Fundamental va elementar zarrachalar
Download 53.62 Kb.
|
Modda tuzilishi tayyorgarlik 11 (2)
4. Kirislallarning turlari.
Kristallografiya kristallar togrisidagi fandir. U kristallarni tashqi korinishi, ichki tuzilishi, hosil bolishi va xususiyatlarini orgatadi. Kristallos grekcha sovuqdan qotgan degan manoni bildiradi. Greklar muzni va tog xrustalini Shunday deb atagan edilar. Bunda ular muz va tog xrustalini ham past temperaturalarda hosil bolgan deb oylagan edilar. Keyingi paytlarda kristall deb, tabiatda va laboratoriya sharoitlarida hosil bolgan, oz kop qirrali formasiga ega bolgan qattiq jismga aytiladi. Tabiatda yaxshi qirralangan kristallar kam uchraydi. Uchragan paytda ham darzliklarda va tog jinsi boshliqlarida uchraydi, chunki u erlarda erkin rivojlanish xususiyatiga ega boladi. Kristallarni olchamlari har xil bolishi mumkin. Maydalari faqat mikroskopdagina korinadigan darajada bolsa, yiriklari ayrim paytlarda 1m va undan ham ortiq bolishi mumkin. Kristallar - tomonlar, qirralar va uchlarga ega boladi. Lekin kristallarni ichki tuzilishi qonuniy joylanishga ega bolsa ham, kop hollarda ular kop qirrali yaxshi rivojlangan formaga ega bolmaydi. Kristall moddalar tabiatda juda keng tarqalgan. Yer qobigini tashkil qiluvchi har xil tog jinslari kristall moddalardan iborat. Bizda kop uchraydigan metallar va har xil qotishmalarni ichki tuzilishi, kristall tuzilishiga ega. Kristall moddalar quyidagi xususiyatlarga ega: 1) anizotroplik parallel yonalish boyicha bir xil xususiyatlarga ega bolib, boshqa yonalishlarda boshqa xususiyatlarga ega bolgan moddalar anizotrop moddalar deyiladi. Bunda kristallarni fizik xususiyatlaridan issiqlik otkazuvchanlik, qattiqlik, qayishqoqlik (uprugost), nur otkazish xususiyatlari yonalishni ozgarishi bilan ozgarib turadi. Izotrop moddalarda esa, anizotrop moddalardan farqli ravishda hamma yonalishda xususiyatlar bir xil boladi. 2) tekis tomonlar hosil qilish xususiyati - bunday xususiyatga faqat kristall moddalargina ega. Kristallar erkin osganda oz kop qirrali formasiga, qirralariga va uchlariga ega boladi. 3) simmetriklik - fazoda malum oq atrofida oxshash tomonlarini qaytadan takrorlashi simmetriya deyiladi. Hamma kristallar simmetriklik xususiyatiga ega. Yuqorida korsatilgan kristallarni xususityalari, ularni qonuniy ichki tuzilishi asosida kelib chiqadi. Download 53.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling