hurmat qilish qadimiy an‘anasiga ega». Bu tashkiliy tavsifnoma ayrim boshqaruv kadrlarining qat‘iy ierarxiya majburiy bo‗lgan harbiy sohadan kelib chiqqanligi bilan bog‗liq bo‗lishi mumkin. Tashkilotlarda vakolatlarni taqsimlashga quyi bo‗g‗indan yuqori bo‗g‗inga qarab qat‘iy ierarxik pillapoya bo‗yicha tashkil qilishga hamda funksiyalar va majburiyatlarning qat‘iy taqsimlanishiga asoslangan yondashuv elitar xulq-atvorga va mavqega qaratilgan fikrlashga xizmat qiladi orientirovannomu na status mыshleniyu. Fransuz tashkilotlarida rasmiy va byurokratik boshqaruv strukturasi, qat‘iy ierar- xik munosabatlar mavjudligi A. Loranning tadqiqotlarida ham o‗z isbotini topgan bo‗lib, u AQSH va Yevropaning 9 mamlakatidan milliy va madaniy kelib chiqishi turlicha bo‗lgan menejerlarni taqqoslagan va ularning tashkilotlar haqidagi bazaviy tasavvurlarini ko‗rib chiqqan. U bir qator o‗lchovlarni identifikatsiya qilgan, jumladan, «rollarni ifodalash tizimlari sifatida tashkilotlar» va «ierarxik o‗zaro munosabatlar tizimlari sifatida tashkilotlar». Loran fransuz menejerlari rollarni ifodalashga nisbatan ko‗proq ehtiyoj sezadi degan xulosaga kelgan. Loranning ma‘lumotlarini fransuz menejerlarining an‘anaviy va klassik ierarxiya turiga moyilligi ham tasdiqlaydi. Mavqega yo‗naltirilgan yondashuv va fransuz menejerlarining boshqaruv kadrlariga mansublik haqidagi tasavvurlar ham fransuz boshqaruv strukturalarining boshqa tavsifnomalariga ta‘sir etadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‗ra, fransuz tashkilotlarida ierarxik tashkiliy strukturalar katta ehtimol bilan javobgarlik eng yuqori miqdorini (rasmiy menejerga hisob beradigan qo‗l ostidagi xodimlar sonini) kamaytirishga xizmat qiladi. Ular kommunikatsiya bilan bog‗liq muammolarga va oliy boshqaruv bo‗g‗ini tomonidan nazoratning susaytirilishiga, shuningdek, menejerlar va xodimlarni «aylanib o‗tish»ga olib kelishi va tashkilotdagi turli lavozilar va darajalar o‗rtasida turli xizmat majburiyatlarini aniq chegaralashni qiyinlashtirishi mumkin. Download 134.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling