Fransiya iqtisodiyoti


Davlatning menejerlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishdagi roli


Download 134.95 Kb.
bet7/12
Sana19.06.2023
Hajmi134.95 Kb.
#1623877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
10-маъруза

Davlatning menejerlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishdagi roli


Universitetlar va oliy kasb tijorat maktablaridan (grandes ecoles) tashqari, boshqaruv kadrlari tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni biznes va menejment bo‗yicha diplomdan keyingi ta‘limga yo‗naltirilgan ixtisoslashgan markazlar keng tarmog‗i ham ta‘minlaydi. Bunda ushbu markazlarni tashkil qilish va moliyalashtirishda savdo-sanoat palatalari, shuningdek, mintaqaviy davlat organlari muhim rol o‗ynaydi.
Umuman olganda, ta‘lim tizimi iqtisodiyotning ham davlat sekoriga, ham xususiy sektoriga xizmat ko‗rsatadi. Bunda yirik kompaniyalarning ko‗plab rahbarlari o‗z karerasini davlat xizmatidan boshlagan va keyinchalik korxonalarga rahbar lavozimlariga o‗tishgan. Bu gap davlat mulkiga aylantirilgan xususiy korxonalar haqida borganida tuunarli bo‗lardi. Lekin gup shunadki, sobiq davlat amaldorlari xususiy kompaniyalarda ham top-menejerlarga aylanmoqda.
Masalan, Jak Kalve ENA tugatganidan so‗ng Fransiya hukumatida turli lavozimlarni egallab, sobiq prezident V. Jiskar D'Esten apparatida kadrlarni boshqarish rahbari lavozimigacha ko‗tarilgan. Kalve 1974 yil unga Banque Nationale
de Paris (BNP) boshqaruvchi direktori lavozimi taklif qilinganda biznesga o‗tib ketdi. U Peugeot guruhiga o‗tgan paytga kelib, BNP boshqarma raisi edi. Fransiyada Kalvening karerasi modelli karera hisoblanadi.
Fransiyada hukumat kompaniya strategiyasi va siyosatini belgilashda, ko‗p hollarda esa – top-menejmentni tanlashda muhim rol o‗ynaydi. Kompaniyalar rahbarlari xususiy biznesdan ko‗ra davlat boshqaruvida ko‗proq tajribaga ega bo‗ladi. Fransiyaning eng yirik kompaniyalarida top-menejerlarining aksariyati sobiq davlat xizmatchilari ekanligi davlat va biznesning samarali o‗zaro aloqalarini ta‘minlaydi.

Menejer maqomi


Fransiyada menejment boshqaruv ko‗nikmalari va texnologiyalar yig‗indisidan ko‗ra ko‗proq «ruhiy holat» sifatida ko‗rib chiqiladi. Tashkilotlar rahbariyati va menejerlari uchun ularning boshqaruv elitasiga mansub ekanligi hissi muhimdir. Fransiyada menejment bu – o‗ziga xos talablar va qoidalari bilan alohida bir kasbdir. Fransuz menejerining maqomi ishda ko‗rsatgan xizmatlaridan ko‗ra ko‗proq kelib chiqishi, yoshi, ma‘lumoti, notiqlik mahoratiga egaligi va h.k. bilan belgilanadi. Menejer maqomini olish huquqiy holatda o‗zgarishlarni (masalan, pensiya ta‘minotida) nazarda tutadigan karerada jiddiy o‗sishni, shuningdek, dunyoqarash va o‗z-o‗zini anglashda o‗zgarishlari anglatadi. Bunda deyarli barcha fransuzlar bu erda ishlashga intiladigan davlat xizmati eng nufuzli hisoblanadi. Izohlardan biri shundan iboratki, davlat sektorida ish haqi xususiy biznesdagi mehnatga haq to‗lash darajasidan yuqori.

      1. Download 134.95 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling