Fransiya iqtisodiyoti
Fransiya makroiqtisodiy rivojlanish modelining xususiyatlari
Download 134.95 Kb.
|
10-маъруза
Fransiya makroiqtisodiy rivojlanish modelining xususiyatlariFransiya iqtisodiy tizimi bir qarashda Germaniya iqtisodiy tizimini eslatib yuboradi. Xuddiya Germaniyadagi kabi, bu erda ham uning markazida «tinchlik- xotirjamlik davlati» (I'Etat providence) yotadigan iqtisodiyotning ijtimoiy yo‗naltirilgan modeli amal qiladi. SHu bilan birga, Fransiyaning Germaniyadan jiddiy farqi shundaki, agar urushdan keyingi yillarda GFR iqtisodiy o‗zgarishlari asosan davlatga faqat tartibga solish funksiyalari qoladigan, samarali faoliyat ko‗rsatadigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga yo‗naltirilgan bo‗lsa, Fransiyada esa, aksincha, iqtisodiyotning davlat sektori ijtimoiy bozor xo‗jaligi markaziga qo‗yilgan va davlat faol xo‗jalik yurituvchi subyekt rolini bajargan. Aynan davlatning iqtisodiyotdagi roli yuqori ekanligi sababli bunday tizim ko‗pincha etatistik model deb ataladi. Mamlakatning sobiq bosh vazirlaridan biri Eduard Balladyur davlat- planifikator (I'Etat planificateur) deb atagan holda xo‗jalik hayotida fransuz davlatning bunday faol roliga ancha aniq va to‗g‗ri tavsifnoma bergan. Fransiya iqtisodiyotida davlatning roli kuchli ekanligi haqida quyidagi dalillar ham guvohlik beradi. Davlat konsolidatsiyalangan byudjet orqali YAIMning yarmidan ortig‗ini qayta taqsimlaydi (2003 yil 54,5%). Davlat sektorida band bo‗lganlar soni mamlakat iqtisodiy faol aholisining qariyb to‗rtdan bir qismini tashkil qiladi. Iqtisodiyotdagi mulkning deyarli uchdan bir qismi davlatga tegishli. Fransiyaning eng yirik TMK, chunonchi, Elf Aquitaine (neft qazib chiqarish va qayta ishlash), Renault (avtomobilsozlik), Thompson (elektronika va elektrotexnika), France Telecom (aloqa) – 1990-yillarda boshlangan tub islohotlarga qadar yoki to‗liq davlat kompaniyasi, yoki davlat ulushi ishtirokidagi korxonalar hisoblangan. Davlatning iqtisodiy va siyosiy hukmronligi birlashib ketishi bunday davlat yoki yarim davlat konsernlari misolida ayniqsa yaqqol namoyon bo‗ladi. Shu bilan birga, etatizm elementlariga ega bo‗lgan ijtimoiy bozor xo‗jaligi uzoq vaqt Fransiyada kapitalizmning salbiy jihatlarini yumshatishga xizmat qilgan, u mohiyatan antikapitalistik bo‗lgan mamlakat jamiyatini birlashtirgan. Ijtimoiy-bozor iqtisodiyotining kuchli an‘analari, ayniqsa, urushdan keyingi yillarda, fransuzlarning ijtimoiy sohada sezilarli yutuqlarga ega bo‗lishiga xizmat qilgan. 1990-yillarning oxirlariga kelib, YAIM uchdan bir qismiga yaqini ijtimoiy maqsadlarga sarflangan. Xalqaro institutlarning kompleksli baholariga ko‗ra, Fransiya sog‗liq saqlash tizimining samaradorligi bo‗yicha dunyoda birinchi o‗rina turadi. Davlat sektoridagi ish haqi xususiy biznesdagi mehnatga haq to‗lash darajasidan yuqoridir. Kuchli kasaba uyushmalari hukumatning erishilgan ijtimoiy marralardan biroz chekinishga harakat qilishi bilan darhol butun mamlakat miqyosida ish tashlash bilan tahdid soladi. Ish haftasining davom etish muddati muttasil qisqarib bormoqda. Biroq ijtimoiy tizimning barcha afzalliklariga qaramay, Fransiya bugungi kunda yangicha sharoitlarda rivojlanmoqda: jahon iqtisodiyotining globallashuvi va Yevropaning birlashuvi milliy iqtisodiyotga jiddiy ta‘sir etmoqda. Jahon iqtisodiyoti etakchilari bo‗lgan mamlakatlar (birinchi navbatda, AQSH ) rivojlanishining sifat darajasi va sur‘atidan ortda qolmaslik uchun Fransiya nafaqat o‗zining texnologik bazasini rivojlantirishi, balki milliy xo‗jalik yuritish tizimini ham jiddiy ravishda o‗zgartirishi lozim bo‗lib, bu ichki tartibga solishni susaytirish va davlatning ijtimoiy xarajatlari yukini pasaytirishni taqozo etadi. Binobarin, yaqin vaqtlar ichida ijtimoiy kafolatlar tizimia, iqtisodiyotning davlat va xususiy sektori o‗rtasidagi munosabatlar xarakterida, xodimlarni kasbiy tayyorlash tizimida, shuningdek, davlat moliyasida sifat o‗zgarishlari ro‗y berishi lozim. Ijtimoiy kafolatlar tizimi davlat moliyasiga katta yuk bo‗lib tushadi. 1968 yil general de Goll hukumati iste‘foga berganidan so‗ng fransuzlar ijtimoiy sohada katta imtiyozlarga erishgan bo‗lib, bu imtiyozlarni qo‗ldan chiqarishga shoshilmayapti. Xususan, davlat xizmatchilari qisqartirilishi mumkin emas, ular 5055 yoshda pensiyaga chiqadi, pensiya darajasi esa, xuddi ishsizlik bo‗yicha nafaqalar kabi, ancha yuqori hisoblanadi. Fransiya bunday ijtimoiy kafolatlar bilan faxrlanadi, lekin bu tuyg‗uni aholining qarish jarayoni va ishsiz darajasining yuqori ekanligi xiralashtiradi (1990-yillarda ishsizlik iqtisodiy faol aholining 12%ini qamrab olgan, 2004 yilda esa uning darajasi 10%gacha pasaygan). Ijtimoiy kafolatlar birinchi navbatda, soliq to‗lovchilar hisobbidan moliyalashtiriladi. Bunda nafaqat bilvosita va individual daromad soliqlari, balki tadbirkorlar va yollanma xodimlarning ijtimoiy badallari ham yuqoridir. Xususan, agar XX asrning oxirlariga kelib, ijtimoiy badallar Buyuk Britaniyada YAIM 6,1%, AQSH da 7,2%, YAponiyada 10,6% va Germaniyada 15,5%ni tashkil qilgan bo‗lsa, Fransiya bu borada butun sayyoradan oldinda bo‗lgan: mamlakat YAIM 18,3%i ijtimoiy to‗lovlarga to‗g‗ri kelgan. Fransiya Respublikasi fuqarolari va korxonalarining barcha soliq to‗lovlari va ijtimoiy badallari YAIM 45,1%iga etgan bo‗lib, bu an‘anaviy ravishda soliqlar va ijtimoiy badallar yuki yuqori bo‗lgan Germaniya darajasidan qariyb 7% yuqori bo‗lgan. Qarib borayotgan va farzandlar soni kam bo‗lgan fransuz jamiyati uchun pensiya va ishsiz bo‗yicha nafaqat to‗lovlari yanala muammoli bo‗lib bormoqda. Ayrim korxonalarda bitta ishlayotgan xodim nafaqat o‗zining oilasini, balki yana qo‗shimcha kamida ikkita pensonerni «boqyapti». Xususan, Fransiya temir yo‗llarida (Societe Nationale de Chemin de Fer, SNCF) personal soni 1990-yillarda taxminan 190 ming kishini tashkil qilgan. SHu bilan bir paytda, ilgari SNCF da ishlagan pensionerlar – bu 350 ming kishidir. SHu tariqa, har bir xizmatchi-soliq to‗lovchi ikkita pensionerni ham ta‘minlaydi. SHu bilan birga, ijtimoiy kafolatlar yuqori ekanligi faqat iqtisodiyotning davlat sektorida ko‗zda tutilgan. Xususiy sektorda ish haqi pastroq, davlat sektoriga xos bo‗lgan ijtimoiy kafolatlar esa u qadar yuqori emas. Iqtisodiyotning davlat sektori va xususiy sektor o‗rtasdagi farq nafaqat ish haqi va ijtimoiy kafolatlar borasida kuzatiladi. An‘anaviy ravishda mamlakat iqtisodiy mafkurasi davlat sektorida bandlikni rag‗batlantirgan va xususiy tadbirkorlikka sal kam salbiy munosabat kuzatilgan. Haligacha eng nufuzli sanalib kelayotgan davlat xizmatida ishlashga deyarli barcha fransuzlar intiladi, xususiy tadbirkor bo‗lish yoki xususiy firmalarda ishlash istagida bo‗lganlar soni esa u qadar ko‗p emas. Mamlakatning oliy ta‘lim muassasalari birinchi navbatda, davlat xizmatchilarini kasbiy tayyorlashga qaratilgan. Mamlakatning eng nufuzli OTM sanalgan I'Ecole nationale d'administration (VENA) davlat sektori uchun yuqori malakali boshqaruvchilar tayyorlaydi. VENA ga o‗qishga kirish jadu qiyin: abiturientlar uchun majburiy tartibda ikki yillik tayyorlov kurslari ko‗zda tutilib, bu erda tinglovchilarni saralab olish 80%ni tashkil qiladi. Qolgan tinglovchilar tarkibida VENA ga faqat 10%igina o‗qishga kiradi, lekin barcha bosqichlardan o‗tgan talaba o‗qish vaqtida ish haqi darajasi ancha yuqori bo‗lgan davlat xizmatchisi maqomini qo‗lga kiritadi. ITTKI sohasida davlat asosan ijtimoiy sektorni ustuvor qo‗llab-quvvatlaydi va subsidiyalaydi, venchur biznes – fan-texnika taraqqiyoti va amaliy texnologiyalarni ilgari suradigan kuch esa – yetarlicha rag‗batlantirilmayapti. Texnologik bazani rivojlantirishga davlat tomonidan tegishlicha e‘tibor qaratilmasligi shu bilan ham izohlanadiki, davlat xizmatchilari ish sifatini oshirishdan, yangi texnika va boshqaruv usullarini qo‗llash hisobiga jamoatchilik sektorida katta pul to‗lanadigan ish o‗rinlarini bo‗shatishdan manfaatdor emas. SHunday qilib, fransuz menejment modeli o‗zining samarasizligidan aziyat chekadi, davlat amaldorlari orasida poraxo‗rlik va o‗zboshimchlaikni rag‗batlantiradi hamda jamiyatdagi tadbirkorlik faolligi va fan-texnika taraqqiyotini jiddiy to‗xtatib turadi. Misol uchun, agar o‗z ishini tashkil qilish uchun tadbirkorga byurokratik jarayonlarga AQSH da 2 haftadan Germaniyada 8 haftagacha vaqt talab qilinadigan bo‗lsa, Fransiyada yangi korxona ochish jarayoni o‗rtacha 15 hafta vaqt talab qiladi. Download 134.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling